Shishaplastik ashyolarning xossalari tarkibidagi smola va tola turlarining
o‘zgarishi hamda texnologik jarayonda qo‘llaniladigan usullarning turlariga qarab
har xil bo‘ladi. 1-jadvalda poliefir shishaplastik kompozitlarning xossalari
yoritilgan.
1-jadval
Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari
Kompozitlar
Zichligi,
g/sm'
Smolaning
og‘irligiga
kura, shisha
tola miqdori, %
Mustaqkamligi,
MPa
Elastiklik
moduli, 10
5
MPa
Siqi-
lishga
Cho‘zi-
lishga
Tolalari bir yo‘nalish-
dagi shishaplastik
2
75
490
1050
0,5
Shuning
o‘zi,
tolali
gazlama
1,9
68
315
630
0,3
Poliefir
smola
(armaturasiz)
1,3
-
150
40
0,02
Shisha tola
2,5
—
—
1750
0,7
Alyumin
2,7
—
70-100 70-240
0,7
Konstruksiyabop po‘lat
7,8
-
350-420
420-
490
2,1
SHTAK(1:1)
1,9
420
590
0,35
SHTAK(10:1)
1,95
—
1020
0,6
Shishaplastik kompozitlardan har xil texnologik usullar bilan quvurlar, uzun va
taxtasimon buyumlar, to‘siq pardevorlar, tombop listlar, hajmiy bloklar ishlab
chiqariladi.
Shisha tolali anizotrop kompozitlar (SHTAK) shishaplastiklar turiga kiradi.
Ular bir yo‘nalishli shisha tolalarni sintetik smolalarga shimdirib zichlangan yupqa
taxtachalarni ko‘ndalang va o‘zaro tik ravishda taxlab keyin issiq haroratda zichlab
olinadi.
XX asrning 50-yillari SHTAKdan uch qavatli turar joy binosini qurishga erishildi.
Ammo, polimerlardan qurilgan bino chiroyli, yengil va arzon bo‘lsada, unda
yashovchi inson sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi zararli hidlarning bo‘lishi bunday
kompozitorlarni keng miqdorda ishlatishni chegaralaydi.
Plastik shisha tolali qurilish ashyolarini ishlab chiqarish texnologiyasi har xildir:
shulardan, maydalangan shisha tolaga poliefir smolasi purkaladi, keyin shimilgan
toladan namat o‘ramlari yoki maxsus paketlar tayyorlanib isssiq yoaroratda
zichlanadi. Tolalarni tartibsiz yoki o‘zaro tik holatda joylab o‘raladi, keyin ulardan
oqova va ichimlik suvlari uchun katta quvurlar, ehtiyot qismlar va hokazo alohida-
alohida zichlash, ekstruziya yoki quyma holatda qoliplarga solib issiq holatda
zichlash usullari yordamida chiqaziladi. Bunday SHTAKlar tarkibida tola va
smoladan boshqa, qotishni tezlatuvchi katalizatorlar va bo‘yoqlar ham mavjud
mavjud.
Shishaplastik kompozitlarning yana bir turi shisha-tekstolitdir. Uni tayyorlash
uchun pishikdovchi armatura sifatida har xil yo‘nalishdagi shisha tolali to‘qima
matritsa — termoreaktiv smolalar bilan shimdiriladi va to‘qimadan bir necha
qatlam (2— 10 tagacha) qilib issiq holatda zichlanadi. Amalda bunday shisha
tekstolitlar mashina va uskunalarning ehtiyot qismlari, qurilish, pardozbop yoki
qoplama listlar sifatida ishlatiladi.
Shishaplastik kompozitlar uchun armaturasimon tolalar sifatida asbest, bazalt,
uglerod yoki paxta tolalar ham ishlatsa bo‘ladi. Kompozitga kuch ta’sir etganda
pishshuyuvchi armaturasimon tolalar bilan boglovchi matritsa — smola qismida
hosil bo‘ladigan kuchlanish 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Kompozitdagi tolalar miqsori ortsa, unga qo‘yiladigan yukni ko‘paytirish mumkin
bo‘ladi. Tolalarning mustahkamligi va elastiklik moduli ularning yo‘g‘onligiga
bog‘liq (2-rasm). Tolaning yo‘g‘onligi yoki diametri 3—7 mkm. ga teng bo‘lsa,
uning mustahkamligi bilan elastiklik moduli eng katta bo‘ladi. Bunday tolali
shishaplastikning elastiklik moduli matritsa — smolanikiga Qaraganda 10—20
marta kattadir.
Kompozit qurilish ashyolari har tomonlama afzal bo‘lishligi bilan birga ularning
tannarxi yuqoridir. Ayniqsa, respublikamizdagi polimer ashyolari sanoati hali
yetarli rivojlanmaganligi tufayli kompozitlarni qurilishda keng ko‘lamda ishlatish
imkoniyatlari hozircha chegaralangan.
2-rasm. Kompozitning cho‘zilishdagi
mustahkamligiga undagi tolalar ta’siri:
1—tolalarning mustahkamligi; 2—
matritsa smolaning mustahkamliligi.
3-rasm. Mineral tolaning yo‘ronligi
bilan cho‘zilishdagi mustahkamliligi
orasidagi bog‘liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |