152
bakteriyalarda mavjud. Bu uning tashuvchi sistema sifatida universal umumiy
biologik ahamiyatini bildiradi. Odam organizmida ular moddalarning faol tashish
jarayonlari ko`p amalga oshadigan nerv to`qimalari, buyrak va sekretor organlarda
yuqori bo`ladi.
Na
+
, K
+
- ATF azalar ta’sirida har doim natriy ionlari hujayradan tashqariga
itarib beriladi, shu sababli Na
+
, K
+
- ATF azalarni ko`pincha natriyli nasos deb
ataladi; kaliy ionlari esa hujayra tashqarisidan ichiga o`tadi, ya’ni bu ionlarining
antiporti kuzatiladi.
Bir molekula ATF gidrolizi natijasida Na
+
, K
+
- ATFaza Na
+
ning 3 ta ionini
hujayradan tashqariga va 2 ion K
+
ni hujayra ichiga o`tishini ta’minlaydi.
Zaryadlangan zarrachalarning membranadan notekis o`kazilishi. Membrananing
qutblanishini – uning tashqi tomonida musbat zaryad, ichki tomonida manfiy
zaryad paydo qiladi. Shu sababli natriyli nasos elektrogen deyiladi. Na
+
, K
+
– ATF
azalarning membranada hosil qilgan Na+ gradiyenti turli xil moddalar, masalan,
glyukoza, aminokislotalarni ikkilamchi faol tashish uchun ishlatiladi.
Na
+
, K
+
ATF azalarni faolligini o`zgartiruvchi hamma tabiiy moddalar, dorilar
va zaharlar membranadagi natriy – kaliy gradiyentga, elektr zaryadga ta’sir etadi.
Na+ , K+ ATF aza boshqaruvchilari o`rtasida ingibitor va aktivatorlar mavjud.
Kalsiy ionlari tabiiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Tashqi tomondagi Ca
2+
tashqi
tomondagi K
+
ni fermentning spetsefik qismi bilan bog’lanishini faollaydi va Na
+
,
K
+
- ATF azani ionlar tashishi ishga tushadi.
Ca
2+
- ATF aza faol tashishning bu fermenti ATF energiyasidan kaliy ionlari
gradiyentiga qarshi o`kazilishida foydalanadi. Bu ferment hujayra membranasida,
shuningdek endoplazmatik retikulum va mitoxondriyaning membranalarida ham
joylashgan bo`ladi. Mushak to`qimalari, asosan sarkoplazmatik retikulumda, nerv
to`qimasida, buyrakda, ya’ni faol tashish organ va to`qimalarning funksiyasini
belgilovchi joylarda Ca
2+
- ATF aza ning faolligi yuqori bo`ladi. Ca
2+
-ATF aza
ATF energiyasi hisobiga Ca
2+
ionlarini Na
+
yoki Mg
2+
ionlari o`rniga itarib beradi,
ya’ni bunda bu kationlarning antiporti amalga oshadi. Bu jarayonda
almashiniladigan kationlar miqdori bir xil. Shu sababdan kalsiyli nasos natriyli
nasosdan farqli ravishda elektronetral.
Mg
2+
-ATF aza - kam darajada o`rganilgan tashuvchi sistema bo`lib , hujayra
ichki va plazmatik membranada bo`ladi. Bu fermentning faolligi nisbatan past. Bu
tashuvchi sistema Mg
2+
ionlarining ikkita Na
+
yoki H
+
ioniga antiportini
ta’minlaydi, bunda bir molekula ATF gidrolizlanadi, bu tashish turi elektronetral.
H
+
- ATFaza mitoxondriyaning ichki membranasi va xloroplastlar
tilokoidlarida energiyaning qayta hosil bo`lishida ishtirok etadi. membranada H
+
ionlarining gradiyenti yuqoridagi organoidlarda ikkilamchi faol tashish, masalan
membranadan organik kislotalarning tashilishida qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: