Shlakishqorli
betonlar.
Bunday
betonlar
toifasiga
Shlakishqorli
bog‘lovchilar asosida tayyorlanadigan betonlar kiradi. Shlakishqorli og‘ir
betonlarning taxminiy tarkibi quyidagicha bo‘ladi, (% hisobida): tuyilgan donali
Shlak 15...30; ishqorli komponet 0,5...1,5; to‘ldiruvchilar 70...75.
Shlakishqorli betonlarning qotishi jarayonida ishqorli komponentlar nafaqat
Shlaklar bilan o‘zaro tasirlashadi, balki to‘ldiruvchilar, birinchi navbatda
changsimon va loysimon zarrachalar bilan birikib, materialning zichligi va
mustahkamligini oshiruvchi erimaydigan ishqorli gidroamosilikatlarni hosil qiladi.
Ananaviy to‘ldiruvchilardan (shag‘al, chaqiq tosh, qum) tashqari Shlak-
ishqorli betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatida tabiiy dispersli materiallar va turli hil
sanoat chiqindilari ham ishlatilishi mumkin.
Og‘ir va yengil Shlakishqorli betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatida sanoat
chiqindilaridan turli hil Shlaklar, kullar va IES kulShlakli aralashmalari, kuygan
jinslar, tabiiy tosh jinslarni maydalash va arralashdagi hosil bo‘ladigan chiqindilar,
shuningdek, dispersli organik chiqindilar (yog‘och va qishloq xo‘jalik o‘simliklari)
samarali qo‘llaniladi.
Shlakishqorli betonlarni tayorlash texnologiyasi bir qator jarayon- lardan
iboratdir. Dastlab, tuyilgan Shlak to‘ldiruvchi bilan aralash- tiriladi, so‘ngra quruq
aralashma zichligi 1100...1300 kg/m
3
bo‘lgan ishqorli komponentning suvli
qorishmasida eritiladi. Beton qorishmasi majburiy harakatlanib ishlaydigan
betonqorigichlarda qoriladi. Bunda Shlakli komponent beton qorishma
plastikligining oshishiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.
Shlakishqorli og‘ir va o‘ta og‘ir betonlarning siqilishdagi mustah- kamlik
ko‘rsatkichi 20..140 MPa chegaradagi qiymatlar bilan tavsiflanadi. Siqilishdagi
mustahkamligi bo‘yicha bunday betonlar V15...V60 sinflarga bo‘linadi. Ularning
cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkam- ligining 1/10...1/15,
egilishdagi mustahkamligi esa 1/6...1/10 qismini tashkil qiladi.
Shlakishqorli betonlarning yumshash koeffitsienti 0,9...1,0, bazan 1 dan
oshadi. Elastiklik moduli sementli betonlarniki kabi, chegaraviy siqiluvchanligi
1...2 mm/m, cho‘ziluvchanligi 0.15...0,3 mm/m, ediriluvchanligi 0,2...1,2 g/sm
2
(granit toshnikiga yaqin).
Shlakishqorli toshning tuzilishi mayda va o‘zaro tutashgan yumaloq shaklli
berk g‘ovakliligi bilan tavsiflanadi. Bunday tuzilish Shlak-ishqorli betonlarning
suv o‘tkazmovchanlik va sovuqbardoshlik kabi xossalarini ta’minlaydi.
Shlakishqorli
betonlar
suv
o‘tkazmovchanlik
bo‘yicha
W4…W30,
sovuqbardoshlik bo‘yicha esa F200…F1000 markalari bilan tavsiflanadi.
Shlakishqorli betonlarning etarlicha zichligi va ishqorli muhitning doimiyligi
po‘lat armaturaning nisbatan yaxshi saqlanishini taminlaydi. Muhitining turg‘un
vodorod ko‘rsatkichi (pH >12) va betonning armatura bilan mustahkam birikishi
binobarin, Shlakishqorli betonlardan turli hil arm- turalangan, shuningdek,
oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlash imkonini beradi.
Shlakishqorli
betonlar
asosidagi
buyumlar
yuqori
zangbardoshlik
xususiyatiga ega, chunki ular mahsulotlarining qotishi jarayonida sementning
sulfatli zanglashini keltirib chiqaruvchi yuqori asosli kalsiy gidro-alyuminatlar
yo‘q. Shuningdek, ishqorlanishi natijasida sement toshini yumshoq suvda buzishga
olib keladigan erkin ohak qatnashmaydi. Bunday betonlar benzin va boshqa neft
mahsulotlari, konsentratsiyalangan ammiak hamda kuchsiz organik kislotalar
eritmasiga chidamliligi bilan tavsifla- nadi.
Shlakishqorli betonlarni qish paytida beton ishlarida qo‘llash tajribalaridan
malumki, bunday betonlar -10...-15
0
S haroratda muzlamaydi va qotishi davom
etadi.
Shlakishqorli betonlar sanoat va fuqaro qurilishida konstruksiyabop material
sifatida, alohida xossalari bo‘yicha esa qurilishning boshqa sohala- rida (masalan,
suv inshootlari va yo‘l qurilishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi qurilishida) keng
qo‘llaniladi.
Pishirilmay
olinadigan
ishqorli
bog‘lovchilar asosida olinadigan
betonlarning
yuqori
qurilish-texnik
xossalari
ularni
amalda
samarali
qo‘llanilayotganligi bilan tavsiflanadi. Energiyasamarali va maxsus insho- otlar
qurilishi uchun POIB asosida alohida yuqori mustahkam yengil betonlar olish
imkoniyatlari kengaymoqda. A. To‘laganov (TAQI) tomonidan 1988 yil qurilish
sohasida birinchilardan bo‘lib o‘rtacha zichligi 1800...2000 kg/m
3
, mustahkamligi
70...90 MPa bo‘lgan yengil betonlar tarkibi ishlab chiqilgan.
Keyinchalik A. Sultonov boshchiligida (SamDAQI) zichligi 400...1200
kg/m
3
bo‘lgan Shlakishqorli bog‘lovchilar asosida standart talablariga to‘liq javob
beradigan va avtoklavda qotirilmaydigan serg‘ovak yengil betonlar tarkibi ishlab
chiqildi va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi (2.10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |