1.Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, jamg‘arma uyushmalarining o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasining Konstituqiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi (04.09.2015 yil) Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va boshqa qarorlarida mehnatkash aholi va ishchi-xizmatchi yoshlarning mehnat faoliyatini himoya qilish va ularning ijtimoiy turmush madaniyatini tobora rivojlantirib borish masalalariga alohida diqqate’tibor qaratilgan. Bu o‘z navbatida fuqarolarniig mehnat va yashash faoliyatini yaxshilash omillaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya vositalari, ayniqsa, halq milliy o‘yinlari ekanligini e’tirof etishni taqozo qiladi.
Mexnat jarayonini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish har bir ishchi, mehnatkash va aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ziyolilarning mehnat qobiliyati, jismoniy sog‘lomligi, tetikligiga bog‘liqdir. Anna shu jihatlar maqsaddagidek amalda bo‘lsa, ularning oilalarida doimo yaxshi muvozanat saqlanishi, ya’ni ijtimoiy-madaniy turmush darajasi ko‘ngildagidek bo‘lishi tabiiydir. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimiz aholisining moddiy-maishiy ta’minotini yuzaga keltiruvchi, uni rivojlantirish usullarining tayanchidir.
Masalaga shu jihatdan baho berilsa, jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlarini aholining kundalik turmush darajasiga chukur singdirish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqaruvchi davlat idoralariga bevosita jamotchilik yo‘llari bilan ko‘maklashish va mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatishlarini hayotning o‘zi talab etadi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, uning tarkibidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyati («O‘zbekiston»), shuningdek «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba» sport jamiyatlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti hamda ularning viloyat, shahar, tumanlardagi quyi organlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Mamlakatimizda yangi yo`nalish bo‘yicha shakllangan va istiqlol sari rivojlanib borayotgan 20 dan ortiq jamoat tashkilotlari, uyushmalari mavjud. Ular o‘z nomlari, maqsadlari yuzasidan «Navro‘z», «Mahalla», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Sog‘lom avlod uchun», «Ekosan», «Yoshlar ittifoqi» va hokazo deb ataladi va ma’lum maqsad yo‘lida faoliyat olib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan barcha tashkilotlar, uyushmalarning asosiy maqsadi demokratik tamoyillar asosida barcha Qonunlar, farmonlar va qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu esa Vatan va xalqning osoyishtaligi, aholi-ning mehnat faoliyatini hnmoya qilish xamda ularning ijtimoiy-madaniy turmush darajasini yanada yaxshilash bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |