Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Dam olish daqiqasi Topishmoqlar
K echqurun tomga g‘o’za yoysam,
Ertalabgacha bitta ham qolmabdi.
Shoxi bor, ho‘kiz emas,
Egari bor, ot emas,
Xohlagan manzilingga
Yetkazadi, minsang bas.
Uyimizga in qo‘ygan,
Tilla qushu tilla qush.
Kech kirganda yashnasang,
Odamlarning ko‘ngli xush.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi.
Rasm asosida bolalar bilan savol javoblar o’tkaziladi tarqatmalar tarqatiladi
1-rasmda oila a’zolari nima qilishyapti?
|
Sizningcha, ular qanday kunni nishonlamoqchi?
|
Mehmonga kimlar keldi?
|
Mehmonlar mezbonga nima sovg‘a qilishdi?
|
Sizningcha, dasturxon atrofida nimalar haqida
gaplashishdi?
|
Mehmon qanday kutib olinishi kerak?
|
Sizga mehmon
kutish yoqadimi
yoki mehmonga
borishmi?
|
Mehmon bo’lish yaxshida bo’limidan oldingi bo’lim Yelpig’ich metodi orqali mustahkamlab ketiladi
III.Yangi mavzu bayoni:
MEHMON BO‘LISH ODOBI
Xadicha mehmonga borishni juda yaxshi ko‘radi. U ko‘pincha ota-onasi bilan bobosinikiga boradi. Ularni ko‘rgan bobosi ham xursand bo‘ladi. Mehmonlar uchun tuzalgan dasturxon noz-ne’matlarga to‘lib ketadi. Bobosining aytishicha, mehmondo‘stlik – xalqimizga xos odat.
Mehmonda o‘zini tutishiga qarab, bolaning odobi haqida bilib olish mumkin ekan. Buni Xadichaga bobosi aytgan. Masalan, odobli bola dasturxonga o‘tirishdan avval, albatta, qo‘llarini yuvadi. Yoshi kattalardan oldin taomga qo‘l uzatmaydi. Ovqatni o‘ng qo‘l bilan o‘z oldidan yeyish, luqmani shoshilmay, og‘izni yumib chaynash ham odob belgisi hisoblanadi.
Aqlli bola taom tayyorlaganlarga rahmat aytishni uyda ham, mehmonda ham unutmaydi.
Kamola Sodiq qizi
1 Xadicha nima uchun mehmonga borishni yoqtiradi?
2 Noz-ne’matlarga to‘la dasturxon qanday bo‘ladi?
3 Mehmondo‘stlik nima?
4 Mehmon bo‘lish odobi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5 Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan toping.
6 Siz ham ota-onangiz bilan bobo-buvingizni ko‘rgani tez-tez borib turasizmi?
7 “Mehmon + do‘st” birikmasi qanday ma’noni anglatyapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |