Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’yinlarning ahamiyati
Bugungi kunning talabi:
“ Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Reja
Boshlang’ich sinflarda o’qitish samaradorligini oshirish usullari.
Boshlang’ich sinflarda jamoaviy ishlashning afzalliklari.
Boshlang’ich sinflarda o’yinlarning ahamiyati.
Maktabga yangi kelgan bolalarda o’yin faoliyati asosiy, yetakchi o’rinlarni egallaydi. Bola 45 daqiqalik dars davomida zerikadi, ko’ngli ko’proq o’yinga moyil bo’ladi. Bunday paytlarda harakatli, ta’limiy o’yinlar bolaning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
Bizga sir emaski, kichik yoshdagi bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri bu o’yindir. Shunday ekan o’quvchilarga dars davomida turli didaktik, harakatli o’yinlardan foydalanib bilim berish muhimdir.
Boshlang’ich ta’lim davrida didaktik o’yinlarning o’rni kattadir. Didaktik o’yinlar bolalarning so’z boyligini oshiradi, aqlini charxlaydi, og’zaki nutqini rivojlantiradi. Didaktik o’yinlar o’quvchilarning yoshiga qarab tashkil etiladi. O’yinlar davomida o’quvchilar qoidalarda rioya qilishga, o’zgalarni tinglashga , diqqatni jamlashga o’rganadi. O’qituvchi har bir darsning mazmuniga mos o’yinlarni tanlay olishi kerak. Bu uning pedagogik mahoratiga bog’liq. O’yinlar tashkil qilishda ko’rgazmalilikka e’tibor berilsa bola darsni to’liq o’zlashtirishiga erishiladi.
O’qitish samaradorligini oshiradigan usullardan biri o’yin – musobaqa darslarini tashkil qilishdir. O’yin–musobaqa tarzida o’tilgan dars bolada boshqacha qiziqish uyg’otadi. Chunki, 1- sinf bolasi 45 daqiqa davomida faqat o’qituvchiga quloq solsa, uni tinglasa, misol-masala yechsa, yozsa zerikishi aniq. Shu sababli, ular bilan ko’proq harakatli o’yinlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Bu esa o’qitish samaradorligini oshiradi. O’yinlarni o’tkazish va ularni tanlashda mavsumga, fasllarga mosligi o’quvchida qiziqish uyg’otadi, samara beradi. Bir xil o’yinlardan foydalanish ham o’quvchini zeriktiradi. Shu sababli, o’yin nomlarini ham o’zgartirib qo’llansa o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Masalan, kuz faslida : “ Olma terish “, “ Nok uzish “, “ Tarvuz uzish “, “ Behi terish “ ; qish faslida: “ Archa bezaymiz “, “ Qorparchalarni joylashtir “; bahor faslida esa : “Lola sayli “, “ Gul terish “, “ Gul ekamiz “, “ Daraxt ekib bog’ yaratamiz “ nomli harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.
“ Archa bezaymiz “ o’yinidan qish faslida foydalansa bo’ladi. Buning uchun har bir guruhga Archa daraxti chizilgan plakat doskaga yopishtirib qo’yiladi. Savatchasiga esa rangli qog’ozlardan yasalgan archa o’yinchoqlarining orqa tarafiga qalam bilan matematika darslarida misol yozib qo’yiladi. Guruhlardagi o’quvchilar navbat bilan o’yinchoqlardagi topshiriqlarni to’g’ri, tez va aniq bajarib o’z archalariga iladilar. Belgilangan vaqt ichida qaysi guruh archasida o’yinchoq ko’p bo’lsa, shu guruh g’olib bo’ladi. Bu o’yin orqali o’quvchilarni tez hisoblashga, o’yinchoqlarni ranggiga qarab joylashga undaladi.
Bahor faslida “ Daraxt ekib, bog’ yaratamiz “ o’yinini o’tkazish tartibi quyidagicha. Guruhlarga bog’ (ko’chatlarsiz) tasviri tushirilgan plakat tayyorlanadi. Savatchalardagi kartochkalar daraxt shaklida bo’ladi. Har bir guruh alohida bog’ yaratish uchun daraxt orqasiga qalam bilan yozilgan misollarni yechib, daraxtlarni bog’ tasviri tushirilgan plakatda yopishtirib chiqadilar. Belgilangan vaqtda qaysi guruhning bog’ida daraxtlar ko’p bo’lsa, shu guruh g’olib bo’ladi. ,,Bu o’yin orqali atrof-muhit tozaligi uchun, vitaminga boy mevalarni iste’mol qilish uchun kelajakda sizlar ham shunday bog’lar yaratishga o’z hissangizni qo’shasiz, men bunga, albatta, ishonaman, Prezidentimiz ham shu taklifni aytyaptilar’’,- deb bolalarni daraxt ekishga undash, mevalarning foydali ekanligini tushuntirib o’tish ham kerak. Bu o’yin orqali o’quvchilarda tezkorlik, mehnatsevarlik, kasbga qiziqishni uyg’otish mumkin.
Didaktik o’yinlarning turlari juda ko’p. 1-sinf matematika darslarida son, raqamlarni o’rgatishda ko’proq “ Kim zehnli ? “ o’yinini qo’llash yaxshi samara beradi. O’yin musobaqa tarzida qatorlararo o’tkaziladi. O’qituvchi sonlarni aytadi, aytilgan sondan oldin yoki keyingi sonlarni o’quvchilar aytadilar. Masalan, 6 dan keyingi son ? ( 7 ) 10 dan oldingi son ? ( 9 ). Bu o’yin maktabga ilk bor kelgan 1 – sinf o’quvchilarini sanashni o’rganishlariga, eslab qolish darajasining yuqori bo’lishiga, mustaqil fikrlay olishiga, jamoada o’z o’rniga ega bo’lishga o’rgatadi. Bu o’yin orqali 1-sinf o’quvchilari to’g’ri sanay olishni, sonlar ketma-ketligini eslab qoladilar.
Yozuv darslarida “Kim ko`p biladi?” o`yini o`tkazilsa, o`quvchini vaqtdan unumli foydalanishga, so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatiladi. Chunki bu o’yinda guruhlardan bir nafardan o’quvchi xattaxta oldiga chaqiriladi, qo’llariga o’rganilgan harflardan biri yozilgan varaq beriladi. O’quvchilar shu harf bilan boshlanadigan so’zlardan 2 daqiqa ichida musobaqadoshlaridan ko’proq yozishlari kerak bo’ladi. Masalan, Tt harfi va tovushi o’rganilgandan so’ng tom, it, tomon kabi so’zlarni yozishlari mumkin. Bu o’yin o’quvchining xotirasini ham kuchaytiradi.
Ona tili darslarida ya’ni 1- sinfda “ So’z “ , “ Bo’g’in “, 3-sinfda “ So’z tarkibi “ mavzularini o’rgatish davomida “ So’zdan so’z “ o’yinidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu o’yinning qoidasi shundayki, berilgan so’zdan harflarning ketma – ketligini buzmagan holda yangi so’zlar hosil qilinadi. Masalan, bilimdonlarimizning so’zidan 1-sinf o’quvchilari quyidagi yangi so’zlarni hosil qilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |