Shvesiya sport modeli tulikligicha maxalliy rahbarlarning qo`llab-quvvatlashlariga (jamoatchilik asosida) bogliq.
Shvesiyada 63 ta sport federatsiyalari tashkil qilingan. Arqon tortirish federatsiyasidan tortib zamonaviy florbol (fristi) va amerikacha futbol federatsiyasigacha faoliyat ko`rsatadi. Maxsus federatsiyalar (sportning bitta turi) shuningdek kompleks (bir nechta sport turlarini o‘z ichiga olgan) federatsiyalar. Kompaniya sporti assotsiasiyasi, maktab sporti assotsiatsiyasi, universitet sporti assotsiatsiyasi, nogironlar sporti assotsiatsiyasi shular jumlasiga kiradi.
Eng yirik federatsiya Shvesiya futbol assotsiatsiyasi xisoblanadi. Uning tarkibiga 3200 ta klublar kiradi. Eng kichik federatsiya parus - kanoe federatsiyasi xisoblanadi. Uning tarkibiga 16 ta klub kiradi.
Sport klublarida jami shugullanuvchilarning 40 foizini ayollar tashkil etadi.
Yangi sport turlari buyicha tashkil etilgan federatsiyaning Shvesiya sport Konfederatsiyasi tarkibiga kirish uchun Konfederatsiya Bosh assambleyasining roziligi kerak. Masalan, yangi federatsiya mablag o‘zlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymasligi kerak. Sport mashg‘ulotlarini shunday tashkil qilish kerakki, bu sport xarakatining maqsad va mafkurasiga muvofik kelishi, mavjud sport turlaridan kofiya (kopiya) olmasligi (takrorlash), shuningdek kamida sport okrugining yarmini va 50 ta sport klubiga (har birida kamida 3 ming a’zo) ega bulishi keraq
Xalqaro sport xarakatida Shvesiya fuqarolari faol ishtirok etmoqdalar. 300 dan ortiq Shvesiya fuqarosi turli Xalqaro sport tashkilotlarining a’zolari xisoblanadi.
Shvesiya boshqa mamlakatlarning sportchilarini turli darajadagi musobaqalar, chempionatlarga doimiy ravishda taklif qiladi. Shvesiyada jahon va Yevropa chempionatlari muntazam ravishda o`tkaziladi. Statistik ma’lumotlarga ko`ra yirik Xalqaro sport musobaqalarini o`tkazishda Shvesiya asosiy tashkilotlardan xisoblanadi.
Xalqaro sport xarakatida Shvesiyani asosan ikkita tashkilot — Shvesiya sport konfederatsiyam va Milliy Olimpiya qo`mitasi tashkil etadi. Bu tashkilotlar Shvesiya sportchilarining Olimpiya o`yinlari va Olimpiya siyosatidagi ishtiroklari uchun javobgar xisoblanadi. Shuningdek Shvesiya sport konfederatsiyasi yirik dasturdagi sport yordamiga ham ma’suldir. Ya’ni Shvesiya sporti, yangi demokratik mamlakatlarga (Sharkiy va Markaziy Yevropa) doimiy ravishda yordam kursatib keladi. Janubiy Afrika, Zimbabve va Tanzaniya mamlakatlarnga yordam ko`rsatish loyixalarini qo`llab-quvvatlaydi.
Boshlangach va o`rta maktablarda sport va salomatlik aloxida fan sifatida o`tiladi. Xar bir o`quvchi jismoniy tayyorgarligi va umumiy jismoniy tayyorgarlik, sport va maktabdan tashsaridagi faoliyati uchun shaxsan javobgarlikka o`rganadi. Shvesiya sport konfederatsiyasi ta’lim muassasalarida sport mashgulotlarini sifatli o`tkazilishi uchun sharoit yaratishga xarakat qiladi.
Davlat sektoridan jismoniy tarbiya va sport moliyaviy ta’minoti uchun maxalliy tashkilot raxbarlari javobgar xisoblanadi. Davlat sektori tomonidan 600 mln. dollar ajratiladi. Bundan 430 mln. sport inshootlarini ekspluatatsiya kilish uchun, 70 mln. sport faoliyati uchun xarajat kdlinadi.
Bundan tashkari xomiylar tomonidan Shvesiya sport xarakati uchun yiliga 70 mln. dollar miqdorida mablag ajratiladi.
Shvesiyada 7-14 yoshdagilarning 60 foizi, 15-29 yoshdagilarning 43 foizi, 30-49 yoshdagilarning 30 foizi, 50 yoshdan yukrridagilarning 10 foizi sport bilan shugullanadilar. Xotin-qizlar o`rtasida sportning futbol, ot sporti, yengil atletika, gimnastika va gol’f turlari rivojlangan. 50 mingdan ziyod xotin-qizlar futbol bilan muntazam shug‘ullanadilar.
Shvesiyada sport federatsiyalari o‘zini-o‘zi mablag bilan ta’minlashga xarakat qiladi (a’zolik va kirish badallari, sport lotereyalarini sotish va xokazo). Sportning tomoshabin turlari moliyaviy manba bo‘lib, radio-televidenie bilan shartnomalar to‘zish, shuningdek homiylar yordamiga tayanadi.
Shvesiya sportchilari olimpiya uyinlarida jami 547 medalni qo`lga kiritgan, shularday 211 tasi oltin.
Shvesiya sportining shiori "Sport yoshlar uchun va sport hamma uchun".
Xozirgi zamon xavaskorlik sport xarakati professional sport xarakati bilan yonma-yon borib, uning kupchilik ish shakllari bir-biridan unchalik farq qilmayotir, Bu, asosan, Amerika qo`shma shtatlarida ko`proq sodir bo`lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |