“Nina, ip va tuguncha” о’yini
О’yinga tayyorlanish. О’ynovchilar qо’l ushlashib, aylana hosil qilib turadilar. Uchta uynovchi aylanadan tashqarida ketma-ket turadi. Bularning oldingisi “ninacha”, ikkinchichi “ip” va uchinchisi “tuguncha” bо’ladi.
О’yinning tavsifi. Nina har tomonga yugurib yuradi. Ip bilan tuguncha ham uning ketidan ergashib yurishadi. Agar ip chigallashib (boshqa tomonga ketib) olsa yoki uni tuguncha ushlasa, о’yin qaytadan boshlanadi va yangi nina, ip hamda tuguncha tayinlanadi.
О’yinning qoidalari. О’ynovchilar qо’llarini kо’tarib, nina, ip va tugunchaga yо’l ochib turishlari lozim.
Pedagogik ahamiyati. О’yin bolalarda intizomini, diqqatni, sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Metodik kо’rsatmalar. Eng epchil va ziyrak о’quvchilar nina qilib tayinlanishi kerak. Nina, ip va tuguncha qilib tayinlangan о’quvchilar uzoq vaqtgacha hato qilmay yugurib yuraversalar, boshqa о’yinchilarni ham о’yinda faol qatnashtirish maqsadida ularni almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |