72
Poliferment sistemalar ishi ularning hujayrada tashkil topish
xususiyatlariga
bog`liq. Shartli ravishda poliferment sistemalarning tashkil topishiga ko`ra
quyidagi turlarini ajratish mumkin: funktsional, struktura - funktsional va aralash.
Funktsional tuzilishda fermentlar poliferment sistemada birlashgan bo`lib,
birinchi fermentdan ikkinchisiga o`tadigan metabolitlar yordamida ma`lum bir
vazifani bajaradi. Jumladan, funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarda
zanjirdagi birinchi ferment reaktsiyasining mahsuloti
keyingi ferment uchun
substrat bo`lib xizmat qiladi va hokazo.
Funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarga glikoliz, ya`ni
glyukozaning parchalanishi misol bo`la oladi. Glikolizning hamma fermentlari
erigan holatda bo`ladi. Har bir reaktsiya alohida fermentlar bilan katalizlanadi.
Bunda metabolitlar bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qiladi.
Zanjirdagi har bir
fermentning holati glyukozadan boshlab substratga o`xshashligi bo`yicha
belgilanadi va ularning har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaktsiyaning
mahsuloti hisoblanadi.
Struktura funktsional tuzilishda fermentlar ferment - fermentli o`zaro ta`sir
yordamida ma`lum seriyali struktura sxemalarini hosil qiladi. Shunday usulda
molekula darajasidan yuqori kompleks poliferment strukturalar shakllanadi. Bunga
pirouzum kislotasining oksidlanishida ishtirok etuvchi
bir nechta fermentlardan
tashkil topgan piruvatdegidrogenaza poliferment kompleksi hamda 7 ta struktura
jihatidan bog`langan fermentlardan tashkil topgan, birgalikda yog`
kislotalarning
sintezi - umumiy funktsiyani yaxlit bajaruvchi yog` kislotalar sintetazasi misol
bo`la oladi. Bunday poliferment sistemalar juda mustahkam va juda qiyinlik bilan
alohida fermentlarga parchalanadi. Shu jihati bilan ular funktsional tuzilgan
poliferment sistemalardan farq qiladi.
Struktura - funktsional tuzilishning poliferment
komplekslaridan tashqari
yana boshqa variantlari ham bo`lishi mumkin. Masalan, fermentlar biologik
membranada birikib, zanjir bo`lib tizilib oladi. Elektron va protonlarning tashilishi
va energiya hosil bo`lishida ishtirok etuvchi mitoxondriyaning nafas olish zanjiri
masalan, mana shunday tuzilishga ega.
Struktura - funktsional tuzilish turi asosan
biologik funktsiyasi yuqori
darajada turg`un holatda bajarilishi lozim bo`lgan ferment sistemalari uchun
muhimdir. Bundan sistemalardagi fermentlarni ajratish ularning faoliyatini
to`xtashiga olib keladi.
Poliferment sistemalarning aralash turi 2 turdagi
tuzilishning birgalikda
bo`lishidir, ya`ni poliferment sistemaning bir qismi struktura tuzilishiga, boshqa
qismi esa funktsional tuzilishga ega bo`ladi. Bunday tuzilishga Krebs halqasining
poliferment sistemasi misol bo`la oladi, unda ba`zi
fermentlar struktura
kompleksida birlashgan (2-oksoglutaratdegidrogenazali kompleks), boshqalari esa
bir-biri bilan bog`lovchi metabolitlar yordamida funktsional jihatdan birlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: