Xindiston, Birma, Marokash, Braziliya va boshqa bir qator davlatlar Olimpiya o’yinlari turlari bilan bir qatorda o‘zlarining milliy sport turlari, o’yinlariga ham egadirlar.
Xozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti davrida nafaqat o‘z tuzumi va madaniy rivoji bilan alohida ajralib turadigan, balki jaxonda tinchlik, iqtisodiy muhit muvozanatini saqlab turishga sababchi bo`lgan bir qator yirik davlatlar va badavlat mamlakatlar bor. Ularda jismoniy tarbiya va sport ishlari ham yuqori saviyada tashkil qilingan. Ularga Amerika qo`shma shtatlari /AQSh/ rahnamolik qilmokda. Xozirgi ijtimoiy taraqqiyot va tinchlik uchun kurash avj olgan bir paytda AQSh, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Ko‘pgina yaponlar uchun sport ular xayotining ajralmas qismidir. Xozirgi davrda Yaponiya xavaskor sport assotsiatsiyasi 50 dan ortiq sport tashkilotlarini va Yaponiyaning 47 prefekturasining xavaskor sportchilarini o‘z ichiga oladi.
O‘z navbatida Yaponiya Olimpiada qo`mitasiga 45 ta sport tashkilotlari kiradi.
1997 yil Yaponiya Olimpiada qo`mitasi budjeta 6,8 mlrd ienni tashkil qildi; xavaskor sportchilar assotsiasiyasi budjeti esa 4,5 mlrd ienni tashkil qildi. Jumladan 1,3 mlrd ien miqdoridagi mablag`ni Yaponiya Olimpiada qo`mitasi dashіat budjetidan subsidiya sifatida oldi.
Bundan Olimpiada qo`mitasi 2 mlrd ien tijorat rek֊lamasi uchun, jumladan 1,1 mlrddan ortigini Yaponiya kompaniya va tashqi yutlaridan qaytarmaslik sharti bilan berilgan yordam sifatida oldi,
Shunday qilib, Yaponiya Olimpiya qo1mitasi davlat, xususiy kompaniya va tashkilotlarga moliyaviy tobe deb aytish mumkin.
O‘z navbatida Yaponiya sport xavaskorlari budjetining 50%dan ortigi xususiy kompaniyalar va davlat yordami hisobiga olinadi.
Sportning Yaponiyadagi jamiyat xayotida muximligini hisobga olib Yaponiya maorif vazirligi 1995 yildan boshlab rasmiy nomini maorif, sport, fan va madaniyat va-zirligiga o‘zgartirgan.
Yaponiyada keksa yoshdagi aholining 65 foizi sport bilan shug‘ullanadi, lekin ularning 30 foizi oyiga 1-3 marta, 25 foizi xaftasiga 1 marta shug‘ullanadi. Shu bilan birga Yaponiyaning 85 foiz axolisi turli jismoniy mashqdar bilan shug‘ullanadi.
Xozirgi zamonda Yaponiyada turli sport nashrlari chiqariladi, ularning 7 tasi yirik nashrlar bo‘lib, yiliga 6,5 mln nusxada chop etiladi.
Yaponiya televideniesi asosiy e’tiborni beysbol, golf va boshqa professional sport turlariga qaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |