Jo`rayeva A


Oqsillarning to’qimalarda parchalanishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

7.4. Oqsillarning to’qimalarda parchalanishi. 
To’qima oqsillarining 
gidrolizi to’qima proteinazalari – katepsinlar ishtirokida boradi. Ular asosan 
lizosomalarda bo’lib, gidrolitik fermentlar hisoblanadi. Ammo katepsinlar boshqa 
hujayra organoidlarida, mitoxondriyalarda, endoplazmatik to’rda, gialoplazmada 
ham uchraydi. Lizosomal katepsinlar kislotalidir, boshqa qismdagilari esa neytral 
yoki kuchsiz ishqoriydir. Gidrolizga uchraydigan oqsil Gol’ji apparatida va 
endoplazmatik to’rda autofagosomani hosil qiladi, so’ng birlamchi lizosoma bilan 
birikib, autolizga uchraydi. Ularning ta’sirini sitoplasmatik katepsinlar to’ldirib 
turadi. 
Katepsinlar nafaqat muhit, balki o’ziga xosligi bilan ham farqlanadi. Ular 
ekzo – va endopeptidazalarga bo’linadi, faol markazning katalitik guruhiga qarab 
tiol, asparagin va serinli katepsinlarga bo’linadi.
Tiol katepsinlarga quyidagilar kiradi: 
Katepsin B ( 5.5-6.0 ), endopeptidaza hujayra ichidagi oqsillarni 
gidrolizlaydi ( glikoliz fermentlari, immunoglobulinlar, miyofibrill oqsillari, 
kollagen, globulin ) hamda oshqozon osti bezida proinsulinni insulinga 
aylantiradi; 
Katepsin N ( kollagen parchalovchi ferment ) endopeptidaza hisoblanadi va 
faqat kollagenga ta’sir etadi. Nativ kollagen uchun pH 3.8 , eruvchi kollagen uchun 
esa pH 6.0. Odamning taloq va yo’ldosh to’qimalarining lizosoma va 
sitoplazmasida topilgan; 
Katepsin 
H
+
endopeptidaza 
va 
aminopeptidazadir. 
Ular 
asosan 
sitoplazmaning suvda eruvchi oqsillarini gidrolizlaydi, pH 6.0-7.0 , uning faolligi 
odam jigarida yuqoridir. 
Katepsin L endopeptidaza, pH 5.0, barcha to’qimalarda topilgan va 
sitoplazmadagi tez almashinmaydigan oqsillarni sintezlaydi. 
Katepsin C ekzopeptidaza, pH 5.0-6.0 N-uchidagi bog’larga ta’sir etadi. pH 
7.0-8.0 atrofida polimeraza faolligiga ega; 
Katepsin S engopeptidaza, pH 3.0-4.0, taloq va limfatik tugunlarda topilgan. 


206 
Asparaginli to’qima proteinazalari.
Katepsin D endopeptidaza, pH 3.5-4.0, 
aromatik aminokislotalardan hosil bo’lgan peptid bog’larni gidrolizlaydi. Barcha 
to’qimalarda topilgan, taloq, buyrak va o’pkada o’ta faoldir. Ko’pchilik 
sitoplazmatik oqsillarni (miozin, mielinnning asosiy oqsili, gemoglobin) 
gidrolizlaydi. Tog’aylarda pH 5.0 da proteoglikanlarni gidrolizlaydi. 
Serinli to’qima proteinazalari.
Katepsin A ekzopeptidaza, pH 5.0-5.5, 
polipeptid zanjirining N –uchini gidrolizlaydi. 
Katepsinlarning biologik ahamiyati. To’qima oqsillarini gidrolizi ularning 
yangilanishiga, oqsil molekulasidagi nuqsonlarni yo’qotishga, endogen oqsillarni 
mobilizatsiyasi uchun kerakdir. Ular nafaqat parchalash, balki rekonstruktsiya 
qilish uchun ham kerakdir. Katepsinlarni yetishmasligi to’qima oqsillarni 
yangilanishini susaytiradi, ularda shikastlangan, sust funksional faollikka ega 
bo’lgan oqsillarini to’planishiga olib keladi. Katepsinlarni qisman proteolizlash 
xususiyati ularning regulyatorlik vazifasidan dalolat beradi. Maxsus neyrosekretor 
hujayralarda qisman proteolizlanish faol neyropeptidlar, mediatorlar va gormonlar 
hosil bo’lishiga olib keladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish