Jo’rayev Maqsadjon Rahimjon o’g’ft +99894 55115 31 DANG’ARA TUMANI18-MAKTAB
MMIBDO’
transportga hayrat bilan tikilar, tuzatishga qarashar edi. U ba’zida ustaxonadagi temirlarni bir-biriga payvandlab shunday transport yaratishga intilardi. Soichironing orzulari ummondek cheksiz bo‘lgan. U orzusiga erishish uchun 15 yoshida Tokioga yo‘l oladi. Ish izlab taniqli «Toyota» kompaniyasiga kelganida uni ishga olishmagan. U mashaqqat va haqoratlarga qaramay, orzularidan voz kechmadi. Soichiro 22 yoshida o‘zining avtomobil ta’mirlash ustaxonasini ochadi. Kunlarning birida u mototsikl yasashga kirishib, oxir-oqibat orzusiga yetadi. 1948-yilda Soichiro Honda tomonidan asos solingan «Honda Motor» kompaniyasi jahondagi eng qimmat avtomobil va mototsikllarni ishlab chiqaradi.
“Qila olaman deb o‘ylasangiz ham, qila olmayman deb o‘ylasangiz ham - to‘g‘ri o‘ylagan bo‘lasiz”.
Genri Ford
ENG BUYUK YO‘LBOSHCHI
Amerikalik olim Maykl Xartning «Tarixdagi 100 buyuk odam» nomli asari G‘arb dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Xartning bu asarida keltirilgan 100 nafar buyuk insonlar orasidan insoniyat tarixini yaxshi tomonga o‘zgartirgan eng muhim shaxs kompyuter tizimi orqali aniqlandi. Kompyuter dunyo liderlari ichidan eng buyuk yo‘lboshchi deb Muhammad (s.a.v.)ni tanlab berdi. «Dunyo tarixini o‘zgartirgan eng yetakchi shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammad (s.a.v.)ning yozilgani bejiz emas. U dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu ulug‘ maqomga munosibdir».
Maykl XART, amerikalik olim
«Boshqalarni boshqarish - kuch, o‘z-o‘zini boshqarish - qudratdir».
Xitoy faylasufi Lao Szi “Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish - kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik - ruhiy kamolot belgisi”.
Mahatma Gandi
«BOKS QIROLI» - MUHAMMAD ALINING KUCHLI JIHATLARI
«Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir paytda o‘zimga: «To‘xtama! Hozir azoblansang ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib yashaysan» deyishni kanda qilmadim. Kuchli ezgu istak meni o‘zim xohlagan manzilga olib borishini bilar edim. Chempionlar mashq zallarida yetishib chiqmaydilar. Ular, avvalo, o‘zlarining qalblarida kuchli xohish, orzu tufayli tug‘iladilar. Sportda g‘alaba uchun mahoratdan ko‘ra istakning
ahamiyati yuqori. Omading kelgani sari odamlarga yaxshilik qo‘lini cho‘z. Odamlarni baxtli qilish - mening burchim bo‘lgan. Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon muhabbat, bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq saxiylik, yana birozgina g‘amxo‘rlik yetarli ekanini aytaman».
“Yaxshi fazilatli insonni hech kim omaddan ayira olmaydi. Yomon xulqli kishiga yer yuzidagi hech kim yordam berolmaydi”.
Hikmat
«SMART» maqsad texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |