Javob: Safar qilish.
239-savol: Abdulla Qodiriy unga shunday ta’rif bergan: «Bu zo‘rlikniki emas, haqliknikidir, bu
zolimlarniki emas, mazlumlarnikimdir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir».
Qodiriy nimaga nisbatan shu ta’rifni bergan?
Javob: «Mushtum»ga nisbatan.
240-savol: Peruda aqlli otalar avokado daraxti mevasi pishgan davrda o‘z qizlarini ko‘chaga
chiqarmaydilar. Nega?
Javob: Chunki, Peruda eng kuchli shahvoniy hissiyotni qo‘zg‘atuvchi meva avokado
hisoblanadi.
241-savol: Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:
Men ham yashayapman o‘z zamonamda,
Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim mening qonimda
Qaysi bir bobomning hislati ko‘proq.
Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday
nomlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |