Jizzax davlat pedagogioka institut


Mavzu: Kirish jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari



Download 5,81 Mb.
bet208/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Mavzu: Kirish jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanning maqsadi va vazifalari.

  2. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari

  3. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti.

  4. Davlatni idora qilish bo‘yicha barcha faoliyatlarda Prizidentlik tizimi, Oliy Majlis hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o‘rni.

1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o‘quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o`rtasida tashkil qilinadigan ommaviy soglomlashtiruvchi jismo­niy tarbiya va sport tadbirlarining yo‘llarini o‘rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi. Shu sababdan bu fan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va respub­lika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakul`tetlari, Olimpiya o‘rinbosarlari kollejlari hamda pedago­gika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo‘limlarining o‘quv rejasida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Fanning asosiy maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo‘llari bilan qurollantirishdan iboratdir.
Shu maqsadda u o‘z oddiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;

  • davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi faoliyatlarini o‘rganish;

  • yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o‘zlashtirishni ta’minlash;

  • egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma hamda malakalarni o‘quv amaliyoti jarayonida tajribadan o‘tkazish;

  • ilmiy-nazariy tadqiqotlar o‘tkazishga da’vat etish;

  • modul kredit tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o‘quv rejasidagi "Jismoniy tarbiya va sport tarixi", "Jis­moniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati", pedagogika, psi­xologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik taminot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan o‘zviy boglivdir. Shu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tugiladi.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo`nalishlar tash­kil etadi:

  • jismoniy tarbiya va sportni tashkil qalishning nazariy asoslari;

  • boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;

  • boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;

  • jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;

  • horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sport­ni tashkil qishish, xalqaro sport va Olimpiya harakatlari.

Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport soha­sidagi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yo‘l-yo`riqlar o‘z ifodasini topadi. Eng muhimi, O‘zbekistanda olib borilayotgan turli islohotlar, ular­ning ijobiy natijalari sifatida o‘tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o‘z aksini topishi ifodalab beriladi.
"Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fani o‘zining tarixiga ega. Bu xaqda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo‘lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.
1977 yilda "Upravlenie fizkulturnыm dvijeniem" nomi bilan birinchi marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, profes­sor Kulunkovich QA. (Belorussiya Davlat jismoniy tar­biya instituta) raxbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.
Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, davlatni idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda tarakkiyot jarayonlari bu darslikning yangilanishini va takomillashishini taqazo qildi. Shu sababdan 1987 yilda professor Pereverzin I.I. (Markaziy jismoniy tarbiya instituta) boshchiligida "Upravlenie fizicheskoy kulturoy i sportom" degan yangi darslik vujudga keldi. Bu darslik o‘zining mazmuni, to‘zilishi jixatidan avvalgi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan tubdan farq qilsada, jismoniy tarbiya xarakatining barcha soxalarida erishilgan ilmiy-uslubiy xulosalarga tayangan bo‘lsada, ko‘pgina jismoniy tarbiya tizimi olimlari, professor-o‘qituvchilari tomonidan yaxshi baho olmadi. Buning sababi shundaki, darsliqaa boshqarish tizimlari, vazifalari (funksiyalar) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o‘tkazish kabi muhim faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki aloxida xududlargina nazarda tutilgan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlarining talabala­ri uchun eng qulay, tushunish oson bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqgan "Organizatsiya fiziches­koy kulturы" va 1972 yilda Bunchuk M.B. tomonidan tayyorlangan "Organizatsiya fizicheskoy kul­turы" o‘quv qo‘llanmasi xisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomoni­dan "O‘zbekistanda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo‘llari" (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o‘quv qo‘llanmasi chiqarildi. Bular orasida dotsent R.Abdumalikovning "Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari" monografiyasi (1994), "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning na­zariy asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (1995) muxim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchiliqaagi naza­riy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muxim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifati­da xizmat qiladi. Bularni o‘rganish va tanqadiy yondoshish zarur bo‘ladi.
2. Barcha o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O‘zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Va­zirlar Maxkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog‘lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xisoblanadi. Unda fuqarolarning o‘z sog‘liqlarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to`g‘risida"gi Qonuni jismo­niy tarbiya va sport xarakatini yuritish, unga raxbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va xuquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o‘rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muxim omil xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi Qonuni barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog`lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo`l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muxim tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti farmoniga asosan “Sog‘lom avlod uchun” or­deni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko‘ra sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo‘lda qalinadigan ishlarning mazmuni va raxbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O‘zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog‘liq, ekanligi e’tirof etildi. Shu sababdan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"(1997 yil 29 avgust) qabul qilindi. O`sha vaqtlarda jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muxim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika Xukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jixatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo‘lganligi uchun o‘zining muxim manbai sifa­tida tan oladi.
O‘zbekiston Davlat madaniyat va sport ishlari Vazirligi rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yidda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo‘lib o`tgan yozgi XXV Olimpiya o`yinlarida O‘zbekistonning 17 nafar sportchisi qatnashgan. Ular orasida Galieva R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /yengil atletika/ oltin medal, Sirsov S. /ogir atletika/, Asrabaev /o`q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bo`lishdi. 1996 yil Atlanta (AQSh)da o`tkazilgan XXVI Olimpiya o`yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, Q.To`laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo`lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya o`yinlarida M.Abdullaev boks bo`yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mi­xaylov (boks) bronza medallarini ko`lga kiritdilar. O‘z­bek kurashi bo`yicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati o`tkaziddi. Umuman, Respub­lika sporti taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarildi.
3. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida (1991-2001) erishildi. Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport soxasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi ko`rsatkichlarga qarab ham bilsa bo‘ladi.
4. O‘zbekistonning mustaqil davlat bo`lishiga olib keldi va birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ – O‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash xuquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Vazirliklar mavjud. Bu Vazirliklar o‘z nufuzidagi sohalar bo‘yicha qonunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport tug`risida"gi qonuni ham sport ishlari Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xisoblanadi. U o‘z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortiq muxim qarorlar qabul qilindi va ular xayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O‘zbekis­ton Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, "Xalq demokratik partiyasi", "O‘zbekiston liberal dimokratik partiyasi" partiyalari, "Yoshlar ittifoqi" yoshlar ijtimoiy harakati, "Navro‘z", "Mahalla", "Ekosan" va boshqa jamg‘arma va uyushmalar mavjud.
5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinsiplar) mavjud bo‘lib, u O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasida "Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari" quyidagicha belgilangan.

  • insonparvarlik;

  • demokratizm;

  • fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;

  • jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.

Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik prinsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g‘amxo‘rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy taribiya va sport bilan aholining tobora ko‘proq qismi shug‘ullannshini ta’minlash kabi ishlar ko‘zda tutilgan.
Demokratizm prinsipi jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi xalqchillik, ko‘pchilikning xohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va rahbarlarni saylash, shuningdek ularning o‘z jamoalari oldida muntazam hisobot berib borishlaridan iborat.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi prinsipi asosan o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to‘garaklari mashg‘ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko‘zda tutadi. Shuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o‘tkazish, sog‘lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu prinsiplarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o‘yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog‘lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mahsulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o‘tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, spor musobaqalarini o‘tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko‘maklashishi hisobga olingan.
6. Jismoniy tarbiya va sport harakatidajuda ko‘p mahsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o‘ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nolar mavjud. "Jismoniy tarbiya", "Jismoniy madaniyat: "Sport" kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati" fanida yetarli darajada bayon qilingan. Shu sababdan ularga alohida to‘xtalish zaruriyati yo‘q. Shunday bo‘lsada, qisqacha tavsif borish joizdir. Ya’ni:

  • jismoniy tarbiya pedagogikjarayon sifatida inss kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.

  • jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to‘g‘ri hamd chiroyli o‘sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.

Ko‘rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to‘ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‘ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir.

  • Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‘oliblar esa musobaqa shaklida anikdanadi.

  • "Boshqarish" atamasi barcha sohaga tegishli bo‘lga umumiy ma’nodagi so‘z bo‘lib, u bevosita faoliyatlar rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va spoy harakatida "boshqarish" muhim ahamiyat kasb etuvchi fao liyatni ifodalab, sport tashqilotlari, sport klublary jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig‘inanj; manlarni o‘tkazishga, yo‘lboshchilik qilish ma’nossh ishlatiladigan atamadir.

Boshqarish tizimlari /sistema/ o‘z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o‘z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. Ya’ni, o‘quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik litsey, o‘rta maxsus, kasb-hunar texnikumlari va oliy o‘quv yurtlari kiradi.
Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or tajribalarning natijalarini qo‘llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo‘llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringi ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko‘p qo‘llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo‘lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o‘xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun o‘yinlardagi natijalar va jadvallardagi o‘rinlar har xil bo‘ladi. Shu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg‘or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo‘llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu, o‘z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqsa. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.
Hulosa. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va amalga oshirish bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollantirishda "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fanining ahamiyati katta bo‘lmoqsa. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, respublika, viloyat, shahar sport qo‘mitalari,bshqarmalari va bo`limlari, ularga rahbarlik qilish yo‘llarini o‘rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o‘z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiyalashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o‘rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalarning o‘quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo‘llarini singdirish o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o‘zlashtirishda o‘quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog‘lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o‘z kasbiga yondoshishini taqozo etmoqda.
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy mazmundagi xalq milliy o‘yinlarining mohiyatini chuqur o‘rganish, "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o‘quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog‘lanmoqda.
2-SEMINAR

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish