259
Vitamin A ning organizmda ko'p qirrali vazifalarni bajarishi aniqlangan
va bu vazifalarni ikki guruhga ajratish munikin: fotoretsepsiya va yorug'lik
sezish jarayonlarida ishtiroki; vitaminning strukturaviy vazifalari (o'sish,
reproduktsiya, hujayralarning proliferatsiyasi, ixtisoslashishi va h . k ) .
Vitamin
A erkaklarda spermatogenezni, ayollarda esa homiladorlikni me'yorda
o'tishi uchun zarurdir. Vitamin A ning giper-gipovitaminoz hollarida uning
strukturaviy vazifasini buzilishi modda almashinuvidagi o'zgarishlar bilan
ifodalanadi.
Qator tajribalarda ko'rsatilishicha, vitamin A nukiein kisiotalar va oqsillar
sinteziga ta'sir ko'rsatadi. Hayvon organizmida vitamin A yetishmaganida qator
a'zolarda DNK va RNK miqdorining kamayishi hamda nukiein kislotalarga
radioaktiv o'tmishdoshlarining qo'shilish jadalligi susaygan. Nukiein kisiotalar
sintezining buzilishi oqsil sintezi sekinlashuviga olib keladi. Avitaminoz va
gipovitaminoz A da nuklein kisiotalar va oqsillar sintezining buzilishi bolalar va
yosh hayvonlarda bo'y o'sishi va rivojlanishini pasayishiga olib keladi.
Nuklein
kisiotalari va oqsillar sintezining sekinlashuvi vitamin A ni ortiqcha qabul
qilganda ham kuzatiladi.
Vitamin
A
oqsillarning
oshqozon-ichak
yo'lidan
so'rilishiga,
tashilishiga,
alohida
fraktsiyalarning
qondagi
miqdoriga
va
oqsil
almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarilishiga sezilarli ta'sir qiladi.
Vitamin A membranalarning zaruriy qismi bo`lib, ularning turg'unligini
(stabilligini) oshiradi. Membranalarda vitamin miqdorining o'zgarishi (ortishi yoki
kamayishi) ularning strukturasi va vazifasini, oqibatda esa hujayralar
metabolizmini buzilishiga olib keladi. Vitamin A membrana glikoproteidlari va
glikolipidlari sintezida qatnashadi, hujayradagi modda va energiya almashinuvida
membranaga bog'liq fermentlarning muhimligini bilgan holda, vitamin A ning
membranalarni stabillovchi ta'siri organizmdagi eng muhim vazifalaridandir deb
hisoblash mumkin. Bundan tashqari vitamin A mitoxondriyalardagi biologik
oksidlanish va oksidlanishli fosforlanish jarayonlarining fermentlarini faolligini
oshiradi. A vitamini - gipovitaminozda hujayra tuzilmalari membranalariga
zarur
bo'lgan
mukopolisaxaridlar
sintezining
buzilishi
hujayra
membranalarining tuzilishi va vazifalarining
buzilish zanjiridagi muhim
halqadir. Bularning hammasi organizmda modda va energiya almashinuvinig
buzilishiga olib keladi.
Vitamin A yetishmasa tekshirilayotgan hayvonlarda membranalar uchun
zarur bo'lgan xolesterin va fosfolipidlar sintezi pasayadi. Avitaminoz A ning
dastlabki ko'rinishlaridan biri kortikosteroid gormonlar sintezining kamayishi
bilan boradigan buyrak usti bezlari joylashgandir; shu bilan birga, qalqonsimon va
jinsiy bezlarning faoliyati ham o'zgaradi. Vitamin A boshqa vitaminlar va
mikroelementlar bilan aloqada bo'ladiki, bu holat gipovitaminoz A da buziladi.
Vitamin A mitoxondriyalarda elektron va protonlarni tashuvchi fermentlar
zanjirining tarkibiga kiruvchi vitamin B
2
ni o'zlashtirilishiga ta'sir ko'rsatadi.
Vitamin A va Zn jigarda RBO sinteziga ta'sir qiladi va o'z
navbatida vitamin A
ning aylanishi va o'zlashtirilishiga yordam beradi.
260
Vitamin A tanqisligida organizmda vitamin E ham kamayib ketadi yoki
aksincha, teskari hol ham kuzatilishi mumkin. Organizmning umumiy sezgirligini
yuqori darajada saqlashda vitamin A ning ahamiyati katta. Bolalar organizmida
vitamin A ning yetishmasligi ularning kasallanish ehtimolini oshiradi. Shunday
bolalarda leykotsitlarning fagositoz va hazm qilish xususiyatining buzilishini,
aftidan, lizosoma termentlarining jumladan, lizotsim faoliyatining susayishi
hisobiga yuz beradi. Turli yuqumli kasalliklarning og'ir kechishiga va o'lim sonini
ortishiga olib keladi. Immunitetning B-sistemasiga ko'ra T-sistemasi ko'proq
buziladi. Katta odamlarda vitamin A miqdorining kamayishi bilan turli xil
antigenlarga sezgirlikning yo'qolishi orasida aloqa borligi aniqlangan.
Turli hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda qo'shimcha vitamin A ning
ta'sirida immunitet omillarini, jumladan, B-sistemani faolligining oshirishi
aniqlangan.
Shunday qilib, vitamin A hujayralar biomembranasining ajralmas qismi
sifatida nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va energiya almashinuviga
sezilarli ta'sir qiladi. Vitamin A hujayralarning
proliferatsiyasi va
differentsiallanishi uchun hamda immun sistemaning hamma zanjirini yuqori
darajada barqaror saqlash uchun zarurdir. Organizmga vitamin A yetishmaganda
nafaqat modda va energiya almashinuvi buzilib qolmay,
balki organizmning
himoya qobiliyati ham izdan chiqib, boshqa kasalliklar kelib chiqishiga olib
keladi.
Vitamin A yetishmaganida ko'z muguz qavatining qurishi -kseroftalmiya
(grek. xerox
-
quruq, ophtalmos ko'z) yosh kanalining berkilib qolishi natijasida
vujudga keladi. Buning natijasida konyuktivit, shox qavatining yumshashi vujudga
keladi - keratomalyatsiya (grek. keras - shox, malaria - parchalanish); bu jarayon
juda tez rivojlanadi. Avitaminoz A (gipovitaminoz A) uchun xarakterli belgi
bo'lib shapko`rlik (gemeralopiya) hisoblanadi. Kasallar qorong'i xonada
narsalarni bir-biridan ajrata olmaydilar, kunduzi yaxshi ko'radilar.
Vitamin A
rodopsin oqsilining tarkibiga 11-sis-retinal shaklida kiradi. Ko'zdagi tayoqchalar
qorong`ilikda ko'rishni ta'minlaydi, kolbachalar esa yorug'likda rangli ko'rishni
ta'minlaydi. Tayoqchalarda rodopsin oqsili bo'lsa, kolbachalarda - yodopsindir.
Ikkalasi ham murakkab oqsil bo'lib opsin oqsili va 11-sis-retinaldan tashkil
topgan.
Ko'rish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
1.
Pigmentda yorug'likni fotokimyoviy absorbsiyasi va pigmentning
konformatsiyasini o'zgarishi.
2.
Pigment konformatsiyasini o'zgarishi hisobiga nerv impulslarini hosil
bo'lishi.
3.Pigmentni avvalgi holatiga regeneratsiyasi.
Rodopsinda
yutilgan
yorug'lik
kvantlari
11-sis-retinalni
fotoizomerizatsiyasiga olib keladi va 11-trans-retinal hosil bo'ladi, rodopsin
opsin va trans retinalga dissotsiyatsiyalanadi, oqsil rangsizlanadi. Retinalni
fotoizometrizatsiyasi
membranani
mahalliy
depolarizatsiyasiga,
elektrik
impulslarni hosil bo'lishiga va ularni nerv tolalari bo'yicha tarqalishiga olib keladi.
Pigmentni
regeneratsiyasi
to'g'ridan-to'g'ri
retinalizomeraza
ta'sirida
261
yorug'likda kechishi mumkin va bu jarayon sekin kechadi. Qorong'ulikda
rodopsin regeneratsiyasi maksimal bo'lib va bu jarayon trans-retinoldan sis-retinol
va 11-sis-retinol hosil bo'lishi bilan boradi. 11-sis-retinol 11-sis-retinalga aylanadi va
opsin oqsili bilan birikib rodopsinni hosil qiladi. Bu jarayon retinalizomeraza va
retinoldegidrogenaza ishtirokida kechadi. Rodopsin regeneratsiyasini buzilishi
shapko'rlikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: