1. Xodimlarni boshqarish sub’ektlari va ob’ektlari
Xodim(kadr)larni boshqarish (xodim menejmenti) - korxona, firma darajasida ishchi kuchi potenstialining normal rivojlanishi, amal kilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o’zaro boglangan tashkiliy - iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir. Xodimlarni boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo’ladi. U xodimlarning mehnat kilish sabablarini, undan maksimal darajada foyda olishini, demak, korxonalar faoliyatida pirovard yuksak natijalar ko’lga kiritilganligini bildiradi.
Funkstional jixatdan xodimni boshqarish deyilganda, kadrlar soxasidagi ishlar bilan bog`liq bo’lgan barcha vazifalar va karorlar, masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, ularning malakasini oshirish, mehnatiga xak to’lash, ishdan bo’shatish va xokazolar tushuniladi.
Tashkiliy jixatdan bu tushuncha orkali kadrlar bilan ishlashga javobgar bo’lgan barcha shaxslar va institutlar, masalan, raxbar shaxslar, kadrlar bo’limi, ishlab chikarish kengashlari, kasaba uyushmalari kamrab olinadi.
Inson resurslarini boshqarish shundan iboratki, odamlar korxonaning rakobat boyligi xisoblanadi. Ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshka resurslar bilan birga asoslash kerak. Bundan maksad - korxonaning strategik maksadlariga erishishdir.
"Korxona kadri" tushunchasi ancha umumiy tarzda mazkur korxona va tashkilotning barcha yollangan xodimlarini kamrab oladi, ular mutlako anik vazifalarni bajaradilar.
Amaliy nuktai nazardan kadr yoki xodim korxonaning eng muxim resursi bo’lib, uning imkoniyatlarini samarali amalga oshirish yollanma xodimlarining muayyan guruxi yoki ayrim xodim tomonidan xal etiladigan anik ishlab chikarish vazifalarining o’ziga xos xususiyatlariga muvofik ravishda ijtimoiy echimlarni talab kiladi.
"Kadrning kasbiy-malaka tuzilishi" degan tushunchaning o’zi bir xil ma’noni anglatmaydi. U bir-biri bilan boglangan uchta mustakil jixatni kamrab oladi. Ular: ish kuchining kasbiy tuzilishi; uning malaka tuzilishi; malakaning mazmunidan iborat. Bunda ish kuchining kasbiy tuzilishi deyilganda, kasbiy guruxlarning turli kasb vakillari nisbati, malaka tuzilishi deyilganda, turli malaka darajalariga ega bo’lgan xodimlarning nisbati tushuniladi. Turli kasblarga doir malaka mazmuni muayyan ishlarni bajarish uchun talab kilinadigan ko’nikmalar, bilimlar, tajriba va boshka tarkibiy kismlar yigindisini anglatadi. Xodimlarning malakasiga bo’lgan talablar tatbik etiladigan texnologiyalar xususiyatini bevosita belgilab beradi.
Korxonaning ijtimoiy tizimi konuniy ravishda ikkita asosiy kichik tizimga: boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga bo’linadi. Shunday kilib, boshqaruvchi kadr - xodimlarni boshqarish sub’ekti, ishlab chikarish kadri yoki xodimi esa xodimlarni boshqarish ob’ekti sifatida maydonga chikadi.
Boshqaruv ob’ekti - korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimidir. Ob’ekt sifatida ayrim xodim emas, balki fakat mehnat jamoasi karalishi kerak, chunki jamoagina tugal maxsulot ishlab chikarishga yo’naltirilgan va umuman, tizimning xatti-xarakatlarini belgilab beradigan konun va koidalar majmuiga bo’ysunadi.
Shundan kelib chikib, boshqaruv ob’ekti brigada, stex, uchastka, bo’lim jamoasi bo’la oladi. Tizim ob’ektlari bir-birlari bilan doimiy alokada bo’ladi. Natijada korxona ichida xam, undan tashkarida xam kadrlar xarakatining turli jarayonlari sodir bo’ladi. Bunday jarayonlarga lavozimdan lavozimga, jamoadan jamoaga, bo’linmadan bo’linmaga, korxonadan korxonaga o’tish, malakaning oshishi, xodimlarning mansabga ko’tarilishi kiradi. Shu bilan bir katorda, xodimlar kasb-malakasining o’zgarishi, tashkiliy tuzilmaning takomillashuvi, jamoada ruxiy vaziyatning yaxshilanishi va boshka ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni xam aytib o’tish kerak.
Kadrni boshqarish sub’ektiga birinchidan, xarakatdagi raxbarlik davoni - kadrlarni tayyorlash, kabul kilish, ularning ishga ko’nikishi, bir joydan boshkasiga o’tkazilish jarayonining boshqarilishi va shu kabilarni, ikkinchidan, bo’ysunuvchi bo’limlar, jamoa va muntazam boshqaruvchi xodimni, uchinchidan, boshqaruv sub’ektlari tarkibiga turli xil ishchilar, jamoani jipslashtirish, tarbiyalash, a’zolarning ijodiy faolligini oshirish soxasidagi vazifalarni bajaruvchi kasaba uyushmalari tashkiloti va boshka jamoat tashkilotlari (masalan, sifatni oshirish to’garaklari) xam kiradi. Shunday kilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi xodimdir. U ayni vaktda boshqaruvning xam ob’ekti, xam sub’ekti bo’lib maydonga chikishi mumkin. Korxona xodimlari ob’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishiga sabab shuki, ular ishlab chikaruvchi kuch, xar kanday ishlab chikarish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Shu boisdan ishlab chikarishdagi inson resurslarini rejalashtirish, shakllantirish, kayta taksimlash va okilona foydalanish xodimni boshqarishning asosiy mazmunidir. Ishlab chikarishning moddiy-buyum elementlarini boshqarish xam xuddi shu nuktai nazardan karab chikiladi.
Shu bilan birga, kadrlar, avvalo, inson resurslaridan iborat bo’lib, ular o’ziga xos sifat va xossalarning murakkab majmuiga egaligi bilan ajralib turadi. Ular orasida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar asosiy rol o’ynaydi. Kadrning bir vaktning o’zida boshqaruvning xam ob’ekti, xam sub’ekti sifatida namoyon bo’lishi ishlab chikarishda uni boshqarishning o’ziga xos tomonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |