Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

17.4. Glyukoneogenez. 
Glyukozaning uglevod bo`lmagan manbalardan 
sintezlanishiga glyukoneogenez deb ataladi. Bu jarayonning asosiy old birikmalari 
laktat, piruvat, glitserol, aksari aminokislotalar va limon kislota halqasining oraliq 
mahsulotlaridir. Glyukoneogenez asosan jigarda va ancha kam miqdorda buyrak 
usti bezlarining po`st qavatida amalga oshadi. 
Glyukoneogenez jarayonining markaziy yo`li piruvatning glyukozaga 
o`tishidir. Bu yo`l glyukoza katabolizmining ancha bosqichlarini o`z ichiga oladi. 
Lekin glyukoneogenez glikoliz reaktsiyalarining teskari yo`nalishi emas. Chunki 
glikolizning 10 ta bosqichidan 7 tasi glyukoneogenez jarayoniga kiradi, ammo 
qolgan 3 tasi qaytmas reaktsiya bo`lganidan sintez jarayoniga kira olmaydi. 
Bunday energetik jihatdan glikolizda qaytmas bo`lgan bosqichlarga piruvatkinaza, 
fosfofruktokinaza va geksokinaza ishtirokida boradigan reaktsiyalar kiradi. Bu 
reaktsiyalar glyukoza sintezi tomonga yo`nalgan aylanma reaktsiyalardir. 
Glyukoza sintezlanishidagi birinchi aylanma yo`l piruvatkinazani aylanib 
o`tib, piruvatdan fosfoenolpiruvatni hosil qilish bilan bog`liq. U ikkita ferment 
bilan katalizlanadi. Bunda avvalo piruvat oksaloatsetatga aylanadi. Reaktsiya 
piruvat o`ta oladigan mitoxondriyada amalga oshib, piruvatkarboksilaza bilan 
katalizlanadi: 
piruvatkarboksilaza 
Piruvat + HCO
3
-
+ ATF oksaloatsetat + ADF + H
3
PO
4
Bu ferment kofaktor sifatida CO
2
ni o`zlashtiruvchi boshqa hamma 
fermentlar kabi biotin tutadi. Oksaloatsetat mitoxondriyadan glyukoneogenez 
jarayoni 
boradigan 
sitoplazmaga 
o`tadi. 
Sitoplazmada 
oksaloatsetat 
fosfoenolpiruvatkarboksilaza bilan katalizlanadigan reaktsiyada fosfoenolpiruvatga 
aylanadi: 


146 
fosfoenol-
Oksaloatsetat+ GTF(ATF) fosfoenolpiruvat + GDF(ATF)+ CO

piruvatkarboksilaza
Glikolizning fosfoenolpiruvatdan fruktozo-1,6-bisfosfatgacha bo`lgan 
hamma reaktsiyalari qaytar, shu sababli fosfoenolpiruvatdan fruktozo-1,6-
bisfosfatning hosil bo`lishi glikolizning shu fermentlari ishtirokida boradi. 
Ikkinchi aylanma yo`l fosfofruktokinazali reakstiyani aylanib, fruktozo-1,6-
bisfosfatdan fruktozo-6-fosfat hosil qilish bilan bog`liq: 
fruktozo-bisfosfataza 
Fruktozo-1,6-bisfosfat + H
2
O fruktozo-6-fosfat + H
3
PO

Reaktsiya o`ng tomonga qaytmas bo`lib siljigan. Fruktozo-6-fosfat 
glyukozofosfatizomeraza yordamida glyukozo-6-fosfatga izomerlanadi. 
Uchinchi aylanma yo`l geksokinazali reaktsiyani aylanib, glyukozo-6-
fosfatdan erkin glyukozaning hosil bo`lishi bilan boradi: 
Glyukozo-6-fosfataza 
Glyukozo-6-fosfat + H
2

Glyukoza + H
3
PO

Bu reaktsiyada hosil bo`lgan erkin glyukoza to`qimadan qonga o`tadi. 
Glyukoneogenez misolida modda almashinuvi yo`llarining samarali ekanligini 
ko`rish mumkin, chunki glyukoneogenezning maxsus to`rtta fermenti: 
piruvatkarboksilaza, 
fosfoenolpiruvatkarboksilaza, 
fruktozo-bisfosfataza 
va 
glyukozo-6-fosfataza bilan birgalikda glyukozaning yangidan hosil bo`lishi uchun 
glikolizning ayrim fermentlari ham ishlatiladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish