Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Nazorat savollar: 
 
     1. Mineral bog‘lovchilar asosida qanday qurilish materiallari olinadi? 
2.  Fibrolit, arbolit, yog‘och tolali plitalar ishlab chiqarishni tushuntiring? 
    3. Organik bog‘lovchilar asosida qanday materiallar olinadi? 
 
3-Modul 
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilari 
9-ma’ruza 
Yengil beton ishlab chiqarishda sanoat 
chiqindilaridan foydalanish 
 
Reja: 
1. Yengil beton ishlab chiqarishda  sanoat chiqindilaridan foydalashish. 


2. Yengil beton olish tarmog‘ining asosiy yo‘nalishlari 
Tayanch so‘z va iboralar: vermikulit, gazabeton, ko‘pikbeton, keramzit,     
1. Yengil beton ishlab chiqarishda  sanoat chiqindilaridan foydalashish 
 
Yengil    beton   ishlab   chiqarishni    kengaytirish    ilmiy ishlab chiqishlarni   
va   texnologiya   saviyasini   oshirish,   mahsulot   sifatini olinishini   bir   yo‘la   
material.   energiya   va   boshqa   sarflar   hajmini kamaytirish bo‘yicha izlanish, 
ishlab  chiqishlarni  talab  qiladi.  Buning  uchun        asosiy        e’tiborni        material    
hosil    qilishga    berib    sun’iy to‘ldiruvchilardan unumli foydalanish samarasini 
mineral  va  organik  materiallardan        foydalanilgandek        unumli        foydalanish    
imkonini yaratadi. 
Mineral  bog‘lovchi  va  juda  yengil  polimer  to‘ldiruvchidan  tashkil  topgan 
prinsipial  yangi  kompozitsion  yengil  beton  olish  anchagina  qiziqishga  egadir.  
Bunday  betonlar  rivoji  uchun  nazariya  va  texnologiyalari  yo‘lida  o‘z  hissalarini 
anchagina qo‘shganlar: Axverdov I.N., Bujevich G.A., Vaganov A.I. Ivanov I.A., 
Karnilovich  YU.E.,  Popov  N.A,  Putlyaev  I.E..  Simonov  M.Z.  Levi  Z.  Untiker  T. 
va boshqalar. 
Qilingan ishlar natijasida turli xil yengil beton olindi va tadqiqot etildi, qaysiki 
qurilishda  to‘siqlar  va  bino  konstuksiyalarida  keng  qo‘lamda  qo‘llanilmoqda. 
Ulardan  qavatlar  aro  orayopma,  tomlarni  yopishda,  devor  va  ishlab  chiqarish 
inshootlari,  karkaslarni  tiklashda  turar  joylarni  qurishda,  shuningdek  ko‘prik 
qurishda.  elektrouzatkich  qatori  uchun  tayanchlar,  massiv  monolit  betonlarda 
ko‘llaniladi.  Yengil  betonlarni  keng  miqyosda  qo‘llanishi  o‘ta  mustahkam  va 
yengil materiallarni kelajakda takomillashtirish yo‘nalishini belgilab beradi. 
Amerika axboroti bo‘yicha taxmin qilinishicha, 2000 yilda zichligi 300 kg/m
3
 
va undan yuqori bo‘lgan, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 1,2 dan 70 MPa gacha 
bo‘lgan  yengil  beton  tayyorlanadi.  Bunda  kokstruktiv  yengil  betonni  siqilishga 
mustahkamligi  30  MPa  va  undan  yuqori,  konstruktiv-issiq  izolatsiya  -  15...25 
MPa,  issiq  izolatsiya  -  1,2...2,5  MPa,  bo‘lishi  kerak.  Qator    izlanuvchilarning 
ta’kidlashlaricha,  muhim  texnologik  faktor  bo‘lib,  ishlab  chiqariladigan 


mahsulotning  oxirgi  xarakteristikasiga  yengil  beton  qrishmasini  tayyorlanishi, 
qolipga solinishi va zichlanishi ta’sir qiladi. 
I.A.Ivanovning  ta’kidlashicha,  yengil  betonni  ishlab  chiqarishda  keng 
tarqalgani  titratish  bilan  betonni  zichlash  usulidir.  Ishlab  chiqariladigan  mahsulot 
turiga  va  qabul  qilingan  texnologiya  bo‘yicha  mahsulotni  qolipga  quyish  usuli: 
titratish  maydonida,  stend  usulida  yuza  yoki  chuqurlik  titratgichlarni  qo‘llab, 
kasseta  qurilmalarida,  uzluksiz  usul  bilan  titratgichprokat  qo‘llab,  sirg‘anuvchi 
titratgich  shtamp  va  titratgich  o‘rnatmalarni  (vibronasadok)  qo‘llab  olib  boriladi. 
G‘ovakli  to‘ldiruvchilarning  o‘rtacha  zichligi  og‘ir  to‘ldiruvchilarga  qaraganda 
past  bo‘ladi,  shuning  uchun  zichlash  davrida  sement  hamirini  jadallik  bilan 
suyultirysh  talab  qilinadi,  bunda  to‘ldiruvchi  zarralari  (donalari)  bir-biriga 
yaqinlashtiriladi. 
I.N.Axveredovnnng-.ko‘rsatmasicha 
sement 
qorishmasining 
tuzilish 
bog‘lanuvchanligi  keskin  pasayishi  tebranish  chastotasi  ortishi  bilan  ro‘y  beradi. 
Shuning  uchun  yengil  beton  qorishmasini  yuqori  chastotali  titratish  bilan  g‘ovak 
to‘ldiruvchylar zarralarini talab qilingan surilishi va qulay joylashishiga erishiladi. 
Qilingan  ishlardan  shu  ma’lum  bo‘ldiki,  titratish  chastotasining  oshishi  tebranish 
amplitudasini  zarur  miqdorda  saqlagan  holda,  titratish  mexanizmini  faqat  yuqori 
quvvatda  qo‘llanilishi  natijasida  mumkin.  Mashxur  adabiyot  ko‘rsatmalarining 
taxlili  shuni  tasdikladiki,  hozirgi  davrda  g‘ovak  to‘ldiruvchilardan  yengil  beton 
olishning hamma texnologik usullari, qabul qilinigandek, mexnat va energnya sarfi 
miqdori  oshib  ketishini  inobatga  olishga,  oldini  olishga  qaratilgan.  Yengil  beton 
ishlab  chiqarishda  muhim  texnologik  jarayonlardan  biri  qotish  jarayonidir.  Bu 
jarayonni tezlatishga ko‘pgina olimlarning ishlari bag‘ishlangan. 
P.I. Bojenov, A.V. Voljenskiy, YU.M. Butt, L.N.Rashkovich, S.A.Mironov va 
L.A.Malininalarning  mashxur  ishlari  samarali  mahsulot  olishga  qaratilgan.  Ba’zi 
bir  olimlar  bajargan  tadqiqotlar  shuni  tasdiqladiki  issiqlik  va  namlik  bilan  ishlab 
berish yengil beton kompozitsiyaning issiqo‘tkazmaslik xususiyatiga ta’sir etadi. 
Mashxur tadqiqotlar natijasini jamlab, I.A.Ivanov ta’kidlab ko‘rsatadiki, yengil 
beton  mahsulotlariga  issiqnamlik  bilan  ishlov  berishda  energiya  resurslari  va 


vaqtni  tejash  yo‘llarini  qidirishga  butun  e’tiborni  tortish  zarur.  Uning  fikricha, 
tezqotadigan  va  yuqori  aktiv  bog‘lovchilardan  foydalanib  qotishni  tezlashtiruvchi 
usulni eng perspektiv usul deb hisoblash kerak. 
G‘ovak  to‘ldiruvchilar  asosida  yengil  beton  olish  jarayonida  ko‘rilgan 
texnologik  faktorlarning  muhimligini  hisobga  olgan  holda,  shuni  qayd  qilish 
kerakki, 
olinadigan 
materialning 
fizik 
-mexanik 
ko‘rsatkichlariga 
to‘ldiruvchilarning ko‘rinishi va xususiyatlari asosiy ta’sirini ko‘rsatadi, bular esa 
betonda  80%  gacha  hajmni  egallaydi.  Eng  ko‘p  qo‘llaniladigani  sun’iy  g‘ovak 
to‘ldiruvchilar,  quyidagi  usullardan  birida  hosil  qilinadi:  shixta  xom-ashyoni 
oldindan  ko‘pirtirilmoq,  organik  qo‘shimcha  yoki  qorishmaning  yonishi,  shixta 
xom ashyoni siroplastik holatida ko‘pchitib olmoq. 
Mashxur  neorganik  g‘ovak  tuldiruvchilarga;  keramzit,  agloporit,  Shlakli 
pemza,  TES  kuli  to‘ldiruvilari,  ko‘pchitilgan  perlit.  vermikulit,  g‘ovakoynali 
to‘ldiruvchi, shuningdek organik: penopoliuretan, polistiral va boshqalar kiradi. Bu 
to‘ldiruvchilardan  xar  biri  o‘z  xsusiyatlariga  ega,  qaysiki  bu  to‘ldiruvchilar 
asosidagi betonlar xususiyatini ma’lum bir darajada aniqlaydi. 
Shisha  sifat  va  kristall  fazalar  xar  hil  nisbatga  ega  bo‘lishi  mumkin,  turli 
mustahkamlik  va  deformatsiyalanish  bilan  xarakterlanib,  issiqlik  fizikaviy 
ko‘rsatkichlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
N.A.Popov  va  A.I.Vagonov  tadqiqotlari  shuni  ko‘rsatadiki,  g‘ovak  neorganik 
to‘ldiruvchida  sement  ma’lum  darajada  sarflaganda  yengil  betonning 
mustahkamlik  chegarasi  mavjud,  qaysiki  qorishma  qismining  mustahkamligi 
oshganda ham beton mustahkamligi ko‘tarilmaydi yoki ozgina o‘zgaradi. Bundan 
ma’lum  bo‘ladiki,  ananaviy  yengil  betonning  mustahkamligini  ortishi  faqat 
to‘ldiruvchining  mustahkamlik  chegarasi  va  deformatsiyalanishi  ortgandagina 
bo‘lishi mumkin. 
Shu  jihatdan,  yengil  va  mustahkam  qurilish  materialini  hosil  qilish  uchun 
mustahkamligi  past  o‘ta  yengil  to‘ldiruvchilarni  ishlatish  imkonini  beradigan 
yuqori  aktiv  bog‘lovchilarni  izlashga  qaratilgan  tadqiqot  istiqbolli  hisoblanadi. 
Yengil  beton  texnologiyasida  muhim  vazifalardan  biri,  material  zichligini 


pasaytirish  hisoblanadi.  Ba’zi  bir  tadqiqotlarda  ta’kidlanganidek,  o‘ta  g‘ovak 
to‘ldiruvchini qo‘llab, bir xil mustahkamlikdagi konstruktiv teploizolyatsion beton 
olish mumkin, ammo, mustahkamlik va zichlik orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi 
konstruktiv sifat koeffitsienti qiymati har xil bo‘ladi. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish