Jizzax davlat pedagogioka institut


Sport maktablari o‘quvchi-sportchilarining sportdagi natijalari



Download 5,81 Mb.
bet169/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Sport maktablari o‘quvchi-sportchilarining sportdagi natijalari

Sportchi-o‘quvchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasi (tarif stavkasi)ga nisbatan foizlarda

trener- o‘qituvchilarga

direktorlarga

direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlariga, instruktor-metodistlarga

tibbiyot xodimlariga

Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)

50

10

8

7

Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)

40

7

6

6

O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)

10

6

5

4

O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi asosiy tarkibi a’zosi

8

5

4

3

O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi stajori

4

3

3

2

Trener-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun normativlar bo‘yicha amalga oshiriladigan sport maktablarida jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan trener-o‘qituvchilarga ustamalar belgilanmaydi.
24. Agar sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega bo‘lsa, sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlar, trener-o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlariga, ushbu o‘quvchi-sportchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qo‘llanadi.
25. Ustamalarning jami miqdori:
sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlari va tibbiyot xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
sport maktabining trener-o‘qituvchilari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan oshmasligi kerak.
Sport maktablarining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 400 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
26. Ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, sport maktabining o‘quvchi-sportchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda sport maktabining trener-o‘qituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Yil davomida ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish sport maktabining tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshiriladi va sport maktabi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
27. Sport maktabining direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, instruktor-metodistlari, trener-o‘qituvchilari va tibbiyot xodimlariga ustamalar:
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) o‘tkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va bir kalendar yil mobaynida saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchi-sportchining jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrida saqlanib qoladi.
28. Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi a’zolarini (stajorlarini) tayyorlaganlik uchun ustamalar ushbu o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashni amalga oshiradigan bevosita trener-o‘qituvchilarga belgilanadi.
29. Sport maktablarining direktoriga, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga va tibbiyot xodimlariga ustamalar Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy tarkibi a’zolarini (stajorlarini) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun belgilanadi va sport maktabining ro‘yxatdagi tarkibida o‘quvchi-sportchilarning tegishli kontingenti mavjud bo‘lgan taqdirda to‘lanadi.
Sport maktablarining direktoriga, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga, instruktor-metodistlariga va tibbiyot xodimlariga o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni to‘lash uning sport maktabining ro‘yxatdagi tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tish, sport maktabidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran to‘xtatiladi.
30. O‘quvchi-sportchilarning sportdagi natijalari yaxshilanganda, shuningdek sport maktabining trener-o‘qituvchisi rahbarligidagi o‘quv guruhlarining ro‘yxatdagi tarkiblari o‘zgarganda (sport maktabiga qabul qilinganda, undan chiqarilganda, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilganda) ushbu trener-o‘qituvchi uchun ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish mazkur Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash normativlari miqdorlarini belgilashning tegishli tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish