Fosfogipsning sement ishlab chiqarishda qo‘llanilishi. Sement ishlab
chiqarish sanoatida fosfogips sement klinkerini kuydirishda minerallovchi hamda
tabbiy gips o‘rniga sementning tutib qolishi muddatini (tishlashishini)
boshqaruvchi qo‘shilma sifatida qo‘llaniladi (GOST 23464-79). Xom ashyo
bo‘tqasiga 3...4 % miqdorda qo‘shiladigan fosfogips klinkerning tuyilish
koeffitsientini 0,89...0,9 dan 0,94...0,96 gacha oshiradi.
Fosfogipsning minerallashtiruvchi ta’sir qilish mexanizmi 1400
0
C gacha
haroratda SO
3
ning katalizatorlik ta’siri natijasida SaO ni bog‘lovchi oraliq
birikmalarning hosil bo‘lishidir. Fosforli angidrid va ftor aralashmalari tarkibga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sement ishlab chiqarishda fosfogipsni quritib va donalashtirib qo‘llash
maqsadga muvofiq. Donalangan fosfogipsning namligi 10...12 % dan oshmasligi
kerak. Sement klinkeri va oltingugurt kislotasi olishda fosfogips asosiy komponent
sifatida ham qo‘llaniladi. Bunda kalsiy sulfatning termokimik reaksiyalanishi
quyidagicha sodir bo‘ladi.
CaSO
4
+ 2S = SaS+ 2SO
2
3CaSO
4
+ SaS=4SaO + 4SO
2
Bunda oltingugurt gazi tutib qolinadi va oltingugurt kislotasiga aylantiriladi.
Kalsiy oksidi SiO
2
Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
bilan o‘zaro birikib, sement klinkerini hosil
qiladi.
Fosfogips asosida tez kotuvchan va yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan
sulfoalyuminato-belitli sementlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday
sementlarning mustahkamligi 40...60 MPa bo‘lib, yuqori sovuqbardoshligi,
zangbardoshligi, ishqorli muhit ta’siriga chidamligi va hajmiy qisqarish
deformatsiyalanishining nisbatan kamligi bilan tavsiflanadi.
Xom ashyo bo‘tqasi tarkibiga fosfogips, alyumosilikatli komponentlar va
tiklovchi qo‘shilmalar ma’lum miqdorda kiritiladi. Natijada CaSO
4
ning bir qismi
3(SA) CaSO
4
2(S2S) CaSO
4
kabi minerallarning hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Olingan alitsiz sement tez tishlashishi va qotishi bilan farqlanadi.
Shuningdek, mineralli suvlar ta’siriga chidamli hisoblanadi. Bunday sementlarning
siqilishdagi chegaraviy mustahkamligi 1 va 28 kunlarda mos holda 20 va 30 MPa
ga teng bo‘ladi.
Sulfoalyuminatli va kalsiy sulfatli fosfogipsni qo‘llash orqali zo‘riquvchi va
kengayuvchi sementlar olish mumkin. Zo‘riquvchi sement olishda fosfogips va mel
o‘zaro teng miqdorda olinadi va ular 2500...3000 sm
2
/g disperslikkacha tuyiladi,
shuningdek, portlandsement 15 % gacha kiritiladi. Natijada kam zo‘riqish
energiyasiga ega bo‘lgan NS-20 va o‘rtacha zo‘riqish ener- giyali NS-40 markali
zo‘riquvchi sementlar olinadi.
Fosfogipsni sement ishlab chiqarishda qo‘llash hisobiga yoqilg‘i sarfi tejaladi,
domna xumdon-o‘choqlarning unumdorligi ortadi, sement klinkeri sifati
yaxshilanadi va tannarxi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |