Jizzax Davlat pedagogika institutining Pedagogika - psixologiya fakulteti, Pedagogika - psixologiya yo’nalishi IV - kurs talabasi Haqberdiyeva Sarvinozning “Kichik maktab yoshi davrida o'quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog’liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Bolaning psixik rivojlanishini harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va turli- tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar bolaning, psixik rivojlanishini bevosita harakatta keltiruvchi kuchlar, ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o’rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o’sib borayotgan jismoniy va ruhni imkoniyatlari bilan esa, tarkib topgan o’zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o’rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur darajasi o’rtasidagi ziddiyatlar qiradi.
Muallif tomonidan bajarilgan ishning dolzarbligi yana shu bilan xarakterlanadiki, mavzu dorasida ushbu dolzarb psixologik muammoning tahlil qilinganligi, bitiruv malakaviy ishning xulosa va tavsiyalaridan, muallifning shaxsiy mulohozalaridan psixologlar, maktab o’qituvchilari tomonidan talabalar, o’quvchilar orasida olib boriladigan psixologik yo’nalishdagi tadbirlarda, foydalanish mumkin.
Ish muhim dolzarb masalaga bag’ishlangan. Ishda amaliy ahamiyatga molik bo’lgan adabiyotlardan olingan manbalardan keng foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida uning dolzarbligi, metodologik asoslari, maqsadi, ilmiy vazifasi haqida to’xtalgan.
Mazkur ishni mustaqil bajargan hamda bitiruv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablarga javob beradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoyaga tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |