Jizzax davlat pedagogioka institutO‘quvchi-sportchilarni tayyorlash darajasi va bosqichlari
жис тарбия тарихи
9. O‘quvchi-sportchilarni O‘zbekiston Respublikasining terma jamoalari asosiy tarkibiga va stajorlarini, respublika va xalqaro sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun sport maktablari trener-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash normativlari miqdorlari eng yuqori hisoblanadi. Bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun trener-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash normativlarining aniq miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi qaror sport maktabi rahbariyati tomonidan, mehnatga haq to‘lashning belgilangan miqdorlari va fondi doirasida qabul qilinadi. 10. Sport turlari guruhlar bo‘yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi: sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari kiradi; sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlari kiradi; sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning boshqa barcha turlari kiradi. 11. Bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun normativlar bo‘yicha o‘quv-mashq ishlari uchun sport maktabining trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lashda trener-o‘qituvchining lavozim maoshini ustamalar va qo‘shimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq to‘lashning foizlar hisobidagi normativiga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Trener-o‘qituvchi tomonidan bir nechta o‘quvchi-sportchi tayyorlangan taqdirda ushbu trener-o‘qituvchining mehnatiga haq to‘lash normativi har bir o‘quvchi-sportchi bo‘yicha uning sportdagi yutuqlarini va tayyorlash bosqichlarini hisobga olgan holda, belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yo‘li bilan belgilanadi. Bunda trener-o‘qituvchining ustama va qo‘shimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch baravaridan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasi miqdorining besh baravarigacha miqdorda lavozim maoshi belgilash huquqiga ega. 12. Sport bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega bo‘lgan taqdirda, trener-o‘qituvchi mehnatiga haq to‘lash normativini belgilashda, mazkur o‘quvchi-sportchining yutuqlarini hisobga olgan holda belgilangan normativning eng yuqori miqdori qo‘llanadi. 13. Bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun mehnatga haq to‘lash normativi miqdori sport maktabining trener-o‘qituvchisiga: O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun — o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchi-sportchi jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrda saqlanib qoladi; Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) o‘tkazilgungacha saqlanib qoladi; O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I – III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va shu kabi keyingi O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari o‘tkazilgungacha saqlanib qoladi, biroq bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrga. 14. Agar sport maktabining trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibi a’zosi Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lsa), u holda trener-o‘qituvchining mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori, o‘quvchi-sportchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi. (15. Agar sport maktabining trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi mazkur trenerning o‘quv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener-o‘qituvchi rahbarligidagi boshqa o‘quv guruhiga, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilsa va shu kabi holatlarda), u holda trener-o‘qituvchi mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori: O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun o‘quvchi-sportchi trener-o‘qituvchining o‘quv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran kamayish tomoniga qayta ko‘rib chiqiladi; Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi. 16. O‘quv guruhiga yil mobaynida boshqa trener-o‘qituvchi rahbarligida yuqori sport natijalariga erishgan o‘quvchi-sportchi o‘tkazilgan sport maktabining trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori: O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun o‘quvchi-sportchi mazkur trener-o‘qituvchining o‘quv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi; Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun o‘quvchi-sportchi mazkur trener-o‘qituvchi rahbarligida ko‘rsatib o‘tilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III o‘rinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi. 17. Sport maktablarida o‘quv guruhlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv-mashq ishlari soatlari hajmlari (o‘quv-mashq ishlari rejimi) quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Download 5,81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |