Jo`rayeva A


-mavzu. Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

18-mavzu. Organizmda moddalarning tashilishi va ularning turlari.
Reja: 
 
18.1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. 
18.2. Organizmda moddalar tashilishining ahamiyati va turlari. 
18.3.
 
Mexanik tashish va uning mexanizmi. 
18.4. Diffuzion tashish va uning turlari. 
18.5.
 
Faol tashishning ahamiyati va energiya manbai. 
18.6.
 
Elektroforetik tashish. 
18.7.
 
Vezikulyar tashish va uning ahamiyati. 
18.8. Organ va to`qimalar o`rtasida moddalarning tashilishi.
 
 
18.1. Biomembranalarning vazifasi va tuzilishi. 
Barcha hujayralar va 
ularning organoidlari membrana bilan o`ralgandir. Ularning umumiy miqdori 
hujayra massasini 80% gacha tashkil etishi mumkin. Barcha membranalar 
polyardir, ya’ni tashqi va ichki tomonlari tuzilishida farq bordir. 
Biomembranalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. Hujayra va hujayra organoidlarini o`rab turadi va ajratadi. Jumladan hujayrani 
tashqi muhitdan plazmatik membrana ajratadi va uning mexanik hamda kimyoviy 
ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga plazmatik membrana hujayra ichi va 
tashqi muhiti o`rtasida metabolitlar va anorganik ionlar kontsentratsiyasining 
farqini saqlaydi. 
2. Hujayra ichida metabolitlar va ionlar tashilishini boshqaradi va gomeostazni 
saqlashda muhim vazifani bajaradi. 
3. Hujayra tashqarisidagi signallarni qabul qilish va hujayra ichiga uzatish. 
4. Fermentativ kataliz. Jumladan, mitoxondrial membranalarda joylashgan nafas 
zanjiri fermentlarining energiya almashinuvida, endoplazmatik to`rdagi ferment 
tizimlar ksenobiotiklarni detoksikatsiyasida, yog`lar biosintezida qatnashadi. 
5. Hujayralararo matriks va boshqa hujayralar bilan bog`lanish va ta’sirlanish, 
hujayralarning qo`shilishida va to`qimalar hosil qilishida ishtirok etadi. 
6. Hujayra va organellalar shaklini va harakatini ta’minlash, sitoskeletni hosil 
qilish. 
Biomembranalar yog`lar, oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan. 
Membrana komponentlari nokovalent bog`lar bilan bog`langan, bu esa ularning 
nisbiy harakatchanligini belgilaydi. Membrananing suyuq holati ulardagi 
to`yinmagan yog` kislotalariga bog`liqdir. Membrana oqsillari ham harakatchandir. 
Agar ular membrana ichiga chuqur kirmagan bo`lsa, lipid qavatida suzib yuradi. 
Shuning uchun membranalar suyuq-mozaik shaklga ega. 
Yog`lar, oqsillar va uglevodlar nisbati biomembranalarning turiga bog`liq. 
Masalan, miyelinning ¾ qismi yog`lardir, mitoxondriyalarning ichki 
membranasida esa oqsillar ko`p, plazmatik membranalar tashqi qavatida esa 
uglevodlar mavjud. Membranalarda lipidlar tarkibi ularning hujayra va to`qima 
spetsifikligiga 
bog`liq. 
Ularning 
asosini 
fosfolipidlar 
(fosfotidilxolin, 
fosfotidiletanolamin, fosfotidilserin, kardiolipin, sfingomiyelin) hosil qiladi, so`ng 


149 
glikolipidlar va xolesterin tashkil etadi. Membrananing minor komponentlariga 
mitoxondrial membranalardagi ubixinon, tokoferollar kiradi. 
Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun 
membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo`lsa, shunga ko`ra 
undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko`p bo`ladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil 
bo`ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo`lgan mitoxondriyaning ichki 
membranasi tarkibida 75% oqsil bo`ladi. 
Biomembranalardagi uglevodlar erkin holda bo`lmaydi. Ular lipidlar bilan 
birikkan – glikolipid yoki oqsillar bilan birikkan glikoproteid holatida uchraydi. 
Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bo`lib, 
glikokaliksni hosil qiladi. 
Fosfolipidlar va glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati ularning 
amfifilligidadir. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, 
fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin, yoki serinni biriktirib olgan 
fosfat qoldig`idan hosil bo`ladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlarining 
mana shu xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik membranalar
tuzilishidagi o`rnini belgilab beradi; membrananing asosiy qismini lipid qo`sh 
qavati tashkil etadi. 
Biomembranalarning tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya 
etilgan. Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan “buterbrod” 
modelidir; unga ko`ra membrana lipid qo`sh qavatdan tashkil topgan bo`lib, 
lipidlar gidrofob qismi membrana o`rtasida, oqsil qismlar esa lipid qavatining har 
ikki tomoniga joylashgan. Ikkinchi model bo`yicha lipidlarning gidrofob dum 
qismi va oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning 
turg`unligi elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog`lar evaziga 
ta’minlanadi. Uchinchi xil model bo`yicha (“mozaik”) membranalar oqsil 
molekulalaridan tarkib topgan bo`lib, ularning orasida bo`shliqlar lipidlar bilan 
qoplangan. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish