Jo`rayeva A


–  qand qoldiqlarini turli aktseptorlarga ko`chiradi.  Metiltransferazalar –



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

– 
qand qoldiqlarini turli aktseptorlarga ko`chiradi. 
Metiltransferazalar
– 
biologik metillashda donordan metil guruhni 
ko`chirish orqali bajaradi. 
Transaldolaza 
va 
transketolazalar
 
– 
transketolaza 
glikoaldegidni, 
transaldolaza esa dioksiatsetonni bir aldegiddan ikkinchi aldegidga ko`chiradi. Har 
ikkala ferment ham fotosintez jarayonida va pentoza fosfatlarning oksidlanishli 
almashinuvlarida muhim rol o`ynaydi. 
3.Gidrolazalar – molekula ichidagi bog`larning gidrolitik parchalanishini 
tezlatadigan fermentlar. Bu fermentlar 11 ta kichik sinfga bo`linadi. Bu sinfga 
murakkab efirlar, glikozidlar, oqsillar, peptidlar, amidlarni parchalovchi fermentlar 
kiradi. Gidrolazalarning nomi quyidagicha tuziladi: substrat + gidrolaza. Masalan, 
peptidgidrolaza, atsetilxolingidrolaza va hokazolar. Bu fermentlarni ham 
transferazalarga kiritish mumkin, ya’ni gidrolizni donor vazifasini bajaradigan 
substratning spetsifik guruhini aktseptor vazifasini bajaradigan suv molekulasiga 
o`tkazilishi deb qarash mumkin. Ammo bu fermentlarning ta’sir etishida suv 
aktseptor sifatida asosiy o`rinni egallaydi, shu sababdan ushbu fermentlar alohida 
gidrolazalar sinfiga ajratilgan. 
Gidrolazalarning eng muhim vakillari quyidagi kichik sinflarga tegishli. 
Esterazalar
 – 
guruhiga juda ham o`ziga xos bir qator fermentlar kiradi. Ular 
murakkab efir bog`larining gidrolizini kataliz qiladi va bir xil tezlikda bo`lmasa 
ham juda ko`p efirlarga suv biriktirib, ularni parchalaydilar: 
R – C – O – R
1
+ HOH
RCOOH + R
1
OH 
Glikozidazalar- 
guruhiga faqat haqiqiy glikozidlargina emas, balki N-
glikozid bog`larni uzuvchi fermentlar, S-glikozidil birikmalarni gidrolizlovchi bitta 
ferment ham kiradi. Haqiqiy glikozidazalar sodda glikozidlarni, oligo- va 
polisaxaridlarni parchalaydi. Masalan, α- va β-amilazalar polisaxariddagi 1,4-
glikozid bog`larni gidrolitik yo`l bilan uzadi. 


69 
Peptidazalar-
guruhiga oqsilning peptid bog`ini parchalovchi fermentlar va 
peptid bog`idan farqli –C – N aloqalarni uzuvchi amidazalar, amidinazalar va 
boshqalar kiradi. 
Peptidazalar asosan yirik oqsil molekulalariga ta’sir etadi, shuningdek kichik 
peptidlarni ham alohida aminokislotalarga parchalaydi. 
Ovqat hazm qilish organlarining fermentlari, lizosoma va hujayraning 
boshqa organoidlari tarkibiga kiradigan, ya’ni yirik molekulalarni kichik 
molekulalarga 
parchalaydigan 
joylardagi 
fermentlar 
gidrolazalar 
bo`lib 
hisoblanadi. 
4. Liazalar – substratga suv birikmasdan yoki oksidlanishsiz bog`larni 
uzadigan reaktsiyalarni katalizlaydigan fermentlardir. Liazalar 4 ta kichik sinfga 
bo`linadi. Bu sinfga suv elementlari, ammiak, CO
2
biriktiruvchi va ajratuvchi 
fermentlar kiradi. Liazalarning hujayra metabolizmida muhim ahamiyatga ega 
bo`lgan guruhlari quyidagilardan iborat. 
Dekarboksilazalar,
asosan keto va aminokislotalardan CO
2
guruhini ajratib, 
ulardagi C – C bog`larini uzadi. Bulardan eng muhimi piruvatdekarboksilaza 
ketokislotalardan CO
2
ajratib, aldegid hosil qiladi: 
2-oksokislota → aldegid + CO
2
Gidroliazalar
oksikislotalardan suv molekulasini ajratadi(gidratazalar). 
Yaxshi ma’lum bo`lgan fermentlardan fumarat va akonitatgidratazalar, enolaza 
shular jumlasidandir. 
Liazalar 
fermentlarning 
kamroq 
tarqalgan 
guruhi 
bo`lib, 
modda 
almashinuvining oraliq mahsulotlarini sintezi va parchalanishida ishtirok etadi. 
5. Izomerazalar – bir molekula doirasida izomerlanish reaktsiyasini 
katalizlovchi fermentlar. Izomerlanish natijasida molekula ichidagi turli 
guruhlarning o`rni o`zgaradi. Bu sinf fermentlari 5 ta kichik sinfga bo`linadi. 
Fermentning nomi izomerlanish reaktsiyasining turiga qarab nomlanadi: mutazalar, 
tautomerazalar, ratsemazalar, epimerazalar, izomerazalar; bunda izomerlanish 
molekula ichida guruhlarning ko`chishidan iborat bo`lsa, ferment mutaza deb 
ataladi va h.k. 
6. Ligazalar (sintetazalar) – ATF yoki unga o`xshash nukleotidtrifosfat 
molekulasida pirofosfat bog`i uzilishi bilan birga o`tadigan ikki molekulaning 
birikishini – sintetik jarayonni katalizlovchi fermentlardir. Bu reaktsiyalar 
natijasida ATF dan ADF yoki AMF hosil bo`ladi: 
X + Y + ATF → X – Y + ADF + fosfat. 
Ligazalar 5 ta kichik sinfga bo`linadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish