2.5. Kimyoviy va o`lchov shisha idishlar
Tajriba ishining mazmuniga va qanday sharoitda o`tkazilishiga qarab kimyo labarotoriyalarida turli xil idishlardan foydalaniladi. Ko`pincha shisha idishlardan (5-rasm): probirka (1), stakan (2), yassi tubli, yumalok tubli va konussimon kolbalar (3,4,5), voronka (6), byuks (7), soat oynasi (8) ishlatiladi. Bunday idishlardan kimyoviy reaksiyalarni o`tkazishda (probirkalar), eritmalar tayyorlashda va qaynatishda (stakanlar, kolbalar va soat oynasi), moddalarni sintez qilishda (kolbalar), moddalar va ular eritmalarini bir idishdan boshqa idishga quyishda yoki filtrlashda (voronkalar), moddalarni saqlashda (byukslar) hamda boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Oddiy kimyoviy shisha idishlar bilan bir katorda suyuqliklarning hajmini o`lchash uchun har xil hajmdagi o`lchov kolbalari (6- rasm), o`lchov silindrlari (7- rasm), pipetka, qisqichli va jo`mrakli byuretkalardan (8- rasm) foydalaniladi.
5-rasm. Kimyoviy shisha idishlar.
Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish, kimyoviy reaksiyalar va shunga o`xshash boshqa jarayonlarni o`tkazish mumkin emas.Kimyo laboratoriyalarida ishlatilgan idishlarni toza holatda saqlash, kelgusidagi tajribalarni aniq va to`g`ri bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun talaba tomonidan tajribalarni bajarib bo`lingach, darhol ishlatilgan idishlarni laborant ko`rsatmasi bo`yicha, dastlab oddiy suvda yuvib, so`ngra distillangan suvda chayib, maxsus quritish moslamalarida quritilishi lozim.
Laboratoriya ishi №2
Kаlоrimеtrik qurilmа bilаn tаnishish, ishgа tаyyorlаsh.
Tuzning suvda erishida modda tuzilishining boshqa holatdagi o’zgarishlari kabi, issiqlik yutilishi yoki ajralishi kuzatiladi. Moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlardagi issiqlik effektlarini o’rganish bilan termokimyo fani shug’ullanadi. Termokimyo asosida 1840 yilda akadimek G.I.Gess tomonidan kashf qilingan qonun yotadi. Bu qonunga binoan, reaksiyaning issiqlik effekti faqat ta’sirlashayotgan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’lib, ularning bir holatdan boshqa holatga qanday yo’l bilan o’tganligiga bog’liq emas. Bu qonun yordamida aniq o’lchov olib bo’lmaydigan joydagi modda o’zgarishining issiqlik effektini hisoblab topish mumkin. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri yo’l bilan o’lchash yordamida kristallgidrat hosil bo’lishining issiqlik kattaligini aniq hisoblash qiyin, chunki suv va suvsiz qattiq moddadan kristallgidrat hosil bo’lishi suvsiz modda kristallarining yuza qavati suv bilan ta’sirlashishi boshlanishida juda tez boradi, so’ngra esa reaksiya tezligi sekinlashadi va tez tugamaydi. Bundan tashqari, moddaning suvda erish jarayoni qiyinlashadi. Ammo termokimyoning asosiy qonuni yordamida suvsiz tuzning va kristallgidratning erish isiqligini o’lchash va birinchi kattalikdan ikkinchisini ayirish bilan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |