Edvard Li Torndayk ob’ektiv o‘rganish pozitsiyasi tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. U o‘zining tadqiqotlarida organizmning biron bir hodisalar bilan to‘qnash kelishi va javob teaksiya qaytarishi haqidagi eksperimentlarni olib borgan.

E.Torndaykni tadqiqolarida organizmning turli kutilmagan vaziyat va sharoitlarda o‘zini-o‘zi boshqara olmaydigan holatlardagi adaptatsiya qonuniyatlarini o‘rgangan.
E.Tondayk tadqiqotida maxsus “muammoli yashik(quti)” metodidan foydalangan.
E.Tondayk tadqiqotida maxsus “muammoli yashik(quti)” metodidan foydalangan.
Bu metodning maqsadi shundan iboratki, unga qo‘yib yuborilgan hayvonlar turli to‘siqlardan o‘tib chiqish yo‘lini topish kerak bo‘ladi.
Asosiy ob’ekt sifatida mushuklar, undan tashqari it va maymunlardan foydalangan. Hayvonlar yashikka qo‘yilgan va undan faqat maxsus o‘rnatilgan qurilma prujinani bosish orqali chiqib yemishga erishish mumkin bo‘lgan.
YAshikka qo‘yilgan hayvonlar to tasodifan muvaffaqiyatli yo‘lni topmagunlaricha betartib harakatlanganlar, tishlagan, qarshiliklar ko‘rsatganlar. Keyinchalik hayvonlar bu yashikka qo’yilganlarida foydasiz harakatlarni kamroq bajarishganlar. Eksperiment to hayvon xatosiz harakatlarni bajargunigacha davom qilingan.
O‘tkazilgan va olingan materiallar asosida E.Torndayk o‘rgatish qonunining 4 ta asosiy qonuniyatini ajratgan:
O‘tkazilgan va olingan materiallar asosida E.Torndayk o‘rgatish qonunining 4 ta asosiy qonuniyatini ajratgan:
1- Takrorlash (mashqlarni) qonuni – shundan iboratki, qancha stimul va reaksiya o‘rtasida aloqa takrorlansa, shuncha tez mustahkam va qat’iy reaksiya sodir bo‘ladi.
2- Effekt (samara) qonuni – konkret vaziyatda reaksiyani bir necha marta sodir bo‘lishi, sinaluvchida qoniqish hissi paydo bo‘layotgan reaksiyada mustahkamlanish sodir bo‘ladi.
3- Tayyorgarlik qonuni – har qanday yangi aloqalarning shakllanishi sub’ektning holatiga bog‘liq bo‘ladi.
4- Assotsiativ qo‘zg‘alish qonuni – agar sinaluvchida bir vaqtning o‘zida ikkita qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilsa, ulardan biri ijobiy reaksiya chaqiradi, boshqasi analogik (analogik) reaksiya chaqiradi.