Jo’rayev Maqsadjon Rahimjon o’g’R +99894 55115 31 DANG’ARA TVMANI18-MAKTAB
MMIBDO’
«SMART» - ingliz tilidagi Specific (aniq), Measurable (o‘lchash mumkin bo‘lgan), Achievable (erishsa bo‘ladigan), Relevant (ahamiyatga ega) hamda Time-Bound (amalga oshirish muddati aniq) so‘zlarining qisqartmasi.
MUVAFFAQIYATNING TO‘LOVI OG‘IR, AMMO GASHTI BEQIYOS
2003-yillarda Internet foydalanuv chilari soni ortishi barobarida Internet xizmatlariga ehtiyoj oshib borardi. 18 yoshli Akmal axborot texnolo giya lari sohasiga qiziqar, biror yangilik qilish payida edi. U avvaliga Internetdan foydalanish markazini ochdi. Kunduz biznes tashvishlari, tunda yangi texnologiyalar va marketing haqida o‘qib- izlandi. Bir kuni
unda manzil va joyni ko‘rsatuvchi elektron tizim ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ildi.
NaviMax loyihasi O‘zbekistondagi ilk GPS-navigatsiya tizimi edi. Ammo birinchi bo‘lish doim ham oson emas. O‘sha yillarda unga xarita maxfiy axborot ekanini aytishdi. U bir necha marta «yo‘q», «mumkin emas» degan javoblarni eshitdi. Akmal maqsadi yo‘lidan qat’iy borib, xaritani jamoasi bilan yangidan chizishga qaror qiladi. Kartograf yollab, yillab o‘zining mashinasida ko‘chama-ko‘cha yurdi. Kuch, vaqt, sabr-toqat va harakat mevasini berdi - 2009-yilda Akmal Fayziyev O‘zbekistonda xaritaga guvohnoma olgan ilk tadbirkorga aylandi. Kuchli xohish, bilim va sa’y-harakat natijasida u 2015-yilda «MyTaxi» xizmatini ishga tushirdi. Muvaffaqiyatga erishishning tayyor retsepti yo‘q. Sizning muvaffaqiyatingizga xizmat qiluvchi g‘oyalar har yoqda sochilib yotgan g‘ishtlarga o‘xshaydi. Ularni to‘g‘ri tanlab, bino ko‘tarish uchun bilim, tajriba va to‘g‘ri odamlar kerak. Ana shunda siz qurgan bino uzoq turadi.
Akmal Fayziyev, tadbirkor
TANIQLI dengizchi JAK-IV kustoning kechinmalari
«Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin. Buning uchun kelajak tomonga aql bilan harakatlanish lozim. Kelajak uni kashf etganlarga nasib qiladi. Harakatchan insonlarga birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi. Jamiki hayrat ona tabiat qo‘ynida yashiringan. Uning go‘zalligi bizni hayotga bog‘lab turgan eng mustahkam rishtadir.
Tarixning katta qismida inson omon qolish uchun tabiat bilan kurashishga majbur bo‘lgan.
Endi esa u tirik qolish uchun tabiatni himoya qilishi kerakligini anglay boshladi. Afsuski, Yer
insonlardan butun tarixga nisbatan XX asrda ko‘proq aziyat chekdi. Vaholanki, tabiat - biz yashayotgan umumiy uyimizdir. Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, atrof-muhitga hurmat ko‘rsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida
ham, tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning kelajagi bo‘lishi zarur».
MUVAFFAQIYATSIZLIK - VOZ KECHISH UCHUN SABAB EMAS
Stiven Spilberg Kaliforniya kinofilm universitetiga kirishni orzu qilgan. Biroq 12 yoshida 8 daqiqali film yaratgan Stiven uch marta urinib ham bu o‘quv yurtiga kirolmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay, u rejissorlikdan voz kechmadi. O‘n ikki marotaba Oskar mukofotining «Eng yaxshi film uchun» nominatsiyasida taqdirlangan ijodkorni bugun yosh-u qari yaxshi taniydi. Bir vaqtlar uni qabul qilmagan universitet 1994-yilda Stivenga faxriy diplom berdi. 1996-yilda esa rejissor iqtisodiy qiyinchilikka uchragan bu universitetni otaliqqa oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |