Mexnat tarbiyasi – tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo’lgan pedagogik jarayondir.
Mehnatsevarlik – kishi kamolotining asosiy omillaridan biri xisoblanadi. U muxtojlikdan, axloqiy buzulishdan saqlaydi.
Mexr – odamiylik, insonparvarlik, mardlik, saxovat kabi ulug’ fazilatlarni o’zida mujassam etadi.
Mexribonlik – bu jonkuyarlik va kuyunchaklik tushunchalariga yaqin bo’lib, unda boshqalar dardiga sherik bo’lish, ota-onaga, yetim-yesirga, qariyalarga xizmat qilish, ijtimoiy muxofaza ishlarida faol ishtirok etishlar kuchliroq aks etgan bo’ladi.
Milliy iftixor – boy milliy, madaniy, ma’rifiy, iqtisodiy, xarbiy-siyosiy barkamol millatning davomchisi bo’lishdek faxrlanish tuyg’usini shakllantirish orqali singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |