Jo’rayev Maqsadjon Rahimjon o’g’ft +99894 55115 31 DANG’ARA TUMANI18-MAKTAB MMIBDO’ Muvaffaqiyat, bu - yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani. MUVAFFAQIYAT KALITI - MEHNATSEVARLIK Ravshan bolaligidan otasiga ergashib, «Paxtakor» stadioniga borishni xush ko‘rar edi. Haybatli stadionda u ilk orzulariga duch keldi - taniqli sportchi bo‘lish. «Muvaffaqiyat orzularining chin va chiroyli ekaniga ishonganlarga nasib qiladi», degani rost ekan. Futbolga mehr va o‘z ustida mehnat uni taniqli «Paxtakor» jamoasining yoshlari tarkibiga
qo‘shdi. Ravshan o‘n yetti yoshidan boshlab futbol bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. Qishning ayozli kunlarida kuyunchaklik bilan bugun stadionga bormay qo‘ya qolishini so‘ragan onasiga xavotir olmasligini aytib, xotirjam qilar edi.
Lekin o‘n to‘qqiz yoshida olgan jarohati tufayli u katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ravshan uchun qiyin davr boshlandi - tushkunlik. Bir kuni Ravshan otasi bilan birgalikda sportda muvaffaqiyatga erishishga oid muhim rejani ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, olti yo‘nalishda vazifalar belgilab olindi:
Ravshan Ermatovning uzoqni ko‘zlagan muvaffaqiyatli rejasi Xorijiy tillarni o‘rganish Jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash Sport yo‘nalishida chuqur o‘qib-izlanish Professional hakamlik salohiyatini oshirish O‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish Taniqli hakamlarning tajribasini yaqindan o‘rganish Uzoq muddatli maqsad - strategiya ish berdi. Ravshan 25 yoshidan boshlab xalqaro futbol o‘yinlarini boshqarish uchun taklifnoma oldi. Otasi uning yaqin ustozi bo‘ldi - har bir o‘yindan keyin ular natijalarni, tafsilotlarni tahlil qilishdi. Oldindagi muvaffaqiyatlar nafaqat uning oilasi, balki butun O‘zbekistonning iftixoriga aylandi. Futbol olamida O‘zbekistonning faxri bo‘lgan Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U uch marta Jahon chempionatida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi. U 5 karra «Osiyoning eng yaxshi hakami» deb tan olingan. Ravshan Ermatov 2015-yilda nufuzli «Globe Soccer Awards» tadbirida «Yilning eng yaxshi hakami»
nominatsiyasida mukofotlangan.
Piter Pen filmini barchamiz sevib tomosha qilganmiz. Shu bilan asardagi bir fikr juda muhim: «Ucha olishingga shubha qilgan mahaling sen bir umrga bu imkoniyatni qo‘ldan boy berasan».
Fransuz olimi Bleyz Paskalning universitetdagi ta’sirli ma’ruzasidan so‘ng talabalardan biri unga: «Ilm-fan kelajagi haqida ishonch bilan gapirishingiz tahsinga sazovor. Agar men ham sizdagi kabi ishonchni egallaganimda bormi, ilm-fan haqida shunday yuksak ishonch bilan so‘zlar edim», dedi havas bilan. «Sen avval ilm-fanni egalla, ana shunda mendagi kabi ishonch senda ham bo‘ladi», dedi faylasuf tabassum bilan.
Aristotel aytgani kabi, «Inson uchun hayotda eng ishonchli panoh - bilimdir». MUVAFFAQIYAT KALITI - BILIM VA HARAKAT Kolumbiya universiteti dunyoning eng nufuzli ta’lim maskanlaridan hisoblanadi. Bu yerda o‘zbekistonlik professor - Aziza Shonazarova ham dunyoning har tarafidan kelgan talabalarga dars beradi. O‘zbek olimasi Kolumbiya universitetiga 500 nafar nomzod orasidan tanlab olingan.