4. Xodimlarni boshqarish uslublari
Xodimni boshqarish uslubi - bu jadal ravishda rivojlanuvchi yaxlit tizim bo’lib, xodim bilan ishlashning maksadi, shakl, usul va vositalarining dialektik birligini aks etgiradi. Boshqarish uslublari konunchilik va davlat xizmatining o’ziga xos ish prinstiplariga tayanib boshqaruv sub’ektining oldiga ko’yilgan vazifalarni xal etilishini ta’minlaydi.
Ko’p xollarda olimlar boshqaruvchilik uslublarini tasniflash chogida mazkur jarayonning bosh mezoni va tashkiliy prinstipi sifatida yakkaboshchilik yoki kollegiallik nisbatining ustuvorligiga e’tibor beradi. Ana shu nuktai nazardan kelib chikib, uslublarning kuyidagicha tasnifi taklif etiladi:
1. Avtoritar yoki direktiv uslub. Bunda raxbar o’z irodasini ko’l ostidagalarga ma’muriy kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, ko’rkitish, ragbatlantirish va xokazo chora-tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruk va farmoyishlar berishga asoslanib, boshlikkk so’zsiz bo’ysunishni takozo kiladi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim shaxsning manfaatlari psixologik jixatdan e’tiborga olinmaydi.
Bu "ajratib tashla va xukmronlik kil" prinstipiga asoslangan shafkatsizlarcha uslubdir. Bunday ish yurituvchi raxbar e’tirozlarga, o’rinli maslaxat va nazoratga tokat kilolmaydi. Direktiv uslub garchi bir muncha samarali bo’lsa xam, aslida, jamoada muxoliflik, norozilik kayfiyatini shakllantiradi. Lekin u nixoyatda kulay yoki nixoyatda nokulay sharoitda, shu bilan birga, makroboshqaruv darajasida amalga oshiriladi. Ayrim salbiy jixatlarini e’tirof etmasa, mazkur uslub jamoatchilik tomonidan ko’llab-kuvvatlanishi va ragbatlantirilishi mumkin. Zero, obro’talab raxbar odatda vazifalarni ancha tezkor va anik xal etilishini ta’minlaydi.
Makrodarajadagi vaziyat esa boshkacha bo’ladi. Bu o’rinda xamma narsa yakkol va anik ko’zga tashlanadi: jamoada xar kimning layokati, sifat ko’rsatkichlari kandayligi, raxbarning xakikiy niyatlari nimadan iborat ekanligi juda tez ma’lum bo’ladi. Zugum ishlatib, ko’pol usullar bilan uzok muddat mobaynida muvaffakiyatga erishish kiyin. Bunday uslub ta’sirida inson o’z mehnatidan konikmaydi, uning natijalaridan begonalashib koladi, ish sifati yomonlashadi, jamoaning mehnat unumdorligi pasayadi, rasmiyatchilik avj oladi. Jamoada ixtiloflar avj oladi, ta’kib, chakimchilik, guruxbozlik kabi illatlar kuchayadi. Xukukiy, demokratik davlatda bunday uslub to’gri keladimi? Albatta, yo’k!
2. Demokratik yoki kollegial uslubda raxbar "inson omili"ga aloxida e’tibor beradi. Bunday boshqaruv prinstipiga asoslangan raxbar tashabbuskorlikni ragbatlantiradi, xamkorlik uchun kulay vaziyatni yaratadi, ko’l ostidagilarga karorlar kabul kilishda (shu jumladan, kadrlarga oid masalalarda) ishtirok etish imkonini beradi. Xodimni ishontira olish, uning insoniy xislatlari va kobiliyatlariga xakkoniy baxo berish tamoyili asosida ish ko’radi, o’z mavkei ustunligini pesh kilmaydi. Eng asosiysi, xar kanday muvaffakiyatsizlik uchun javobgarlikni xodimlar bilan birga o’z zimmasiga oladi, tankidga to’gri munosabatda bo’ladi.
Demokratik raxbarning boshqarish uslubi muloyim tabiatli bo’ladi. Uning uchun vaziyat takozosiga ko’ra murosaga borish, ilgari kabul kilingan karorlari xato bo’lsa, uidan voz kechish or xisoblanmaydi. Bunday boshqaruv sharoitida javobgarlikni xis kiladigan, ish unumdorligidan manfaatdor bo’lgan, ko’yilgan maksadlarga erishishning samarali yo’llarini kidirib topadigan xodimlar xar tomonlama ragbatlantiriladi.
Demokratik uslubda ish yurituvchi raxbar barkaror apparat faoliyatini uyushtirishda eng samarali vosita xisoblanadi. Demokratik raxbar ko’l ostida ishlaydigan xodimlar o’zini ancha dadil xis kiladi, ularda mustakil fikrlash xususiyati rivojlanadi, jamoa axil bo’lib, gayrat bilan ishlaydi.
3. Liberal yoki erkin ish yuritish uslubi vositachilik vazifasini yaxshi ko’radigan, xodimlarga keng doirada mustakillik, to’la erkinlik berib ko’yadigan, ish jarayonini zimdan nazorat kiladigan raxbarga xos. Liberal raxbar o’z ko’l ostidagi kishilarning ishiga aralashmaydi, ular iltimos kilsagina maslaxat beradi, birok topshirilgan vazifa uchun, javobgarlikni zimmasidan sokit kiladi. Liberal raxbar o’z karorlarini tavsiyalar ko’rinishida beradiki, ularni bajarish-bajarmaslik xodim ixtiyorida koladi.
Buning natijasi anik ishda o’zi bo’larchilik va bo’shanglik ko’zga tashlanadi, xodimlar raxbarning zaif tomonlaridan, xususan, kat’iyatsizligi va lokaydligidan, ixtiloflardan, vaziyatning keskinlashuvidan, masalani ko’ndalang ko’yishdan cho’chishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Liberal uslubda boshqarish, pirovard natijada, jamoada tajribasizlik sodir bo’lishiga, vaziyat ustidan nazorat yo’kolishiga olib keladi. Soglom jipslashuv vaziyati umumiy yoxud guruxbozlik manfaatlari garoviga aylanadi va raxbar shu manfaatlariga bo’ysunishga majbur bo’ladi. Ko’pincha, bunday vaziyatda, xatto, eng murakkab masalalar xam raxbar ishtirokisiz xal etiladi.
Fanda boshqarish uslublarini boshkacha tavsiflash xollari xam uchraydi. Masalan demokratik, manipulyatorlik va tashkilotchilik (AKSh); analitik, novatorlik, konservativ-intuitiv (Yaponiya); avtoritar, patriarxal, maslaxatomuz, kooperativ, delegativ, avtonom (Germaniya); buyrukbozlik, ishontiruvchi, vakil yuborishlik (Rossiya) usullari ta’riflanadi. Bizningcha, tavsiflangan xodim bilan ishlash uslublari o’rtasida fakat sirtdangina farklar mavjud. Tafovutlar xokimiyat-boshqaruv ta’sirini o’tkazish "zichligi"ni ifodalagani xolida uslublarning turli darajalarga (uch, to’rt, besh yoki olti o’lchovli) bo’linishi bilan bog`liq.
Yukorida sanab o’tilgan uslublardan birortasi xam sof xolda mutlako namoyon bo’lmaydi. Xayot xar kanday, xatto eng okilona va ishonarli andozalardan ancha boydir.
Demak, boshqaruvchilik soxasida turli ish shakli va usullarining garoyib uygunlashuvi ko’zga tashlanadi. Xar kanday sharoitda xam konformizmni e’tirof etish lozim. Busiz jamoa ishini samarali boshqarib bo’lmaydi. Xodimga raxbarlik kilish va kadrlar potenstialini rivojlantirish konstepstiyalari o’zaro bog`liq bo’lib, ko’p jixatdan asosiy raxbarlik uslublari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |