Ishning borishi: Psixolog bolalarning doira bo‘lib, qo‘llarini orqalariga qilib turishlarini taklif etadi va qo‘llariga olma, behi, sabzi, nok qo‘yadi. Kimda olma bo‘lsa, meni oldimga yugurib kelsin deydi.
Shu tariqa biror bir mevaning nomi aytilganda, bolalar birin - ketin psixolog yoniga keladilar, o‘yin shu tarzda davom etadi.
«Tez javob ber»
Maqsad: Tafakkur turlarini rivojlantirish
Ishning borishi: (Bu o‘yinni o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan o‘tkazish mumkin.) Psixolog bilan bolalar davra bo‘lib o‘tiradi. Qo‘lidagi koptokni bolalarning biriga tashlab predmetning rangi yoki formasi, xususiyatlaridan birining nomini aytadi. Bola esa bunga mos biror so‘zni tanlab koptokni qaytarib beradi.
Masalan: yashil - barg, o‘t, aylana - oy, quyosh. Bolalar o‘yinni o‘zlashtirgach qo‘shimchalar kiritish mumkin.
«Uchta predmetning nomi»
Maqsad: Tafakkurning umumlashtirish jarayonini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |