Avgust 1. Mahalla oqsokrllari kengashlari ish faoliyatini muhokama qilish.
2. Mustaqillik kuni bayramiga bag‘ishlab sport musobaqalarini o‘tkazish.
Sentabr 1. Sport bilan shug‘ullanuvchilar va faollarning sport zali, o‘yin maydonlari qurilishida qatnashuvini ta’minlash.
2. O‘rta va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida spartakiada o‘tkazishga tayyorgarlik.
Oktabr 1. Yozgi sport mavsumi yakunlari to‘g‘risida axborot berish.
2. Tarbiyasi og‘ir bolalarni jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlarga jalb etish to‘g‘risidagi axborotlarini eshitish.
3. Maydonchalarni qishki mavsumda ishlatishga tayyorlash.
Noyabr 1. Sog‘lomlashtirish va sport ishlarini eng yaxshi yo‘lga qo‘yish yuzasidan mavzelar, ko‘cha va uylar o‘rtasidagi o‘zaro musobaqa va ko‘rik-tanlovlarning yakunlarini eshitish.
2. Mahalladagi o‘zaro musobaqa yakunlariga ko‘ra faol jamoatchilarni rag‘batlantirish.
Dekabr 1. Bir yilgi ish yakunlari to‘g‘risidagi axborot va mahalla oqsokrllari kengashi krshida jismoniy faollari uyushmasini tashkil qilish, ularning kelgusi yil ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlatish.
Shuni eslatish zarurki, bu namunaviy reja maxalla oqsoqllari kengashlari, ularning qoshidagi jismoniy tarbiya va sport faollari uyushmasi /jamoa/ uchun mo‘ljallangan. Shu asosda yangidan tashkil qilinadigan mahalla jismoniy tarbiya jamoalari kengashlari /yoki uyushma/ ham o‘z rejalarini tuzib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Mahallalar, qishloqlarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar va sportchi faollarga tayangan holda kichik guruhlar, jamoalar /komandalar/, uyushmalar tuzib, mashg‘ulotlar, musobaqalar o‘tkazib turish lozim.
Turar-joylardagi o‘rta va katta yoshdagi kishilar orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, millim o‘yinlar, yengil atletika to‘garaklari, guruhlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog‘lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnasti , sayohat va boshqa turlardan keng foydalaniladi.
Aholi turar-joylarida ommaviy sport ishlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me’yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamohang bo‘lishi kerak.
Sport maydonchalari, sog‘lomlashtirish shaharchalari, yugurish va chigal yozish yo‘lakchalari, o‘yin maydonchalaridan iborat hovli o‘yingoxhlari shinam bo‘lishi kerak. Bunday o‘yingoxlarda usti yopiq joylar bo‘lishi, yaxshi yoritilishi ham kerakki, bu narsa ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi.
Sport inshootlarini maxsus moslamalar, trenajyorlar bilan jihozlashga alohida e’tibor berish zarur. Chunki shu yo‘l bilan avvalo ulardan yoz va qish fasllarida foydalanish imkoniyatini, qolaversa, ko‘pchilik bo‘lib yoki yakka tartibda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, aholi turar-joylarida sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish mahalla oqsoqollari kengashlari hamda mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilishi lozim. «Navro‘z», «Mustaqillik kuni» va boshqa bayramlarga tayyorgarlik jarayonlarida futbol, kurash, voleybol, yugurish va xalq milliy o‘yinlarini musobaqa shaklida o‘tkazish lozim. Tuman, shahar hokimiyatlari, sport qo‘mitalari hamda homiylarning faol ishtiroklarini ko‘proq jalb qilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |