O‘zbekiston Respublikasi sport ishlari Vazirligining tuzilishi va taraqqiyoti O‘zbekiston sharoitida oila, bolalar bog‘chalari va barcha toifadagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiyani tashkil, qilish axoli o‘rtasida ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlarini uyushtirish hamda iqdidorli sportchilar maxoratini oshirish kabi turli-tuman fakoliyatlarni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport xarakati keng qamrovchi tashkiliy- pedagogik jarayon bo‘lib, uni boshqarish maxsus davlat va jamoat sport tashkilotlarining faoliyatini talab etadi. Shu sababdan mamlakatimizda Davlat organi xuquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirligi mavjud. U o‘zining tashkiliy va rivojlanish tarixiga egadir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgach barcha soxalar kabi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish ularni bajarishning tartib-qoidalari ishlab chiqildi va respublika sharoiti xamda davr talablariga moslashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunida ta’kidlashicha “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatlari davlat organi tomonidan boshqariladi” deb /6-modda/ begilangan. Shunga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi sport ishlari Vazirligi jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning vakolati davlat organi hisoblanadi”- deyilgan.
Qonunda Respublika sport vazirligiga quydagi vakolatlar berilgan:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni aniq maqsadga qaratilgan dasturni ishlab chiqadi va ro‘yobga chiqaradi;
jismoniy tarbiya spornt jamoat birlashmalari bilan birgalikda O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashning aniq maqsadga qaratilgan dasturini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
sport turlari bo‘yicha mamlakat terma kamandalari tarkiblarini tasdiqlaydi va ularning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishda tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlaydi;
axoli turli qatlamlarning jismoniy kamolot darajasini aniqlash uchun sport me’yorlarin ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
jismoniy tarbiya sport kadrlarini tayyorlash malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
sport tayyorgarligi markazlarini jismoniy tarbiya va sport soxasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarini tuzadi;
jismoniy tarbiya va sport muammolari bo‘yicha ilmiy uslubiy va ommabop adabiyotlar yaratilishi va nashir etilishini tashkil qiladi;
o‘z vakolotlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan, jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport inshoatlaridan foydalanish me’yorlari hamda qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
qonun xujjatlariga muofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Yuqorida qayd etilgan ishlarni tashkil etish va ularni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari Vazirligi o‘zining quyi tarmoqlari ya’ni viloyat, shaxar va tuman sport boshqarmalari va bo`limlariga bevosita tayanadi. Shu bilan birgalikda qonun asosida boshqa davlat xamda jamoat tashkilotlari sport jamiyatlari bilan xamkorlik qiladi.