MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
TABIIY VA IQTISODIYOT FANLAR KAFEDRASI
IQTISOD YO’NALISHI 928-21-GURUH TALABASI
MARDIYEVA MUXLISANING
OLIY MATEMATIKA (MA’RUZA)
FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERAT
Reja:
1. Geomorfologiya va gidrologiya masalalarida elementar funksiyalardan
foydalanish.
2. Insonlarning oziq-ovqatga va orzu-havasga ehtiyojlarini aniqlovchi
L.Torikvist funksiyalar limitlari.
3. Er sirti o‘zgarish tezligi va er sirti og‘ishini hosila yordamida berish.
4. Er shari strukturaviy va tektonik harakatini o‘rganishda hosiladan
foydalanish.
5. Klimatologiyada er sirti radiatsion balansini topishda differensial
tenglamalarning qo‘llanilishi.
Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining
relyefi haqidagi fan. Geomorfologiya. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining
tashqi
qiyofasini,
kelib
chiqishi,
yoshi
tari-xiy
taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz.
geologik davrdagi relyefni Geomorfologiya yer yuzasining oʻtmishdagi
taraqqiyotining
yakuni
sifatida
oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda
atmosferani birbiridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida
relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi.
Ogʻirlik
kuchining
bevosita
taʼsiri
ostida
sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir.
Yer—Quyosh— Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta
taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib
turishi).
Kishilik
jamiyatining
faoliyati
yer
relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi. Geomorfologiyaning asosiy
prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa
komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi.
Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir
koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va
biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa Geomorfologiya ning Yer haqida
fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar
va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va
taraqqiyotiga
bogʻliq
ekanligini
aniqdashda
foydalaniladi.
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik,
geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy
komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan
maʼlumotlar
esa
relyef
taraqqiyoti
jarayonining
tabiiy
mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro
munosabatini
oʻrganish
uchun
kerak.
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy Geomorfologiya —
relyefning
shakllanishi
haqidagi
juda
keng
masalalarni oʻrganadi;xususiy Geomorfologiya — relyefni bir yoki bir necha
alohida
geomorfologik
koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional
Geomorfologiya
—
yer
yuzasi
alohida
hududiy
qismlarining
konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari
sayyoraviy Geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiya ning alohida
tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologic davrlarning (koʻpincha koʻmilib
yotgan)
relyefini
oʻrganadi
va
uzok,
geologik
davrlarda
yer
yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda
ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy
Geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy Geomorfologiya bir qancha
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi
relyefini oʻrganadigan quruqlik Geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi
relyefini
oʻrganadigan
dengiz
Geomorfologiyasi.
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi.
Geomorfologiya ning asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari,
geomorfologik sʼyomka yordamida maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan
iboratdir.
Ekspeditsion
tadqiqotlar
bilan
birga
statsionar
va
eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b.
instrumental kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini
geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b.
asboblardan foydalaniladi.
Geomorfologiya maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish
G.si), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini
loyihalashda
(muhandislik
G.si),
maydondan
xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab
chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik,
geografik
tadqiqotlarga
asos
boʻlib
xizmat
qiladi.
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi.
Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib G.ning nazariy, metodologik va amaliy
asoslarini
U.
M.Deyvis
(Amerika
G.
maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi.
Ular relief taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga
tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada Geomorfologiya Yer haqidagi fanlar
orasidan
mustahkam
oʻrin oldi. Rossiyada Geomorfologiyaga P. A.
Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn,
K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va
G.ning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida
birmuncha
yutuqlarga
erishildi.
Bu
davrda
geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi
va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy
fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi
maʼlumotlar asosida yer relyefi
va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va
rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial,
karst,
muzlik,
toʻng
yer,
eol
relyeflarning
shakllanishi,
qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi.
1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi.
Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot
qilishning
haritagrafik
metodi,
aerometod,
geodezik
va
geofizik
metodlar,
statsionar
va
eksperimental
tadqiqot
metodlari
takomillashtirilmoqda. Relyef eometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga
alohida
eʼtibor
berilmoqda.
G.
Geomorfologiyaning
rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O.
Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham
salmokli hissa qoʻshdilar. Xalqaro miqyosda Geomorfologiya ishlarini
koordinatsiyalash
Xalqaro
geografiya
ittifoqining
komissiya
va
yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik
haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning
ishlari va Geomorfologiya masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti
qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya
jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.
Gidrologiya (gidro... va ...logiyadan) — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va
dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti
suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera,
litosfera, biosfera) bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar
qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. oʻrganiladigan suv havza (obʼyekt)larining
joylashishiga koʻra okean va dengizlar G.si (okeanologiya yoki okeanografiya),
qurukdik G.siga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari G.si (gidrogeologiya)""
alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida G. atamasi
kuruklik G.sining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Gidrologiya dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigatsiyaning tarmogʻi
sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-asr boshida shakllandi.
Quruqlik Gidrologiyasi gidrografiya, gidrometriya, umumiy Gidrologiya,
muhandislik Gidrologiya si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya
suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari
hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi.
Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va
ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy
Gidrologiya, odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari
Gidrologiyasi (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar Gidrologiyasi
(muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar Gidrologiyasi (botqoqshunoslik yoki
talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal
etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik
koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan
shugʻullanadi. Muhandislik Gidrologiyasi tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi
dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida
shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv
massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan
yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va
qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta
harakatini taʼminlash, suv inshootlari (toʻgʻonlar, koʻpriklar)ni qurish uchun tegishli
xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari (oqim
meʼyori, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi,
oqim oʻzgaruvchanligi)ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar
Gidrologiyaning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish
(bashorat qilish) usullarini ishlab chiqadi.
Gidrologiya fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli
boʻlgan quyidagi vazifalar paydo boʻldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan
tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar taʼsirida ularning
oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xoʻjaligi tadbirlari
(melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini hududlar boʻyicha qayta
taqsimlash va h. k.)ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli
gidrologik maʼlumotlar bilan taʼminlash. Ushbu muammolar zamirida
Gidrologiyaning yangi yoʻnalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidrologiya
(sugʻoriladigan hududlar gidrologiyasi yoki agrogidrologiya) alohida fan sifatida
shakllanmoqda. Gidrologiyaning suv havzalarida kechadigan tabiiy (fizik),
kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy (fizik)
xususiyatlarini, sifatini, biologik zaxiralarini oʻrganadigan qismlari gidrofizika,
gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil boʻlishi, rivojlanishi
va hududlar boʻyicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy
mintaqalarga xos boʻlgan — zonal va xos boʻlmagan — azonal omillar (joyning
relyefi,
geologik
tuzilishi)ga
bogʻliq. Ularni oʻrganishda Gidrologiya
iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, tabiiy
geogr. kabi fanlar maʼlumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar
(suv oqimlari) qonuniyatlarini oʻrganishda Gidrologiya gidrodinamika, gidravlika
fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va
matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydalanadi.
OʻzRda togʻli hamda sugʻoriladigan hududlar Gidrologiysi boʻyicha amalga
oshirilgan i. t. ishlari natijalari jahon miqyosida tan olingan. Bunda Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Boshgidromet hamda Oʻrta Osiyo
regional ilmich tadqiqot instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti,
Oʻzbekiston FA Suv muammolari instituti, Geologiya va geofizika instituti,
"Oʻzsuvloyiha" instituti, "Toshsuvloyiha" instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi
OʻzMU hamda Toshkent irrigatsiya va q. x.ni mexanizatsiyalashtirish muhandislari
institutining quruqlik gidrologiyasi kafedralari olimlarining hissalari katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |