ILOVA
Bolalarning og‘zaki nutqini, predmetlarni guruhlashtirishni, umumlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar «Jumlani tugat»
Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi ularning biriga koptokni otadi va jumlaning boshlanishini aytadi. Koptokni olgan bola gapni tugatishi va koptokni boshlovchiga qaytarishi kerak.
O‘yin shu tariqa davom etadi. Ikki marta gapni tugallay olmagan bola o‘yindan chiqadi va boshqalarni diqqat bilan kuzatib turadi.
Kechasi qorong‘i, kunduzi esa...
Qishda sovuq, yozda esa...
Qush uchadi, ilon esa...
Ertalab nonushta qilamiz, kunduzi esa...
Xo‘roz qichqiradi, mushuk....
Qo‘shimcha o‘yin va mashqlar «Xuddi shunday rangdan top»
Maqsad: O‘quvchilarning idrok va diqqatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |