4
5
7.2-rasm.Chiqindilaridan alternativ yoqilg‘i olish sxemasi. 1-dastlabki
chiqindilar; 2-chiqindilarni 300 mm li o‘lchamgacha maydalash; 3-
chiqindilarni 30 mm gacha o‘lchamli yoqilg‘iga aylantirish; 4-o‘lchamlari
80 mm gacha bo‘lgan qoldiqlar; 5-chiqindilarni o‘lchami 3 mm gacha
bo‘lgan alternativ yoqilg‘iga aylantirish.
Makulatura asosida olinadigan materiallar
Makulatura karton va qog‘oz ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bir tonna
makulaturadan 750 kg gacha qog‘oz tayyorlash mumkin. Qog‘oz va karton ishlab
chiqarish sanoatida 1 t makulaturani ishlatish o‘rtacha 4 m
3
gacha yog‘ochni tejash
imkonini beradi. Yig‘iladigan makulaturaning o‘rtacha 70 % ko‘p qatlamli karton
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Kartonning ko‘p talab qilinadigan sohasi tom yopma materiallaridir,
jumladan ruberoid ishlab chiqarishda uning katta qismi qo‘llaniladi GOST 4.229-
83, GOST 23838-79). Karton ishlab chiqarish texnologiyasi xom ashyolarga
oldindan ishlov berish, ularni tolalarga ajratish va kerakli tolasimon massani
tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Tayyorlangan massa maxsus dastgohda qoliplanadi,
presslanadi, quritiladi va qirqilib o‘rama ko‘rinishda tayyorlanadi.
Yuqori sifatli tom kartonlarning tarkibida 50 % gacha gazlama tolalari,
shuningdek, 5...10 % junsimon tolalar bo‘ladi. Tom kartonlari o‘rama shaklida, eni
1000, 1025, 1050 mm li o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Ruberoid (O‘zRSt 1023-93) texnik kartonga oson eriydigan bitum shimdirilib,
ikki tomonidan kukun to‘ldiruvchi, qiyin eriydigan bitum va maydalangan
minerallar sepib tayyorlangan o‘rama materialdir. Ishlatilish joyiga qarab ruberoid
tombop, ostki (P) va ustki (K) qatlamlarni tayyorlash, shuningdek, qurilish
konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash kabi turlarga bo‘linadi.
Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar
bilan modifikatsiyalangan bitum asosida REM-350 markada ishlab chiqariladi.
Ushbu markadagi ruberoid -50
0
C da ham elastikligini yo‘qotmaydi.
Ruberoidlarning eni 1000, 1025, 1050 mm, yuzasi 5, 7, 10 va 15 m
2
bo‘ladi.
Hozirgi paytda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali hili tom
gidroizolyasiyasida bevosita asosga bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi.
Pergamin (GOST 2697-83) oddiy o‘rama material bo‘lib, texnik kartonga
yumshash harorati40
0
S gacha bo‘lgan bitum eritmasini shimdirib olinadi.
Pergamin ruberoiddan farqli o‘laroq, qoplama bitum qatlami va sepmaga ega
bo‘ladi. Pergamin tom yopmasida ruberoidning quyi qatlamiga qo‘yiladi,
shuningdek, bug‘dan himoyalash uchun ishlatiladi.
Pergamin P-300 va P-350 markalarda o‘rama shaklida ishlab chiqariladi.
To‘shamaning eni 1000, 1025 va 1050 mm, yuzasi 20 yoki 40 m
2
bo‘ladi.
Tol texnik kartonga qatron shimdirilib, ikki tomonidan qatron va qum yoki
mineral kukun sepilib olingan o‘rama materialdir. Yirik mineral sepmali tol tekis
tomlar gidroizolyasiya qatlamining ustki qismiga, qum sepmali tol esa bino va
inshootlarning poydevori hamda boshqa qismlari, vaqtinchalik inshootlarning
tomini gidroizolyasiyalash uchun ishlatiladi.
To‘lqinli bitum-kartonli “onudilin”varaqlar o‘lchami 1000x2000mm,
qalinligi 3 mm bo‘lgan elastik (og‘irligi 6 kg) qilib ishlab chiqariladi. Varaqlar
to‘lqinsimon kartonga bitum shimdirilib va yuza qismi tashqi muhitga chidamli
Do'stlaringiz bilan baham: |