Gipstarkibli chiqindilarning qo‘llanilishi. Qurilish materiallari, jumladan,
bog‘lovchi moddalar tayyorlashda gipstarkibli ikkilamchi mahsulotlar samarali
qo‘llaniladi.
Fosfogipsdan keyin ko‘p ishlab chiqariladigan mahsulotlardan biri borogips bo‘lib,
donalangan borogips odatdagi gips o‘rniga 1 % qo‘shilganda sementning me’yoriy
tishlashish muddatini ta’minlaydi. Borogipsli donalar (klinker) keraklicha
mustahkamlikka ega. Ular suvga chidamli va tashish paytida buzilmaydi. Borogips
tarkibida faol kremnozemning mavjudligi sementning mustahkamligiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Sementning tishlashish muddatini samarali boshqaruvchi sifatida fosfogips va
borogipsdan tashqari donalangan ftorgips qo‘llanilishi mumkin (ftorgips bu
ftorvodorodli kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ikkilamchi mahsulot).
Borogips tarkibida 35 % gacha erimagan angidrid mavjud bo‘ladi. Borogipsdan
markasi G2...G6 bo‘lgan qurilish gipsi olish mumkin.
Ftorangidrid kimyo sanoati korxonalarida ikkilamchi mahsulot sifatida suvsiz
ftorli vodorod, ftorli tuz hamda ftorvodorodli kislotalar ishlab chiqarishda hosil
bo‘ladi. Ftorangidrid tarkibidagi asosiy kompo- nentlar miqdori quyidagicha
bo‘ladi, %: SaSO
4
-80...95 %; SaG‘
2
-0,5...5; SiO
2
-1,5...4; SOz-0,5...1,5; MgO, R
2
O
va x. k. 1 gacha.
Ftorangidrid tabiiy gips kabi sementning tishlashish muddati boshqaruvchisi
sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin. Bunda olingan sementning mustahkamlik
xossalari vaqt o‘tishi bilan oshish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Titangips titan tarkibli rudalarni qayta ishlashda hosil bo‘ladi. Titangips
tabiiy gipsdan tarkibida yuqori miqdorda temirli moddalar mavjudligi bilan farq
qiladi. Titangips qo‘shilgan sementning faolligi tabiiy gipsli sementlarnikiga ancha
yaqin bo‘ladi. Titangips qo‘shilgan sementlarning suv o‘tkazmovchanligi va
sovuqbardoshligi oddiy portlandsementlarnikiga nisbatan 1,5...2 marta yuqori
bo‘ladi. Chunki ularning tarkibida mikroto‘ldiruvchi-temir oksidi gidrogellari
mavjud.
Tarkibi toza gipstarkibli chiqindilardan biri sulfogips bo‘lib, u issiqliq elektr
stansiyasi gazlarini oltingugurt oksidlaridan tozalashda hosil bo‘ladi. Sulfogips
qo‘ng‘ir rangli dispersli material bo‘lib, solishtirma yuzasi 2800...3000 sm
2
/g,
namligi 28...30 %. Uning tarkibida kalsiy sulfat degidrati 93...95 %, kalsiy
karbonat 1,6...1,7 %, flyuorit 0,03 % va boshqa brikmalar 3 % gacha mavjud
bo‘ladi. Ya’ni, sulfogips tarkibiga ko‘ra 1-navli gipsli xom ashyolarga mos keladi.
Sulfogipsning suvli muhitdagi vodorod ko‘rsatkichi 4,5...9, quruq holatdagi uyma
zichligi 520...530 kg/m
3
, haqiqiy zichligi 2,35...2,37 g/sm
3
. Sulfogipsdan
soddalashtirilgan texnologiya bo‘yicha (4.6-rasm) dastlabki xom ashyoni termik
qayta ishlash orqali markalari G2...G4 bo‘lgan qurilish gipsi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |