Jizzax davlat pedagogioka institut


Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarining mazmuni hamda vazifalari



Download 5,81 Mb.
bet188/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarining mazmuni hamda vazifalari
Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatlari keng qamrovli va fidokorona mehnat qilishni talab etuvchi sohalardan hisoblanadi. Mahallada jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish faoliyatlari yil sayin kengayib va ularga bo‘lgan e’tibor kuchaymokda.
Xalq iborasi bilan aytganda, Vatan ostonadan, oiladan, mahallalan boshlanadi. Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-tuyg‘ulari, sadoqati, fidoiy mehnati, o‘zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki, g‘alabasi ana shu xislatlar tufayli ustuvor ekanligini aytib o‘tish kerak. Ayniqsa, yurtimiz bayrog‘ining uzoq o‘lkalarda viqor bilan ko‘tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi sportchilarning ona-Vatan sharafi uchun kurashgan va xissa qo‘shganligining timsolilir. Buning boisi shundaki, o‘shanday g‘olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa, sport tashkilotlari, jamiyatlari xodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar xam u yoki bu mahallada istiqomat qiladi. Mahalla oqsoqollari kengashlari faoliyatida har ham ishtirok etib, sportni targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish, an’anaviy bayramlarda qatnashib, ma’ruzalar o‘qish, o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashish kabi tadbirlarni birgalikda olib boradilar. Bunday tadbirlar mahalla oqsoqollari kengashi tarkibidagi faollar, sportsevarlar, mutaxassislar tomonidan uyushtirib borilmokda. Bunday xayrli ishlar­ni qishloq sharoitlarida ham doimiy o‘tkazib turilishi lozim.
Mahalla oqsoqollari kengashi qoshida sport klublarini tashkil qilish amalga oshirilmoqda. Bunday tashabbuslarni ommalashtirish zarur bo‘ladi. Ba’zi bir ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan mahallalar sport yo‘riqchisi shtatini tashkil qilmokda. Ular bevosita tuman-shahar sport Qo‘mitalariga itoat etib, aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish, bolalar va o‘smirlar orasida sport musobaqalarini tashkil qilish bilan faoliyat ko‘rsatmokda. Mahalla oqsoqollari kengashlari va ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi faollari oldida mahalla ahli salomatligini yaxshilash, yoshlarni sportga jalb etish, sport va halq milliy o‘yinlari orqali aholining dam olishi, ruhiy oziqanishi, jismonan barkamol bo‘lishlariga erishtirish kabi vazifalar mavjuddir.
Ba’zi milliy urf-odatlarimiz va diniy dunyoqarashlar xotin-kizlarning erkin ravishda jismoniy mashqlar, halq milliy o‘yinlari yoki biron sport turi bilan shug‘ullanishlariga salbiy ta’sir qilishi jarayonlari davom etmoqda. «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturida belgilanganidek sog‘lom avlodni yetishtirish uchun eng avvalo onalar sog‘lom bo‘lishi va o‘z farzandlarining sog‘lom o‘sishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanish zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bogcha va maktablarla jismoniy tarbiya bi­lan shug‘ullanishga odatlantirish alohida ko‘zda tutilgan.
Bu jixatlarni amalga oshirishda maxalla oqsoqollari kengashi, uning faollari va jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari astoydil ish olib borishlari lozim.
Aholi o‘rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish xamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarining moxiyatlarini kishilar ongiga singdirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Shu sababdan maxalla oqsoqollari kenga­shi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi /1999 yil 27 may/ qarorini chukur o‘rganishlari, unda ko‘zda tutilgan eng zarur tadbirlarni maxallalarda ishlab chiqish, axolini sportga jalb etish yo‘llarini topishlari lozim.
Xulosa shundaki, axoli turar-joylarida eng avvalo sport inshootlari, oddiy o‘yin maydonlaridan maqsadli foydalanish zarur. Sport ixlosmandlari, sportsevarlar, mutaxassis xodimlar yoshlar o‘rtasida kuchalararo, mavzelar, daxalar va maxalla birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil qilishlari kerak.
«Sog tanda sog‘lom akl» naqliga rioya etgan xolda jis­moniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, uning salomatlikni mustaxkamlash, ish faoliyati va umuman umrni uzaytirishdagi muxim omillardan biri ekanligiga axolini ikror etish kerak bo‘ladi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish