Jizzax politexnika instituti


Harakatli о’yinlarning turkumlari



Download 5,88 Mb.
bet5/165
Sana15.07.2021
Hajmi5,88 Mb.
#119467
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Ҳаракат-ўйинлар-охиргиси-Исмат-ака-20.01.2020

1.3. Harakatli о’yinlarning turkumlari


Harakatli о’yinlarning aksariyati chetdan kirib kelib, ular milliylashib ketgan. Chunki, ularning mazmun, maqsad va mohiyatlari yurtimizning iqlim sharoitlari, aholining ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatiga mos keladi. Shu sababdan harakatli о’yinlar tarkibida uchraydigan boshqa millatlarning harakatli о’yinlari haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmaslik zarur.

Harakatli о’yinlar metodikasi fani bir necha quyidagi bо’limlarni о’z ichiga oladi:



  • maktabgacha ta’limda harakatli о’yinlar;

  • umumiy о’rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiyasida harakatli о’yinlar;

  • talaba yoshlar va aholi о’rtasidagi harakatli о’yinlar;

  • sportdagi harakatli о’yinlar;

  • sog’ligidanuqsonibо’lganshaxslarjismoniytarbiyasidaharakatliо’yinlar.

AtoqliolimlarM.Murodov, U.Qoraboyev, M.Jabborov, J.Toshpо’latov, A.Atoyev, R.Abdumalikov, T.Usmonxо’jayev kabilarning ilmiy-nazariy mulohazalari hamda о’yinlarning mazmunlari asosida milliy va harakatli о’yinlarni quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:

  1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog’liq о’yinlar. Bunga “Kо’chat о’rnat”, “Kartoshka ekish”, “Yomg’ir”, “Ayoz bobo” kabilarni namuna qilib kо’rsatish mumkin. Ularning mazmuni va о’yin holatlari (joylar, bajarilish tartiblari, qoidalar),

tabiatning gо’zalligi, ob-havoning о’zgarishi, sovuq va yomg’irlardan saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug’ullanuvchilarning hushyorlik, chaqqonlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda xizmat qiladi.

  1. Hayvonot olami bilan bog’liq о’yinlar, “Qushlar pir… etib uchdi”, “Kalhat keldi, qoch bolam”, “Bо’rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bо’rilar”, “G’ozlar”, “Tulki bilan xо’roz”, “It va qarg’a” va shu kabi juda kо’p о’yinlarda о’zaro munosabatlar, yaxshilik va yomonlik, о’zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu asosda bolalarda hayvonot olamiga bо’lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg’ular uyg’onishi mumkin.

  2. Mehnat bilan bog’liq о’yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan belgilanadi.Ularni harakatli о’yinlar mazmunida ham uchratish mumkin.

Aqliy mehnatga doir о’yinlar turkumiga “Sanash о’yinlari”, “Sonlarni yozish va о’ylab top”, “Ism yoki buyumlarni ketma- ket va aralashtirib aytish”, “Sakrab qо’shiq aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib о’z holiga keltirish” (shakl yasash) va shunga о’xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi о’yinlar kiradi.

Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli о’yinlar ham juda kо’p. Ularga“О’tin yorish”, “Poda tо’p” (chо’pon), “Qо’sh haydash” (yerni haydash, chopish), “Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk kо’tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”, “Poyezd” va boshqalar kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yо’llari, bajarish usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi.

Umuman olganda milliy harakatli о’yinlarning barchasida aqliy va jismoniy mehnatlar uyg’unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat qiladi.


  1. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, tо’ylar, turli xil marosimlar, sport musobaqalari va h.k) qо’llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish maqsadida murakkab va oddiy harakatli о’yinlar qо’llaniladi. Ular tarkibiga kurash qismlari (elementlari, ot о’yinlari, kо’pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh kо’tarish, arqon tortishish, yelka urishtirish, xо’rozlar jangi va h.k. kiritiladi.

  2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi о’yinlar ham harxil turkumlarga bо’linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib kо’rsatsa bо’ladi, ya’ni:

Tezlikka doir о’yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “Tо’rt oyoqlab yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”, turli estafetalar va boshqalar.

Kuchga doir о’yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Yelkada kо’pkari”, “Eshak mindi”, “Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qо’llarda tortinish” va boshqalar.

Chidamlilikka doir о’yinlar: “Oq terakmi-kо’k terak”, “Davradan chiqar”, “Olomon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg’a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, “Besh tosh”, “Tо’qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bо’ta soldi”, “Tortishmachoq”, “Kо’z bog’lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k.

Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy (sodda) harakatliо’yinlar barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda insoniy fazilatlarning shakllanishida va ularni yanada takomillashtirishda bevosita xizmat qiladi.

Harakatli о’yinlarning о’ziga xos atamalarini chuqur о’zlashtirish fanning mazmunini muvaffaqiyatli о’zlashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi.

O’yin-mashqlarning maxsus shakli bo’lib, jamiyat taraqqiyoti bilan yonma-yon holatda shakllanib kelmoqda.

Harakatli о’yinlar- о’yinlarning mustaqil turi bо’lib, har xil harakat turlarini о’z ichiga oladi. Ularning asosiy mazmunini yugurish, sakrash va uloqtirish kabi harakatlar tashkil etadi.

Harakatli о’yinlarning shakllari- ishtirokchilar harakatini tashkil etish: yakka, guruhli, jamoaviy. О’yinni tashkil qilish shakli uning mazmunidan kelib chiqadi.

Harakatli о’yinlarning uslubiy jihatlari-ishtirokchilarning yoshiga,о’yin о’tkazish shart-sharoitiga va hal qilinayotgan didaktik vazifalardan kelibchiqadi.

Halq о’yinlari bu- bir necha yillardan buyon xalq orasida о’ynab kelinayotgan va shu xalqning milliy madaniyatining bir qismiga aylangan о’yinlar .

Ijodiy о’yinlar bu- о’z mazmuniga ko’ra hayvonlar va qushlarga taqlid qilish kabi harakatlarni о’z ichiga oladi; ular ma’lum bir qonun va qoidalarga bо’ysunadi, hamda ma’lum miqdorda atrof- muhitga bog’liq bо’ladi .

Jamoaviy bо’lmagan о’yinlar – bu о’yinlarda maqsadga erishishda jamoa ishtirok etmaydi va har bir ishtirokchi bir-biriga bog’liq bо’lmaydi.

Jamoaviy о’yinlar bu – shunday о’yinlarki, unda musobaqalar jamoalar orasida bо’lib о’tadi. О’yinchilar harakati jamoa maqsadiga bо’ysunadi va о’zaro kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Sport о’yinlari – qat’iy tartiblashtirilgan о’yin faoliyati va musobaqalashuv xarakteriga ega bо’lgan harakatli о’yinlarning yuqori bosqichidir.

Xilma-xil turkumlarga bо’linadigan harakatli о’yinlarni о’z vaqtida maqsadli qо’llash, shaxsning har tomonlama uyg’un holda shakllanishida о’ziga xos xususiyatga egadir.


Download 5,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish