Ishning borishi: O‘qituvchi o‘quvchilarga echki, buzoq, qo‘y, bo‘taloq, ot, ho‘kiz rasmlarini tarqatib chiqadi. O‘qituvchi hayvonlarning ovoziga taqlid qilib, ovoz chiqaradi, O‘quvchilar esa, eshitilgan ovozni tanib, shu hayvon tasvirlangan rasmni ko‘taradi.
«Ajoyib xaltacha»
Maqsad: O‘quvchilarning sezgi, idrokini o‘stirish.
Ishning borishi: Psixolog xaltachaga turli sabzavotlarni soladi: sabzi, piyoz, qartoshka, sholg‘om, turp, qaram. O‘quvchilarning ko‘zlari bog‘lanadi, barmoqlari, ka^lari va qo‘llari yordamida paypaslab sabzavotlarni topib, nomi nima ekanligini aytganlaridan so‘ng, sabzavot xaltachadan olinadi. Sabzavot nomini to‘g‘ri topgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
«Nima etishmaydi?»
Maqsad: O‘quvchilar idrokini o‘stirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |