Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi



Download 315,53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.06.2022
Hajmi315,53 Kb.
#696341
TuriReferat
Bog'liq
MUXLISA



 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 JIZZAX FILIALI 
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI 
TABIIY VA IQTISODIYOT FANLAR KAFEDRASI 
IQTISOD YO’NALISHI 928-21-GURUH TALABASI 
MARDIYEVA MUXLISANING
OLIY MATEMATIKA (MA’RUZA) 
 FANIDAN TAYYORLAGAN 
 
 
 
REFERAT 
 
 
 
 
 


Reja: 
 
1. Geomorfologiya va gidrologiya masalalarida elementar funksiyalardan 
foydalanish. 
2. Insonlarning oziq-ovqatga va orzu-havasga ehtiyojlarini aniqlovchi 
L.Torikvist funksiyalar limitlari. 
3. Er sirti o‘zgarish tezligi va er sirti og‘ishini hosila yordamida berish. 
4. Er shari strukturaviy va tektonik harakatini o‘rganishda hosiladan 
foydalanish. 
5. Klimatologiyada er sirti radiatsion balansini topishda differensial 
tenglamalarning qo‘llanilishi.
Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining 
relyefi haqidagi fan. Geomorfologiya. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining 
tashqi 
qiyofasini, 
kelib 
chiqishi, 
yoshi 
tari-xiy 
taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. 
geologik davrdagi relyefni Geomorfologiya yer yuzasining oʻtmishdagi 
taraqqiyotining 
yakuni 
sifatida 
oʻrganadi. 
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda 
atmosferani birbiridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida 
relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. 
Ogʻirlik 
kuchining 
bevosita 
taʼsiri 
ostida 
sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. 
Yer—Quyosh— Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta 
taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib 
turishi). 
Kishilik 
jamiyatining 
faoliyati 
yer 
relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi. Geomorfologiyaning asosiy 
prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa 
komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. 
Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir 
koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va 
biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa Geomorfologiya ning Yer haqida 
fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar 
va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va 
taraqqiyotiga 
bogʻliq 
ekanligini 
aniqdashda 
foydalaniladi. 
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, 
geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy 
komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan 
maʼlumotlar 
esa 
relyef 
taraqqiyoti 
jarayonining 
tabiiy 
mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro 
munosabatini 
oʻrganish 
uchun 
kerak.
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy Geomorfologiya —


relyefning 
shakllanishi 
haqidagi 
juda 
keng 
masalalarni oʻrganadi;xususiy Geomorfologiya — relyefni bir yoki bir necha 
alohida 
geomorfologik 
koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional 
Geomorfologiya 
— 
yer 
yuzasi 
alohida 
hududiy 
qismlarining 
konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari 
sayyoraviy Geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiya ning alohida 
tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologic davrlarning (koʻpincha koʻmilib 
yotgan) 
relyefini 
oʻrganadi 
va 
uzok, 
geologik 
davrlarda 
yer 
yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda 
ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy 
Geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy Geomorfologiya bir qancha 
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi 
relyefini oʻrganadigan quruqlik Geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi 
relyefini 
oʻrganadigan 
dengiz 
Geomorfologiyasi. 
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. 
Geomorfologiya ning asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari, 
geomorfologik sʼyomka yordamida maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan 
iboratdir. 
Ekspeditsion 
tadqiqotlar 
bilan 
birga 
statsionar 
va 
eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi. 
Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b. 
instrumental kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini 
geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b. 
asboblardan foydalaniladi.
Geomorfologiya maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish 
G.si), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini 
loyihalashda 
(muhandislik 
G.si), 
maydondan 
xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab 
chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, 
geografik 
tadqiqotlarga 
asos 
boʻlib 
xizmat 
qiladi. 
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi. 
Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib G.ning nazariy, metodologik va amaliy 
asoslarini 
U. 
M.Deyvis 
(Amerika 
G. 
maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi. 
Ular relief taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga 
tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada Geomorfologiya Yer haqidagi fanlar 
orasidan 
mustahkam 
oʻrin oldi. Rossiyada Geomorfologiyaga P. A. 
Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, 
K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va 
G.ning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida 
birmuncha 
yutuqlarga 
erishildi. 
Bu 
davrda 
geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi 


va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy 
fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi 
maʼlumotlar asosida yer relyefi
va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va 
rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, 
karst, 
muzlik, 
toʻng 
yer, 
eol 
relyeflarning 
shakllanishi, 
qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 
1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. 
Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot 
qilishning 
haritagrafik 
metodi, 
aerometod, 
geodezik 
va 
geofizik 
metodlar, 
statsionar 
va 
eksperimental 
tadqiqot 
metodlari 
takomillashtirilmoqda. Relyef eometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga 
alohida 
eʼtibor 
berilmoqda. 
G. 
Geomorfologiyaning 
rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. 
Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham 
salmokli hissa qoʻshdilar. Xalqaro miqyosda Geomorfologiya ishlarini 
koordinatsiyalash 
Xalqaro 
geografiya 
ittifoqining 
komissiya 
va 
yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik 
haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning 
ishlari va Geomorfologiya masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti 
qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya 
jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi. 
Gidrologiya (gidro... va ...logiyadan) — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va 
dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti 
suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera, 
litosfera, biosfera) bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar 
qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. oʻrganiladigan suv havza (obʼyekt)larining 
joylashishiga koʻra okean va dengizlar G.si (okeanologiya yoki okeanografiya), 
qurukdik G.siga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari G.si (gidrogeologiya)"" 
alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida G. atamasi 
kuruklik G.sining sinonimi sifatida ishlatiladi. 
Gidrologiya dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigatsiyaning tarmogʻi 
sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-asr boshida shakllandi. 
Quruqlik Gidrologiyasi gidrografiya, gidrometriya, umumiy Gidrologiya, 
muhandislik Gidrologiya si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya 
suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari 
hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi. 
Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va 
ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy 
Gidrologiya, odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari 
Gidrologiyasi (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar Gidrologiyasi 


(muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar Gidrologiyasi (botqoqshunoslik yoki 
talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal 
etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik 
koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan 
shugʻullanadi. Muhandislik Gidrologiyasi tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi 
dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida 
shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv 
massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan 
yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va 
qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta 
harakatini taʼminlash, suv inshootlari (toʻgʻonlar, koʻpriklar)ni qurish uchun tegishli 
xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari (oqim 
meʼyori, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, 
oqim oʻzgaruvchanligi)ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar 
Gidrologiyaning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish 
(bashorat qilish) usullarini ishlab chiqadi. 
Gidrologiya fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli 
boʻlgan quyidagi vazifalar paydo boʻldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan 
tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar taʼsirida ularning 
oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xoʻjaligi tadbirlari 
(melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini hududlar boʻyicha qayta 
taqsimlash va h. k.)ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli 
gidrologik maʼlumotlar bilan taʼminlash. Ushbu muammolar zamirida 
Gidrologiyaning yangi yoʻnalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidrologiya 
(sugʻoriladigan hududlar gidrologiyasi yoki agrogidrologiya) alohida fan sifatida 
shakllanmoqda. Gidrologiyaning suv havzalarida kechadigan tabiiy (fizik), 
kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy (fizik) 
xususiyatlarini, sifatini, biologik zaxiralarini oʻrganadigan qismlari gidrofizika, 
gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil boʻlishi, rivojlanishi 
va hududlar boʻyicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy 
mintaqalarga xos boʻlgan — zonal va xos boʻlmagan — azonal omillar (joyning 
relyefi, 
geologik 
tuzilishi)ga 
bogʻliq. Ularni oʻrganishda Gidrologiya 
iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, tabiiy 
geogr. kabi fanlar maʼlumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar 
(suv oqimlari) qonuniyatlarini oʻrganishda Gidrologiya gidrodinamika, gidravlika 
fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va 
matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydalanadi. 
OʻzRda togʻli hamda sugʻoriladigan hududlar Gidrologiysi boʻyicha amalga 
oshirilgan i. t. ishlari natijalari jahon miqyosida tan olingan. Bunda Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Boshgidromet hamda Oʻrta Osiyo 
regional ilmich tadqiqot instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti, 


Oʻzbekiston FA Suv muammolari instituti, Geologiya va geofizika instituti, 
"Oʻzsuvloyiha" instituti, "Toshsuvloyiha" instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi 
OʻzMU hamda Toshkent irrigatsiya va q. x.ni mexanizatsiyalashtirish muhandislari 
institutining quruqlik gidrologiyasi kafedralari olimlarining hissalari katta. 

Download 315,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish