231-savol: Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchi
kalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan?
Javob: Ob-havo xaqida.
232-savol: A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillari
haqida shunday degan?
Javob: Tarjimonlar.
233-savol: Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sud
jarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shunday
deyiladi: «Ular guvoh emaslar,ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar». Ular
kimlar?
Javob: Vrachlar.
234-savol: Arab alximigi Jobir (Geber) tomonidan VIII asrda kashf qilingan modda Rim papapsi
Aleksandr VI ning o‘g‘li, XVII asrda yashagan Teofaniya di Adomaga juda qo‘l keladi va u
ushbu kashfiyot yordamida «akva tafana» nomli suv tayyorlaydi. U bu suvdan g‘arazli maqsadda
foydalanadi.Siz menga uning bu suvdan nima maqsadda foydalanganini emas, o‘sha moddaning
nomi nima ekanligini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |