57
Fermentativ reaktsiya tezligi vaqt birligida o`zgaradigan moddalar miqdori
bilan belgilanadi. Bu reaktsiyalarning tezligi muhit sharoiti (harorat, pH, tabiiy va
yot moddalarning ta’siri) ga bog`liq bo`ladi.
Ma’lumki, har qanday kimyoviy reaktsiya reaktsiyaning termodinamik
konstantasi bilan xarakterlanadi. Bu konstant sistema kimyoviy muvozanatga
erishgan holatni ifodalaydi. Muvozanat konstantasi (K
m
) to`g`ri (k+1) va teskari
reaktsiyalar konstantalari (k-1) nisbatidan aniqlanadi, ya’ni K
m
= k+1/k-1.
1) Substrat va ferment kontsentratsiyasining ta’siri. Fermentativ reaktsiya
sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi:
k+1 k+2 k+3
E + S ES EM
E + M
k-1
k-2 k-3
bunda k – to`g`ri (+) va qaytar (-) reaktsiyalar doimiysi.
Briggs va Xoldeyn bu tenglamadan foydalanib, bu reaktsiya tezligini
substrat
kontsentratsiyasiga
bog`liqligining
matematik
ifodasini
keltirib
chiqaradilar:
V = V
max
[S] / (K
m
+ [S])
bunda V-kuzatiladigan reaktsiya tezligi; V
max
– reaktsiyaning eng yuqori
tezligi; K
m
– Mixaelis konstantasi. Bu tenglama Mixaelis-Menten tenglamasi deb
ataladi. V=1/2 V
max
bo`lganda Mixaelis K
m
tenglamasi substrat
kontsentratsiyasiga teng bo`ladi, ya’ni K
m
= [S]. Bundan kelib chiqadiki, Mixaelis
konstantasi kontsentratsiya miqdoriga ega. Reaktsiya tezligi maksimal tezlikning
yarmiga teng bo`lganda K
m
substrat kontsentrasiyasiga teng bo`ladi va litr molda
ifodalanadi. k-1<
m
fermentativ reaktsiya tezligi konstantasini ifodalaydi.
K
m
qancha yuqori bo`lsa, shu ferment bilan substratning katalitik o`zgarish tezligi
shuncha past bo`ladi.
Substratning fermentga mos kelishi K
s
-belgisi bilan ifodalanadigan substrat
konstantasi bo`yicha belgilanadi. U ES kompleksning dissotsiyalanish konstantasi
hisoblanadi. Substrat qancha mustahkam bog`langan bo`lsa, ES shunchalik
sekinlik bilan E va S ga parchalanadi, demak, bunday substrat fermentning faol
markaziga yuqori darajada va aksincha bo`lishi mumkin.
Reaktsiya tezligining substrat kontsentratsiyasiga bog`liqligi giperbola
grafikli ko`rinishida bo`lib, Mixaelis egri chizig`i deyiladi. Egri chiziqning
ko`rsatishicha, substrat kontsentratsiyasi oshishi bilan ferment molekulalarining
hamma faol markazlari to`yinadi. Bu ferment-substrat kompleksi hosil bo`lishining
maksimumiga mos keladi va bunday grafikda V
max
∙ K
m
– reaktsiyaning maksimal
tezligi oson topiladi.
Organizm hujayrasidagi istalgan bir fermentning ishlash sharoitini baholash
uchun unda haqiqatan mavjud bo`lgan substrat kontsentratsiyasini bilish kerak.
Fiziologik sharoitda fermentlar deyarli hech qachon to`la ishlamaydi yoki substrat
kontsentratsiyalari ular uchun to`yinish darajasidan ancha uzoq bo`ladi. Faqatgina
gidrolazalar uchun zarur bo`lgan substrat – suv hujayrada to`yingan miqdorda
bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: