Javob: 11022 m.
Izoh: Bu yerda gap mana shu yillari mana shu davlatlarning shu nomdagi suvosti kemalari
Marianna botig‘ini chuqurligini o‘lchab, bergan ma’lumotlari haqida ketmoqda.
220-savol: U II - Jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alaba sharafiga yodgorlik sifatida barpo
etilgan. Uning asosini A. Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn shahridan keltirib
o‘rnatgan. U nima?
Javob: Toshkent kuranti.
221-savol: Unda 8 ta g‘ildirak bo‘lib, ularning har biri o‘z dvigateliga ega. Televizion kameralar
uning ko‘zlari vazifasini bajargan. U nima?
Javob: «Lunoxod-1» apparati.
222-savol: Yaponiyada ularni dasturxonda ko‘rishsa xech kim ajablanmaydi. Ushbu kunchiqar
mamlakatda uni taom sifatida iste’mol qiladilar. Ularni qaynatib, ustiga uksus sepib, ozgina
shakar ham solishadi. Shundan keyin qarabsizki shirin va mazali taom tayyor. Umuman,
Yaponiyada ular uchun yuzlab retseptlar bor. U nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |