Jo`rayeva A


-ma’ruza mavzusi: Oqsillarning hazm bo’lishi. Erkin aminokislotalar



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

7-ma’ruza mavzusi: Oqsillarning hazm bo’lishi. Erkin aminokislotalar 
fondi.
Reja: 
7.1. Oqsillarning biologik ahamiyati. Azot balansi. 
7.2. Oqsillarning hazm bo’lishi va ichaklarda so’rilishi 
7.3. Erkin aminokislotalar fondi 
7.4. Oqsillarning to’qimada parchalanishi 
7
7
.
.
1
1
.
.
 
 
O
O
q
q
s
s
i
i
l
l
l
l
a
a
r
r
n
n
i
i
n
n
g
g
 
 
b
b
i
i
o
o
l
l
o
o
g
g
i
i
k
k
 
 
a
a
h
h
a
a
m
m
i
i
y
y
a
a
t
t
i
i
.
.
 
 
A
A
z
z
o
o
t
t
 
 
b
b
a
a
l
l
a
a
n
n
s
s
i
i. 
Azot muvozanatiga 
erishish, odam salomatligini saqlash va uning yuqori ishlash qobiliyatini 
ta’minlash uchun ovqatlanishda oqsil normasini aniqlash lozim. Katta yoshdagi 
aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi va o’rtacha jismoniy faoliyati bor odamda 
energetik sarflanish 12000 kJ bo’lsa, sutkasiga 100-120 g oqsil iste’mol qilish 
kerak. Mehnat sharoiti o’zgarganda va energetik sarflanish yuqori bo’lsa, ushbu 
me’yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga oshadi. Og’ir jismoniy ish bajaruvchi 
ishchilar sutkasiga 130-150 g oqsil iste’mol qilishi kerak. Homiladorlik va 
laktatsiya paytida, shuningdek, ayrim patologik holatlarda ( organizm siydik, 
ekssudatlar bilan oqsil yo’qotsa, masalan: nefritlarda, og’ir infektsion 
kasalliklarda, kuyganda, jarohatlanganda va hokazo) oqsilga bo’lgan ehtiyoj keskin 
ortadi. 
Yosh bolalarning oqsilga bo’lgan ehtiyoji birinchi navbatda ularning yoshi 
va tana og’irligi bilan aniqlanadi. Tananing har bir kg og’irligiga 1.5 g oqsil 
ko’payib borishi lozim. Hattoki, go’dak bolalar ham sutkada 55-72 g oqsil qabul 
qilinishiga muhtojdir. Yoshi ulg’ayishi bilan (12-15 yoshgacha) oqsilning ushbu 
normasi katta yoshdagi odamning me’yorigacha oshadi. Oqsilga bo’lgan ehtiyoj 
ma’lum darajada sutkalik ratsionning kaloriyaligiga ham bog’liqdir. Chunki 
ovqatlanish kaloriyasi etarli bo’lmasa, oqsillar birinchi navbatda organizmning 
energetik ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanib, anabolik jarayonlarda 
foydalanilmaydi. 
Yaxlit organizmni oqsil almashinuvining holati faqat ovqat bilan qabul 
qilinadigan oqsil miqdoriga bog’liq bo’lmay, balki uning tarkibining sifatiga ham 
bog’liqdir. Xilma-xil oqsillar turlicha biologik qiymatga egadir. Shunga ko’ra 
organizmning plastik ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil ovqat oqsillarini 
iste’mol qilish lozim. Ehtimol, iste’mol qilinadigan ovqat oqsilining aminokislota 
tarkibi tana oqsillarining aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo’lsa, bunday 
oqsillarning biologik qiymati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat oqsilining 
o’zlashtirish darajasi oshqozon-ichak yo’li fermentlari ta’sirida uning 
parchalanishiga bog’liqdir. Qator oqsil moddalari, masalan, jun, sochlar va 
boshqalar tana oqsillarining aminokislotasi tarkibiga yaqin bo’lishiga qaramay, 
ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi. Chunki ular ichak proteazalari ta’sirida 
gidrolizlanmaydi. Go’sht, sut, tuxum oqsillarining biologik qiymati birmuncha 
yuqoridir, chunki ularning aminokislotasi tarkibi tana oqsillari aminokislotasi
tarkibiga yaqindir va ichak fermentlari ta’sirida oson parchalanadi. 


202 
Ovqat aralashmasida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan birontasi 
bo’lmasa, manfiy azot balansi rivojlanishi, ozib ketishi, o’sishdan to’xtash, asab 
tizimining buzilish holatlari kuzatiladi. 
Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan organizmdan
chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida ) azot miqdori o’rtasidagi
farqdir. Katta yoshdagi sog’lom odamda ovqat normal bo’lganida azot
muvozanati qaror topadi, ya’ni organizmdan chiqariladigan azot miqdori
unga tushadigan azot miqdoriga teng bo’lib turadi. Organizm o’sayotgan
davrda, shuningdek, holdan toydiradigan kasalliklardan sog’ayib kelinayotgan
paytda organizmga tushib turadigandan ko’ra kamroq azot chiqarib turiladi. 
Bu musbat azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan
toydiradigan kasalliklar avjida azot tushganidan ko’proq chiqib turadi. Bu
manfiy azot balansidir.
Kaloriyalarning soni jihatidan yetarli bo’lgan ratsionda azot
muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50 g
ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobilyati uchun zarur
optimumni ta’minlab bermaydi. Shu sababli o’rtacha jismoniy mehnat bilan
shug’ullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul
qilishi kerak . 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish