Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari:  kompyuter  texnologiyalari  (grafiklardan, 
testlardan  foydalanish),  klaster,  besh  minutlik  esse,  ko‘rgazmali  ta'lim  metodlari  (  namoyish, 
illyustratsiya, videousul, slaydlar); 
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari: 

Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse,  blits-so’rov. 
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi: 

Ko‘rgazmali qurol 

Proektor 

Slayd 

Tarqatma material 
15-mavzu (4 soat). 
Polimer chiqindilaridan qurilish materiallari ishlab chiqarish  
Reja: 
1.  Rezina-kauchuk chiqindilaridan olinadigan materiallar 
2.  Plastmassali chiqindilardan olinadigan materiallar. 
Rezina-kauchuk  chiqindilaridan  olinadigan  materiallar.  Katta  miqdordagi  bunday 
chiqindilarga ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan rezina buyumlar (konveyer tasmalari,  transport 
vositalarining shinalari, rezina gilamlar, poyafzal va x. k kiradi GOST 25621-83, GOST 15836-
79).Ushbu chiqindilar tarkibida kuchuk ham bo‘lib, ayrim chiqindilar tarkibida uning miqdori 50 
% gacha etadi. 
Ishlatilishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shinalar tarkibida, masalan 1 t chiqindilardan 700...750 
kg rezina, 130...150 kg kimyoviy tola va 30...40 kg po‘lat olish mumkin. Rezina mahsulotlarni 
qayta  ishlashning  asosiy  usuli  ularni  regeneratlashdir.  Ya’ni,  mahsulotga  maxsus  ishlov 
berilgach,  ularga  yumshatuvchi  plastik  qo‘shilma  qo‘shilib  regeneratga  aylantiriladi.  Eskirgan 
rezinalar  maydalanib,  o‘lchamlari  1,5  mm  gacha  bo‘lgan  kukun  shakliga  keltiriladi.  Kauchuk 
ishlab chiqarishda 1 t regeneratni qo‘llash orqali 500 kg gacha sun’iy kuchukni tejash mumkin. 
Rezina kroshkasi va mayda tuyilgan rezina kukunlari rezinali qorishmalar uchun ingibator 
sifatida qo‘shilishi mumkin. Natijada yuqori texnik xossalarga ega bo‘lgan rezinalar olinadi. 
Rezinokordli  chiqindilar  asosida  o‘rama  va  plitkali  materiallar  olish  texnologiyasi  ishlab 
chiqilgan.  O‘rama  materiallar  eni  1,2  m  gacha,  qalinligi  10  mm  va  uzunligi  10  m  dan  ortiq 
to‘shama  ko‘rinishida,  plitkalar  esa  o‘lchami  600x600  mm  va  qalinligi  8  mm  kvdrat  shaklida 
ishlab  chiqariladi.  Ushbu  materiallar  issiq  saqlovchi,  tovush  yutuvchi  va  dekorativ  qoplamalar 
sifatida qo‘llaniladi. 
Qayta  ishlangan  rezina  chiqindilari  gidroizolyasiyalovchi  qurilish  materiallari,  polbop 
materiallar, yelimlar, mastika va germetiklovchi tarkiblar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Rezina-kauchuk  uvoqlaridan  optimal  texnologik  qo‘rsatkichlari  bo‘yicha  bo‘tqasimon 
“bitum-rezinali” va “bitum-qatronli” bog‘lovchi materiallar olinadi. 
Bitum-rezinali  himoyalovchi  bo‘tqa  tom  bitumlari,  maydalangan  rezina  qipiqlari, 
plastiklovchi va antiseptik qo‘shilmalarning bir jinsli arala- shmasidan iborat bo‘ladi. Ular MBR-
65,  MBR-75,  MBR-90  va  MBR-100  markalarda  ishlab  chiqariladi.  Bunday  bo‘tqalar  boshqa 
mastikalarga nisba- tan yuqori elastiklikka, egiluvchanlikka va sovuqbardoshlik xossalariga ega. 
Bitum-rezinali  bo‘tqalar  ko‘p  qatlamli  o‘rama  tom  yopmalarni  yopishtirish  va  yelimlab  ulash 
uchun ishlatiladi. 


Qatron-rezinali  bo‘tqa  qatronli  bog‘lovchi  va  rezinali  to‘ldiruvchilardan  tayyorlanadi. 
Bunday  tom  bo‘tqalarning  MDK-G-50,  MDK-G-60  va  MDK-G-70  kabi  markalari  ishlab 
chiqariladi.  Qatronli  bo‘tqalar  bino  tomlarining  gidroizolyasiyasini  ta’minlashda,  shuningdek, 
qatronli o‘rama materiallarni yopishtirish va yelimlab ulash uchun ishlatiladi. 
Mastika  (GOST  2889-80)  bitum-rezinali  bo‘tqaga  maxsus  plastiklovchi  qo’shilmalarni 
(poliolefin, butilkauchuk) qo‘shish orqali olinadi. Bitumli mastikalar arzon va materialga yaxshi 
yopishadi.  Ular  sovuq  (ishlatishga  tayyor)  va  issiq  (ishlatishdan  oldin  160...180  0S  da  isitilib 
suyuq holatga keltirilgan) hillarda ishlab chiqariladi. 
Mastikalar  -40  0S  gacha  sovuq  muhitda  ham  xossalarini  yo‘qotmaydi.  Ular  asosan  beton 
qoplama  choklarini  to‘ldirishda,  sementbetonli  yo‘l  qoplamalarini  ta’mirlashda,  shuningdek, 
zararli  muhit  ta’sirida  ishlatiladigan  konstruksiyalarni  zanglashdan  himoyalash  uchun  ham 
qo‘llaniladi. 
Bitum-rezinali  bog‘lovchilar  asosida  olinadigan  samarali  o‘rama  gidroizolyasiyalovchi 
materiallarga izol, brizol, folgoizol, gidrobutil, poroizol va relinlar kiradi. 
Izol  (GOST  10296-79)    asossiz    o‘rama    tombop    gidroizolyasiyalovchi    material  bo‘lib, 
suvga  va  chirishga  yuqori  chidamli,  shuningdek,  deformatsiyalanish  xususiyatiga  egadir.  Izol 
tayyorlash  uchun  yaroqsiz  rezina  chiqindilari  bolg‘ali  maydalagichlarda  1mm  o‘lchamgacha 
maydalanadi,  so‘ngra regeneratlashtiriladi va  bitum  aralashmasi  bilan qorig‘ichda 170...180 0S 
haroratda bir jinsli massa hosil bo‘lguncha qoriladi. 
Izol varaqlardan tom plitalari qirqib olinadi. Izol tarkibidagi qo‘shilmalar konsentratsiyasi 
miqdorining yuqoriligi plitalarga yuqori mustahkamlik va qattiqlik beradi. 
Brizol o‘zining tarkibi va xossalariga ko‘ra izolga yaqin material hisoblanadi. Brizol neft 
bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastiklovchilar aralashmasidan iborat massani prokatlash 
usulida olinadi. Brizol 40 % konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20 % xlorid kislotasiga 60 0S 
haroratgacha  bardoshli  bo‘ladi.  Brizol  ikki  markaga  bo‘linadi:  o‘rtacha  (Br-S)  va  yuqori 
mustahkam (Br-P ). 
Izol  va  brizol  bino  yerto‘lalarini  gidroizolyasiyalashda,  yer  osti  quvurlar  va 
kommunikatsiyalarni,  suv  havzalari  konstruksiyalarini  zanglashdan  himoyalashda  va  tom 
yopmalarida ishlatiladi. 
Folgoizol  (GOST  20479-84)  yupqa  alyuminiy  folgasi  va  unga  qoplangan  bitum-rezinali 
himoya qatlamidan iborat o‘rama material. Uning eni 1 va uzunligi 10 m bo‘ladi 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish