FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
4-SEMESTR
1-mavzu (4 soat).
Metallurgiya shlaklari asosida bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish.
Reja:
1. Metallurgiya sanoat chiqindilari asosida materiallar.
2. Metallurgiya sanoati chiqindilarini qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi nazariy asoslari.
Tayanch so‘z va iboralar: metallurgiya shlagi; ruda; origan; nordonlashtirilgan nikel
rudasi; koks.
Metallurgiya shlaklari. Metallurgiya jarayon chiqindisining asosiy miqdori shlak
ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
Shlaklar - bu dastlabki materiallar komponentlarining yuqori darajadagi o‘zaro ta’siri
mahsulotdir (yoqilg‘i, ruda, origan va gazli muhit). Ularning kimyoviy tarkibi va tuzilishi
tarkibiing bo‘sh (g‘ovakli) turiga, eritiladigan metall turiga, metallurgiya jarayoni
xususiyatlariga, sovutish sharoitiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Metallurgiya shlaklari qora va rangli metallurgiya shlaklariga bo‘linadi.
Jarayon xarakteriga va pech turiga qarab qora metallurgiya shlaki quyidagi turlarga bo‘linadi:
domna, po‘lat eritish, (marten, konverter, bessemer va tomas, elektroeritish); ferrosplav ishlab
chiqarish; vagranka shlaklari. Ularning ichida ko‘p shlak chiqaradigan domna pechidir, unda
Shlak 1t cho‘yanga 0,6...0,7 t ni tashkil etadi. 1t po‘lat eritilganda chiqadigan shlak sezinarli
kamrok; marten usulida - 0,2...0,3t; bessemer va tomasda -0,1...02 Elektropechda po‘lat
eritilganda — 0,1—0,4 t,
fsrrosplav
ishlab chiqarishda va vagravka shlaklari nisbatan ko‘p emas.
Rangli metallurgiyada Shlakning chiqishi olinaligan dastlabki shixta metallning tarkibiga
bog‘liq. Tarkibida 10...15% misi bo‘lgan mis konsentratlar yallig‘ qaytaruvchi pechlarda
eritilganda chiqadigan Shlaklar 10...20 r 1 t metallga nisbatan shaxta pechlarida eritilganda mis
rudasi tarkibida 1...2% mis bo‘lsa 50...100 t, shaxta eritishda nordonlashtirilgan nikel rudadan -
100...200 t ni tashkil etadi. Domna Shlakining kimyoviy tarkibi asosiy to‘rtta oksidlarda
ko‘rsatilgan: CaO(29...30%). MgO(0...18%), Al3,O(5...23%) va Sio2(30...40%).. Ularda ko‘p
bo‘lmagan miqdorda temir oksidlari saqlanadi (0,2...0,6%) va marganets (0,3..1%),
shuningdek oltingugurt (0,5...3,1%). Po‘lat eritilgandagi shlaklar tarkibida temir oksid
(20% gacha) va marganets (10% gacha) borligi bilan xarakterlanadi. Rangli megallar shlaki
uchun kam miqlorda CaO+MgO(7...13%) va yuqori miqdorda FeO(21...61%) ligi bilan
xarakterlidir. Asosiy komponentlardan tashqari rangli metallurgiya shlakida kam
miqdorda aniqlanmagan metallar - mis, sink, qo‘rgoshin, nikel’ va boshqalar bo‘lishi mumkin.
2. Metallurgiya sanoati chiqindilarini qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi nazariy asoslari
Shlaklarga xom ashyo sifatida baho berilganda, qurilish materiallari uchun muhim
xarakteristika bo‘lib ularning kimyoviy tarkibidagi asosiy va nordon oksidlarning miqdorlarini
o‘zaro nisbati hisoblanadi - ya’ni, asoslanma moduli:
Mo-(SaO+ MgO)/(SiO2 + Al2O3),
M 0>1 bo‘lsa, Shlaklar asosiyga tegishli;
M0 <1 bo‘lsa nordonga.
Shlak eritmalarining kimyoviy tarkibi, ularning fizik xossalariga, tuzilishiga,
qotishmalari va qotib bo‘lgan Shlaklarning xususiyatiga bevosita ta’sir etadi.
Shlaklar tarkibda kalsiy oksidini ko‘payishi Shlaklarda erish haroratini oshirishni va
oquvchanlik xususiyatini pasayishini taqazo etadi.
Shlak tarkibiga kirgan oksidlar turli xil minerallarni hosil qiladi. Oksid sistemasi yaratishga mos
diagramma taxlil qilingandagi natijadan ma’lumki, Shlaklarda qirqqa yaqin ikkilik va uchlik
birikmalar mavjudligi aniqlangan, bunda silikatlar, aminosilikatlar, alyuminatlar va ferritlar
etakchi o‘rinni egallaydilar.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |