Ishning borishi: Stol ustiga tartibsiz ravishda, ayiqchaning uxlashi, badan tarbiya mashqlarini bajarishi, yuvinishi, o‘qishi, o‘ynashi va nonushta qilishi tasvirlangan rasmlar aralashtirib qo‘yiladi. O‘quvchilar tartib bilan rasmlarni o‘z o‘rniga qo‘yib joylashtirishlari kerak.
«O‘xshashini olib kel»
Maqsad: O‘quvchilarning esda saqlash xotirasini o‘stirish.
Ishning borishi: Turli o‘yinchoq va buyumlarning tasvirlangan rasmlari o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘qituvchi yoki psixolog tomonidan o‘yinchoq yoki biror buyum tasvirlangan rasm bir-ikki daqiqa ichida ko‘rsatilib olib qo‘yiladi. O‘quvchi ko‘rsatilgan rasmni xotirasida saqlab, stol ustida qo‘yilgan rasmlar orasidan topib ko‘rsatishi kerak.
«Bu qanday hayvon?»
Maqsad: O‘quvchilar xotirasini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |