Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet206/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Amerika sporti rivojlanishining bosh markazini o`rta maktablar, kollej va universitetlar tashkil qiladi. To`liqsiz o`rta va o`rta maktablarda jismoniy tarbiya buyi­cha majburiy darslardan tashqari, maktab va maktabdan tashkari sport ishlari keng rivojlangan. Maktab o`quvchisiga sport turini tanlash xuquqi berilgan. Sportning suvda suzish, yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol turlari bo‘yicha maxsus inshootlarga ega bo‘lgan maktablarda bir tomonlama sport mutaxassisligi beriladi. Shu sababdan sport musobaqalari juda ko‘p o‘tkaziladi, Bundan tashqari, bolalar politsiya qoshidagi sport uyushmalari, kichik xristian assotsiatsiyalari, skaut otryadlarida sport bilan shug‘ullanadilar. Undan keyingi bosqich kollej va universitetlar hisoblanadi. Amerika qo‘shma shtatlari universitetlarida jismoniy tarbiya dasturi uch bo‘limdan iborat:

  1. 1 kursda barcha talabalar uchun o‘quv rejasi asosida majburiy darslar.

  2. Oliy o‘quv yurti ichidagi sport mashg‘ulotlari, bu mashg‘ulot fakultativ shaklida tashkil qilinib, talabalar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.

3. Universitetlararo sport, bu iqtidorli sportchilarni o‘z ichiga oladi.
Oliy o‘quv yurtlarida sportda shug‘ullanuvchilarga yotoqxonada bepul yashash va ovqatlanishga imkoniyat berilishi, ularni sport bilan ko‘proq shug‘ullanishga otlanti-radi.
Talabalar sporti rahbarligini ko‘pgina tashkilotlar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlariaro sport milliy assotsiasiyasi olib boradi.
AQShda sportni rivojlantirishda havaskor atletlar uyushmasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi asosiy rahbarlik qiladi.
Shu sababdan, bu tashkilotlar o‘rtasida doimiy kelishmovchilik va o‘zaro tortishuvlar mavjud. Bunga asosiy sabab moliyalashtiradigan yagona tizimning yo‘qligidir. Bu ko‘ngilsizliklarni bartaraf qilish uchun havaskorlik sporti haqidagi qonun qabul qilingan va AQSh Kongressi havaskorlik sporti harakatiga tegishli barcha faoliyatlarni Milliy Olimpiya qo‘mitasiga yuklatilgan.
AQSh Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarni Olimpiya o‘yinlari va Panamerika o‘yinlarida qatnashish uchun tayyorlaydi. Shu bilan birgaliqda, xalqaro sport harakatiga aloqador bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Germaniya, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy va boshqa taraqqiy qilgan mamlakatlardajismoniy tarbiya va sport-ga rahbarlik ishlari davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sport federatsiyalari, turli uyushmalar, Milliy Olimpiya qo‘mitalari ham boshqaruvchilikda faol ishtirok etadi.
Sportdan foyda oladigan tashkilotlar, idoralar horijiy mamlakatlarda juda ko‘p. Ular o‘yinlar paytida savdo, tijorat, reklama kabi faoliyatlardan maqsadli foydalanadilar. Shu sababdan matbuot, televidenie sport markazlari, inshootlarida sportni keng targ‘ib qilishda faollik bilan ishtirok etadi.
Professional sport. Sport klublar, uyushmalar, sport sindikatlari va trestlari (horijdagi faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar) tomonidan sportning bu yo‘nalishi tashkil etiladi. Professional sportchilar shaxsiy va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar, xodimlar bilan shartnoma-lar (kontrakt) tuzadi va ularga xizmat qiladi. Bu jihat-lar jahonning barcha mamlakatlariga xos xususiyatta ay-landi. Ya’ni eng yetuk va ishonchli yeportchilar kelishilgan narxda sotib olinadi yoki sotiladi. Bunda sportchilarning shaxsiy roziligi, xohishi va tashabbusi asosiy rol o‘ynaydi.
Professional sportning yana bir o‘ziga xos jihati borki, sportchilar cheklanmagan yoki havaskorlik sporti-dagi qoida yoki normativlardan ustunroq bo‘lgan holatlarda (vaqt, texnik-taktik qoidalar va hokazolar) bellashadilar. Masalan, og‘ir va mutloq og‘ir vazndagi boks, tennis va boshqa sport turlarida bu jihatlar ko‘proq uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, horijiy mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lsada, ular xal-qaro sport harakatlari talablari doirasida amalga oshiriladi. Ularning eng aeosiy maqsadi katta va professional sportni rivojlantirish, uning negizida esa jismo-niy trabiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘paytirish ko‘zda tutiladi.



Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish