Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
3
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
1419
PSIXOLOGIYA FANINING YIRIK ILMIY YO’NALISHLARI VA MAKTABLARI
Savurboev Qobilbek Xolibek o‘g‘li
Navoiy shahar “Profi” nodavlat universitetining
“ Psixologiya pedagogika” fakulteti sirtqi ta’lim talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolamda psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni
o‘z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilganligi, Aynan
tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun
zarurat sezila boshlaganligi,bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi
yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surilganligi va XX asr boshlarida bixeviorizm,
freydizm yo‘nalishlari vujudga kelganligi haqida bilib olasiz qolaversa, Freydizm
yo‘nalishiga venalik psixiatr z.freyd asos solganligi haqida ham barcha ma’lumotlarga ega
bo’lasiz.
Kalit so’zlar
:
Psixologiya, pedagogika, freydizm, Bixeviorizm , geshtal-psixologiya,
E.Torndayk va Dj.Uotson, Psixoanalitik metod, ) Erkin uyishma, Tush Tahlili, Psixo-seksual
rivojlanish, Oral bosqich, Anal bosqich, Genital bosqich, Latent bosqich, Fallik bosqichi.
Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olib, bu
davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi
uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi
ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari
surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo‘nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm
yo‘nalishi hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo‘lib, uning
namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-
atvor” degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit
o‘rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha,
psixologiyaning vazifasi stimulga (qo‘zg‘atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan
qo‘zg‘atuvchiga o‘q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo‘lishini, yoki bunday reaksiyani
qanday stimul tug‘dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi
«S -> R» dir.
Freydizm yo‘nalishiga venalik psixiatr z.freyd asos solgan. uning fikricha, odam
mohiyatiga ko‘ra hayvonga o‘xshaydi. odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga:
rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. bu oqim ham insonning ongiga
ishonmaydi z. freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat
haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.
Bu yo’nalish psixologiya tushunchasiga mutlaqo yangi nazariyalarni , strukturalizm,
funksionalizm, bixeviorizm yoki geshtal-psixologiya yo’nalishlarining odam ruhiyati
tushunchalariga qarama-qarshi fikrlarni olib keldi. Keling bu qarashlar haqida so’z yuritsak:
Международный
научный
журнал
№
9
(100),
Do'stlaringiz bilan baham: |